Ҳозирги ўзбек тили
Download 299.43 Kb.
|
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z o’zlashtirish.
- So’z o’zlashtirish
- So’z o’zlashtirishning ikki yo’li bor
MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR
O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida so’z va leksemalarning qanday qatlamlari yuzaga kelgan? O’z qatlam qanday so’zlardan tarkib topgan? O’zlashgan qatlam qanday so’zlardan tarkib topgan? Arab tilidan so’z o’zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering. Arabcha o’zlashmalarning fonetik, semantik va morfemik belgi-xususiyatlarini tushuntiring. Fors-tojik tillaridan so’z o’zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering. 2-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga So’z o’zlashtirish. Leksemalarning ishlatilish doirasi haqida ma’lumot berish Identiv o’quv maqsadi 1. So’z o’zlashtirish 2. Leksemalarning ishlatilish doirasini izohlaydi. 3. O’zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlarini tushuntiradi. So’z o’zlashtirish boshqa til so’zlarining o’zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon, yuqorida ko’rilganidek, o’zbek tili leksikasining o’zlashgan qatlamini yuzaga keltirgan. So’z o’zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko’rinishidir: xalqlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar bir tildan ikkinchi tilga so’z va atamalarning o’tib turishini taqozo qiladi. O’zbek tiliga arab, tojik-fors va rus tillaridan so’z o’zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir bo’lgan. (Bu haqda “O’zlashgan qatlam” mavzuiga qaralsin). So’z o’zlashtirishning ikki yo’li bor: 1.J o n l i s o’ z l a sh u v o r q a l i s o’ z o’ z l a sh t i- r i l a d i. Bunda boshqa til so’zlari o’zbek tiliga mahalliy aholining og’zaki nutqi orqali o’tadi. Masalan, ruscha ramo’, klubnika, podnos so’zlari o’zbek tilining jonli so’zlashuvida rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o’zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o’zlashgan. 2. B o s m a m a n b a l a r o r q a l i s o’ z o’ z l a sh t i- r i l a d i. Bunda boshqa tildagi matnni o’zbek tiliga tarjima qilish yoki o’zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so’zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo’ladigan o’zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, syujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so’zlar shu yo’l bilan o’zlashtirilgandir. Download 299.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling