O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Kalit so’zlar: qadah so’zi, duo, tilak, tabrik, to’y, bazm, tadbir, so’zlovchi, tinglovchi nutqi.
Kirish. Til tizimida o’ziga xos nutqiy maqsad, kompozitsiya va uslubga xoslangan nutqiy butunliklarning hosil bo’lishi turli nutqiy janrlarni paydo bo’lishiga olib keladi. Nutqiy janrlarda xalqning milliy qadriyatlari, qarashlari, udumlari va tarixi bilan bog’liq shakllangan so’zlashish, ya’ni kommunikativ aloqa uslubi o’z aksini topadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Qadah so’zi nutqiy janri yuzasidagi ilmiy izlanishlarda hozirgi kunga qadar qadah so’zi nutqiy janri Rossiya olimlari tomonidan turli tizimli tillarda, xususan, rus va ingliz tillari misolida o’rganilgan. Rus lingvistlari Ye.G.Beyninson qadah so’zi nutqiy janrini ritual diskursining bir komponenti va folklor janri sifatida o’rgangan bo’lsa, Ye. M. Arxipova pragmalingvistik, lingvomadaniy va antropotsentrik aspektlarini tadqiq qilgan[3,2]. M.Yanli esa qadah so’zini etiketli nutqiy janr sifatida o’rgangan [4]. N.Loktionova esa tostning birlamchi kichik janr sifatidagi belgilarini qayd etadi [1]. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, rus mualliflar ishlarida qadah so’zi nutqiy janri klassifikatsiyasi va ularning lingvistik ifodalanishi haqida to’liq ma’lumotlar jamlangan emas. Garchi ular o’z tadqiqotlari davomida qadah so’zi nutqiy janrini folklor, lingvomadaniy, pragmalingvistik, antropotsentrik kabi bir qator aspektlarda tekshirgan bo’lsalarda, lekin ushbu mualliflarning tadqiqot ishlarida qadah so’zi nutqiy janrining o’zbek va ingliz tilida qiyosiy-tipologik tadqiqiga oid muammolar to’liq o’rganilgan emas. Ayniqsa, qadah so’zining rasmiy, diniy va so’zlashuv uslubiga oid shakllari “qadah so’zi” nutqiy janri doirasiga jamlanib, qiyosiy tadqiq etilmagan. Mavjud manbalarda qadah so’zi nutqiy janrining tipologik tadqiqi, qolaversa, qadah so’zi nutqiy janrini ingliz va o’zbek tillarida qiyoslab o’rganishga bag’ishlangan lingvistik tadqiqotlarning mavjud emasligi ushbu tadqiqotimizning tilshunoslik fanida yangi tadqiqot ekanligini ko’rsatadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling