O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Kalit so‘zlari: marosim, an’ana, obraz, qo‘shiq, qiyosiy, tahlil, ifoda, diffuziya.
Yor-yor qo‘shiqlarining obrazlar tizimi nihoyatda o‘ziga xos. Ularda ota-ona, kelin-kuyov, yanga obrazlari ham hayotiy voqealar, ham ta’sirchan iboralar, mazmundor misralar bilan gavdalantirilgan. Ularni alohida tahlilga tortish folklorshunosligimiz uchun ko‘plab yangi, jiddiy, ilmiy xulosalar berishi aniq. Yor-yor qo‘shiqlarida obrazlar tizimi tahlil etilganda albatta, yor so‘zini qo‘shiqda tutgan o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratish muhim nazarimizda. Yor-yor qo‘shiqlarining janriy xususiyatlari ham (ijro o‘rni, ijro usuli, ijrochilarning kim ekanligi, obraz tizimi) shuni talab etadi. Yor-yor janri haqida folklorshunos olimlar turlicha ilmiy tahlillar, xulosalar, o‘ziga xos fikrlar bildirishgan. Olima M.Alaviya “Yor-yorlarda qizning xususiyatlari tavsif qilinadi, kelin-kuyovlarning xulq-atvoridagi go‘zallik, fazl va hunaridagi kamolat ta’riflanadi. Bunday yor-yorlarni madhiya yor-yorlari deb ham yuritiladi” [1], deb ta’kidlaydi. Olimaning fikricha yor-yor qo‘shiqlarining asosiy obrazlari kelin-kuyov bo‘lib, yor-yor so‘zining mazmun-mohiyati ham ularga daxldordir. To‘ra Qilichev Xorazm nikoh to‘ylarini o‘rganar ekan “Yotoq to‘yi” [1] haqida ma’lumot berib, yor-yor qo‘shiqlari aynan shu marosimda ijro etilgan deya ta’kidlaydi. Xalfalar tomonidan aytilgan yor-yorlarning asosiy obrazi kelin ekanligiga, marosimni nikoh to‘ydan bir kun avval o‘tkazilishi va qizning otasini uyida so‘nggi marta o‘z erki bilan mehmon bo‘lib yotib qolishidagi o‘y-kechinmalari chizilgan misralar asos bo‘la oladi. Falsafashunos Anvar Bo‘ronov “Yorga yetar kun bormi, yoronlar?...” [6] maqolasida “yor” so‘zining kelib chiqishi bilan bog‘liq tahlillar beradi. Tadqiqotchi mumtoz adabiyotda “yor”ning oshiq yo ma’shuqa, yoki do‘st, goho esa xudo ma’nosida kelishligini izohlab, “...Tangrichilik dinida Yor tangrining ismlaridan biri. Keyinchalik ayni so‘zdan yaratgan (jaratqan), yaratuvchi (jaratuvchi) kabi teonimlar paydo bo‘lgan”, – deb ta’kidlaydi. Maqolada yana “Yor-yor nega aytiladi?” deya savol berilib, bu haqda “... Birinchidan, jar, ya’ni to‘y haqida xabar ma’nosini bersa, ikkinchidan, ikki yorning bir-biriga bog‘lanishini anglatadi. Uchinchidan esa tangridan, ya’ni “yor”dan ikki yoshga tilak tilash marosimi sifatida qo‘llanadi” kabi mulohazalarini bildiradi. Bizning fikrimizcha ham, yor-yorlarning mazmun-mohiyatida noaniq taqdirga nisbatan xavotirda bo‘lgan ikki yoshga yaratgandan baxtli tole so‘rash jarayonlari anchagina. Yor-yorlarning obrazlar tizimi tahlilida yuqoridagi fikrlarga asos bo‘la oladigan jihatlarni ham uchratish mumkin. Yor-yorlarda ota obrazi yetakchi ko‘rinishlarni egallaydi. Xalq orasida «Ota rozi – xudo rozi» degan maqolning paydo bo‘lishi bejizga emas. Jonim otam, jon otam, Duo qiling, yor-yor. Bir xudoga yolvorib, Sano qiling, yor-yor. Otaginam uyida, Bir gul edim, yor-yor. Uyimizning to‘rida, Bulbul edim, yor-yor [5]. Kelin ketayotgan o‘z ostonasiga bosh egib, ota oyog‘iga bosh urib, rozilik, oq yo‘l so‘rashi, hozirgi kunda odat tusiga kirgan bo‘lsa-da, bu ko‘rinishda juda katta ma’no- mazmun mavjud. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling