O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 256 -
Kelin nomidan aytilgan yuqoridagi yor-yorda, o‘ziga 
xos iltijo, ko‘ngil dardlari ifoda etilgan. Tug‘ilib o‘sgan 
beg‘ubor bolaligi o‘tgan uyidan ketayotgan, faqat bolaligi 
bilangina emas, shu xonadongina ko‘taradigan erkaligi, 
sho‘xligi bilan xayrlashayotib, ostonaga, ota oyog‘iga bosh 
urib turgan qizini duo qiladi, bergan tuziga, mehriga, 
xizmatiga rozi bo‘ladi. Ayni paytda xudoga yolvorib, 
farzandiga baxt, omad, tinchlik so‘raydi. Bu holatdan ota 
qattiq iztirobda, hayajonda, qizini yaxshi niyatlar bilan, yorug‘ 
yuz bilan o‘zga xonadonga kuzatayotganidan xursand bo‘lsa-
da, lekin mehribon qizini endi begona uyga borib, yangi oilada 
unga qanday munosabat ko‘rsatilishini o‘ylab qayg‘uda, 
hadikda bo‘lishi aniq. Shuning uchun ham bu ko‘rinish juda 
hayajonli va azoblidir. 
B.Uaxatov “Қазақтың тұрмыс-салт жырларының 
типологиясы” monografiyasida qozoq nikoh to‘yida ijro 
etiladigan “jar-jar”lar haqida ma’lumotlar beradi. Olim o‘zbek 
“yor-yor”i, qoraqalpoq “xe-o‘jar”i, tojik “yor-yor”i, tatar “yar-
yar”idan qozoq “jar-jar”larining boshqacha ekanligini 
ta’kidlaydi. Asosan qozoqlarda “jar-jar” ikki guruhga bo‘linib 
(kelin va kuyov tomon), aytishuv tarzda ijro etilishini 
izohlaydi.
Olim ta’kidlaganidek, yor-yorlarning ijro usuli va 
o‘rnida farq bo‘lsa-da, ammo mazmun-mohiyati, obrazlar 
tizimining shakllanishida o‘xshashlik mavjud.
Құтты болсын тойларың, замандастар, жар-жар, 
Жаңалыкқа жар болып, қадам бастар, жар-жар. 
Бірге аттаған босаға берік болсын, жар-жар, 
Үйлеріңе құт-бақыт келіп қонсын, жар-жар [7]. 
Misralarda yuqorida tahlilga tortilgan o‘zbek “yor-
yor”idagi duo qilish motivi, “jar-jar” namunasidagi ikki 
yoshning yangi oilasiga qut-baraka so‘rash motiviga mos 
kelmoqda.
O‘zbek va qozoq qo‘shiqlarida yanga obrazi bilan 
bog‘liq misralar ham o‘ziga xos tarzda ko‘zga tashlanadi.
Шымылдығын серпи сал, 
Көрсін жеңгең, жар-жар! 
Көздің жасын көл қылып, 
Төксін жеңгең, жар-жар! 
Yoki: 
Qat-qatgina qatlama, 
Qatnalanadi yor-yor. 
Qizni olib yangalar, 
Otlanadi, yor-yor. 
Qizni olib yangalar, 
Tura-tursin, yor-yor. 
Oq sut bergan onasi, 
Rozi bo’lsin, yor-yor [5]. 
Namunalarda bo‘lajak kelinning yaqin insoni yanga 
bo‘lganligiga ishora berilmoqda. Chunki, ketayotgan kelinning 
ortidan yangasi ko‘z yosh to‘kishligi ta’kidlanmoqda. Yoki, 
yanga obrazi bo‘lajak kelinning yangi hayotga tayyorlovchi, 
yetaklovchi, kuyovni xonadoniga kuzatib boruvchi sifatida 
ta’riflanmoqda. 
Qat-qatgina qatlama, qatnaladi, yor-yor, 
Qizni olip jengasi otlonadi, yor-yor, 
Qizni olip jengasi shashmay tursin, yor-yor. 
Oq sut bergan onasi rozi bo’lsin, yor-yor [5]. 
Tojikistonda yashaydigan o‘zbeklarning laqay urug‘i 
yor-yorlarida 
ham 
shunday 
ifodalarning 
mavjudligi, 
yangalarning qiz uzatish vaqtidagi mavqei yuqori ekanligini 
asoslaydi.
Shildir-shildir shuvoqqa, 
Sirg‘am tushdi, yor-yor, 
Sinalmagan joylarga, 
Singlim tushdi, yor-yor [5]. 
Yoki: 
Сылдыр-сылдыр қамысқа
Сырғам түсті жар-жар. 
Сыраспаған жат елге, 
Апам түсті жар-жар. 
Апам үшін қабырғам , 
Қиысадау жар-жар. 
Қолымдағы қос жүзік 
Майысадау жар-жар [9]. 
Kelinning opasi yoki singlisining nomidan aytilgan bu 
misralarda noaniq taqdir xavotiri, yot elga ketayotgan 
singil/opadan ayrilayotgan jigarning o‘y-kechinmalari badiiy 
parallelizm bilan o‘ziga xos tarzda xalqona ifodalangan.
Xalq og‘zaki ijodida janrlararo bog‘lanishlar, 
misralarning almashib ijro etilishi, ijro usuli va ijro o‘rnidagi 
o‘zgarishlar har doim uchrab turadi. Yor-yor qo‘shiqlari 
o‘lanlar, laparlar, to‘y marosimining turli qismlarida ijro 
etiladigan aytimlarda ham bunday diffuzion holatlarni 
uchratish mumkin. Folklorshunos Oxunjon Safarov Buxoro 
nikoh to‘ylari misolida “Kuyov o‘tirsin” va “Kelin o‘tirsin” 
marosim qo‘shiqlarini tahlil etarkan, “Kelin o‘tirsin” 
aytimlarida yor-yor qo‘shiqlarining o‘xshash motivlari va 
misralari mavjud ekanligini izohlaydi va quyidagi namunani 
keltiradi:
O‘tiring kelin, o‘tiring, 
Karnay-surnay chalingan
To‘y sizniki, o’tiring. 
Ostonasi tillodan
Uy sizniki, o’tiring. 
Beqasam to’n kiyrilgan, 
Yor sizniki, o‘tiring, 
Shohi ko‘rpalar tashlangan, 
To‘r sizniki, o‘tiring [3].
Ko‘rinib turibdiki, misralarning so’nggida “yor-yor” 
radifining o‘rniga “o‘tiring” so‘zi kelmoqda. Kelinning 
yangalari tomonidan aytilgan yor-yorlarda kelinni ovutish 
mazmuni ustivor bo‘lsa, yuqoridagi “Kelin o‘tirsin”da ijro 
etilgan qo‘shiqda kuyov tomonning vakili kelinga atalgan 
narsalarni sanab xushomad qilayotganday tuyuladi. Har ikki 
holatda ham asosiy obraz – kelin ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Yoki:
Olatog‘ning boshidan ko‘ch keladi, 
Qora yu’rg‘a selkillab bo’sh keladi, 
O‘z yoringdan ayrilish yomon ekan, 
Qora ko‘zdan mo‘ltillab yosh keladi [4].
kabi to’rtlikning yor-yor qo‘shiqlari tizimida ham 
uchrashligi obrazlarning his-tuyg‘ularini, dard-alamlarini ifoda 
etish uchun yetakchi misralar ekanligini asoslaydi.
Ana tovning boshidan, 
Ko’ch keladov, yor-yor, 
Qora to‘rg‘a jonivor, 
Bo‘sh keladov, yor-yor. 
Qarindoshdan ayrilg‘on,
Jaman ekan, yor-yor, 
Qora ko‘zdan mo‘ldirab,
Jash keladov, yor-yor [5]. 
Namunadagi misralarning mazmuni va ifodasida 
motam marosimi bilan bog‘liq hasratlar mavjud. Birinchi 
namuna aynan matom marosimida ijro etilgan bo‘lsa, ikkinchi 
namuna to‘y marosimlarida ham kuylangan bo‘lib, yor-
yorning asosiy mazmuni otasiz yoki onasiz qizning dardi 
alamiga bag‘ishlangan.
Chimildiqning bog‘idan sichqon qochdi, 
Ula-bula shu to‘yda qornim ochdi [1]. 
O‘lanning 
takroriy 
ifodasini 
quyidagi 
yor-yor 
qo‘shiqlarida uchratamiz:
Chimildiqti bovidan, 
Chichqon qochti yor-yor. 
Chakka mayiz tovolmay, 
Kuyov qochdi yor-yor [5]. 
Har ikki namunada ham nolish, hasrat ifodasi aks 
etgan. Janrlarning bir-biriga o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari 



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling