Ҳозирги ўзбек тили
Emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlarning nutqda qo’llanishi
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashshamagurlar
Emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlarning nutqda qo’llanishi. Uslubiy bo’yoІi bor bo’lgan so’zlardan nutqda his-tuyІularni, so’zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik!.. (UyІ.). Tursang-chi, muncha shalpayasan! (H.Sh.). Bu misollarda bo’shashmoq leksemasi o’rnida shalviramoq va shalpaymoq so’zlari qo’llangan va shu so’zlarning mazmun planidagi uslubiy bo’yoqlar ("kinoya", "mazax", "kesatiq" semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta’minlangan.
Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi: 1. L e k s i k u s u l. Bunda uslubiy bo’yoІi bor bo’lgan so’z nutqqa kiritiladi (yuqoridagi misollar). 2. K o n t e k s t u a l u s u l. Bunda uslubiy bo’yoІi yo’q bo’lgan so’z ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so’zga aylantiriladi. (bu haqda "Ifoda semalari" bahsiga qarang). 3. A f f i k s a ts i ya u s u l i. Bunda betaraf ma’noli so’zlarga sub’ektiv baho ifodalovchi affiksal morfemalar qo’shiladi. (Bu haqda ham "Ifoda semalari" bahsiga qarang). 4. F o n e t i k u s u l. Bunda so’z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho’ziladi, urІuning o’rni o’zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. M i s o l l a r: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar... (P.Q.). Akam bechora go’shangada ko’rib, xayro-o-o-on bo’lib qolganlar. (Mirm.). 5. S o’ z n i m e t a f o r i k q o’ l l a sh u s u l i. Bunda ko’p ma’noli so’zning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi: Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qoronІi zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan... Homid ismli bir to’nІizni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo’ldim. (A.Qod.). Bu gapda to’nІiz so’zi ko’chma ma’noda Homidga nisbatan qo’llangan, shu bilan Otabekning bu shaxsga nisbatan salbiy his-tuyІusi, nafrati ifodalagan. Yana: Mamajon lochin yigit, Serharakat, betinim. (Q.M.). Bu gapda lochin so’zi o’z ma’nosida emas, ko’chma ma’noda- yigitning epchilligini, chaqqon va jasurligini baholash maqsadida qo’llangan. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling