Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet59/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

O’z qatlam - o’zbek tili leksikasining umumturkiy so’zlar va sof o’zbek so’zlaridan iborat qismlari.
1.U m u m t u r k i y s o’ z l a r o’zbek tili leksikasining eng qadimgi luІaviy biriklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirІiz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o’zb.) – bas (qoz.qoraq.) – bash (qirІ.,turkm.); til (o’zb.,qoz.,qirІ.) – dil (turkm.,ozarb.,gagauz.); toІ (o’zb.) – too (qirІ.) – tav, tau (qoraq,qoz.) – daІ (turkm., ozarb.) kabi.
O’zbek tili leksikasidagi umumturkiy so’zlarning o’ziga xos fonetik va semantik belgilari bor.
Fonetik belgilari: a) so’zlarning ko’pchiligi bir yoki ikki bo’Іinlidir. Bir bo’Іinli so’zlar: qo’l, ko’z, bosh, tosh, bir, uch; ikki bo’Іinli so’zlar: ikki, olti, oltin, etti, ota, ona va b.lar. Uch bo’Іinli so’zlar juda kam: qo’rІoshin, qumursqa, yigirma kabi; b) so’z yoki bo’Іin boshida undosh tovushlar qatorlashib kelmaydi; v) so’z oxirida undosh tovushlar yonma-yon qo’llanishi mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi: ort, ost, ust, to’rt, qirq kabi; g) ikki bo’Іinli so’zlarning birinchi bo’Іini to’la ochiq (o-na, o-ta), boshi yopiq (ku-mush, bo-la), oxiri yopiq (ol-tin, o’r-dak), to’la yopiq (bay-ram, bay-roq), ikkinchi bo’Іini esa boshi yopiq (o-ta, o-na) va to’la yopiq (ol-tin, ku-mush, si-gir) strukturali bo’ladi; d) ikkinchi bo’Іin hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari keng tarqalgan: ik-ki, et-ti, bo-la, ar-pa, bol-ta kabi; e) so’z tarkibida ikki unli yonma-yon kelmaydi; f,h,j,j,ts undoshlari esa umuman qo’llanmaydi; z) r,l,v,ng undoshlari so’z boshida uchramaydi; i) e(e),o’ unlilari so’z oxirida ishlatilmaydi (ayrim undov so’zlar bundan mustasno); y) urІu ko’pincha so’z oxiriga tushadi.
Semantik belgilari: umumturkiy so’zlarning aksariyati ko’p ma’nolidir: bosh – 1) «odamning boshi», 2) «ko’chaning boshi», 3) «ishning boshi», 4) «bosh agronom»; ko’z – 1) «odamning ko’zi», 2) «uzukning ko’zi», 3) «taxtaning ko’zi», 4) «derazaning ko’zi» kabi.
Bu qatlamda «qon-qarindoshlik», «inson a’zolari», «uy hayvonlari», «yovvoyi hayvonlar», «parrandalar», «mehnat faoliyati», «uy-ro’zІor buyumlari», «rang-tus», «maza-ta’m», «miqdor», «sanoq», «harakat», «holat», «urf-odat» ma’noli so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Morfologik belgilari: a) umumturkiy so’zlar hozirgi o’zbek tilining barcha so’z turkumlarida uchraydi; b) turlanadi va tuslanadi; v) o’zak va affiks morfemalar erkin va standart bo’ladi: ko’zim, ko’zing, ko’zi, ko’zni, ko’zning, boraman, borasan, boramiz kabi; g) so’z tarkibida prefikslar qo’llanmaydi;
2. S o f o’ z b e k s o’ z l a r i - o’zbek tilining o’zida yasalgan leksemalar. Ular o’z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor:
a) semantik usul – ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko’k («rang») – ko’k («osmon»), etti («son»)- etti («ma’raka nomi»), yupqa (sifat) – yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi;
b) affiksatsiya usuli. Bunda o’zak va affikslar turli til materiallari bo’lishi mumkin, ammo ularning qo’shilishi o’zbek tili tarkibida yuz beradi, o’zbek tilining so’z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so’zlar o’zbek tilining o’z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)Q «-la» (o’zb.)-boshla (o’zb.), temir (umumturkiy)Q «-chilik» (o’zb.)-temirchilik (o’zb.), jang (f-t.)Q«-chi» (o’zb.)- jangchi (o’zb.), madaniyat (ar.)Q«-li» (o’zb.)-madaniyatli (o’zb.), obuna (r-b.)Q«-chi» (o’zb.)-obunachi (o’zb.), axta (mo’І.)Q «-chi» (o’zb.)-axtachi (o’zb.),«be-» (f-t.)Qbosh (umumturkiy)-bebosh (o’zb.)Q «-lik» (o’zb.)-beboshlik (o’zb.), bil (f-t.)Q «-im» (o’zb.)-bilim (o’zb.)Q «-don» (f-t.)-bilimdon (o’zb.) kabi.
Sof o’zbek so’zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalmilal bo’lganda, yasalmaning o’zagi yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so’z boshida ikki-uch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling