O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
Tadqiqot metodologiyasi. Turli tizimli tillarda qadah
so’zi nutqiy janr sifatida o’ziga xos nutqiy maqsad, kompozitsion tuzilish va uslubga xoslanganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Har bir nutqiy janrining tashkiliy va matniy kompozitsion tuzilishi mavjud. Nutqiy janrning tashkiliy kompozitsion tuzilishi uning marosim sifatida voqehlanishi va undagi nutqiy aktlarning ketma-ket qo’llanilishini nazarda tutadi. Qadah so’zi nutqiy janri marosimiylik xususiyatiga ega bo’lib, uning rasmiy va ijtimoiy norasmiy shakllari mavjud. Marosim ko’rinishidagi qadah so’zlari davlat darajasidagi rasmiy tadbirlar (banketlar)da tadbirning bir qismi sifatida ishtirok etadi. Masalan, Buyuk Britaniyada qirolichaning rasmiy uchrashuvlardan so’ng o’tkaziluvchi banketlarda qirolicha va rasmiy mehmon nutqidan so’ng gimn chalinadi va ortidan qadah ko’tariladi. Bunday qadah ko’tarish usuli rasmiy uslubga xoslanganligi bilan ajralib turadi. Bunda rasmiy qadah so’zining tashkiliy kompozitsion tuzilishi mehmonlar tashrifi, salomlashish, fotosessiya, mehmon va mezbon nutqi, gimn va qadah ko’tarish, dasturxonga taklif qilish kabi bir qator bosqichlardan iborat bo’ladi. Demak, rasmiy qadah so’zlari rasmiy tadbirlarning bir qismi ekanligi, rasmiy belgilangan O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 259 - kishilarning qadah nutqini so’zlashga ijozat berilishi, rasmiy qonun-qoida va mehyorlarga bo’ysunishi bilan xarakterlanadi. Shuni aytish kerakki, til tizimida ijtimoiy aytiladigan qadah so’zlari o’ziga xos ijtimoiy maishiy ruhda o’tkazilishi bilan harakterlanadi. Ijtimoiy rasmiy qadah so’zlari turli ijtimoiy tadbirlarda, bazm va kechalardagi qadah so’zlarida ijtimoiy rasmiy va samimiy, kamtarlikka yo’naltirilgan so’zlar qo’llanilib, o’ziga xos ijtimoiy tartib asosida o’tkaziladi. Bu esa kishilarning ijtimoiy tadbirlarda qadah so’zlarini alohida ehtibor bilan tinglashlari va so’zlashlarini talab qiladi. shuni aytish kerakki, ijtimoiy kichik guruhlarda, masalan, oila, do’stlar, qarindoshlar, kursdoshlar, sinfdoshlar, kasbdoshlar davrasi kabilarda qadah so’zi aytish va qadah ko’tarishning o’ziga xos odobi, etiketi mavjud. Bunday jarayonlarda qadah so’zi aytuvchi va qadah so’zi tinglovchilarining o’ziga xos madaniyati, majburiyati mavjud bo’ladi. Ayniqsa, qadah so’zi nutqiy janri madaniyatida qadah so’zi aytishni boshqarish faol, so’zamol qatnashchi zimmasiga yuklanadi. Do’stlar orasida jamoat joyida tadbir egasining qadah so’zini boshlab berish anhanasida qadah so’zi aytish orqali dasturxonga taomlanishga taklif ma’nosi anglashiladi va shu bilan birga tadbir egasining tadbirda qatnashayotganlarga bo’lgan hurmati ifodalanadi. Aksariyat hollarda asosiy ovqatlanish davomida yoki ovqatdan so’ng qolgan tadbir qatnashchilari birma-bir qadah so’zi aytishi qadah so’zi nutqiy janrida kollektivlik, jamoaviylik xususiyati mavjudligidan darak beradi. O’zbek lingvomadaniyatidan farqli o’laroq, yevropa mamalakatlari, xususan, ingliz, rus lingvomadaniyatlarida qadah so’zining turli vaziyatlarda o’ziga xos mazmuniy funktsional xususiyatlari bor. Masalan, nishonlash mazmunidagi ijtimoiy tadbirlarda qadah so’zining tabriklash nutqiy akti dominantlik qiladi. Bunda maqtov, ulug’lash, sharaflash, yutuqlarni ehtirof etish, yutuqlarga falsafiy va shaxsiy, tanqidiy munosabatini bildirish kabilar yetakchilik qiladi. Ta’ziya tadbirlarida esa qadah so’zlari mazmunan vafot etgan kishiga bo’lgan hurmatini ko’rsatish, ular bilan vidolashish, ajrashish (oilaviy) vaziyatlarida so’zlovchiga psixologik tasalli berish mazmunlarida bo’ladi. Yevropa mamlakatlarida qadah so’zi aytish qadah ko’tarilayotgan shaxsga o’z sovg’asi sifatida aytilayotganligi bois qadah so’zlarini aniq, lo’nda, qisqa va mazmunli aytish zarur. Bunda qadah so’zining hurmatlash, qadrlash ma’nolari kelib chiqadi. Bundan tashqari qadah nutqiy janrida shu vaziyat bilan bog’liq xotiralarni eslash, yoqimli va mavzuga oid hazillar aytish, maslahat, tavsiya, nasihat mazmunida so’zlash, ijtimoiy yoshga munosib tilaklar aytish, shaxsiy munosabat bildirish, mashhur tsitatalardan keltirish, voqeaga falsafiy yondoshish, adolat va haqiqat nuqtai nazaridan yondoshish kabi mazmunlar ham mavjud. Ingliz lingvomadaniyatida qadah so’zi nutqiy janri matni nutqiy vaziyatga qarab qisqalik, lo’nda, mahnoli, falsafiy, pozitiv, shaxsiy munosabat, rituallik, ijtimoiylik, guruhlilik, ehtirof, hurmat, sharaflash, ulug’lash, tilak, quvnoqlik, motivatsiya, do’stlik, bazmu jamshid, tadbir, marosim, yig’ilish, ko’ngil ko’tarish, xushvaqtlilik, chiroyli so’zlash, qadrlash kabi xarakterli xususiyatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Masalan, ingliz xalqida to’y tadbirida qadah so’zi aytish alohida to’yning bir qismini tashkil qiladi. Bunda tortning kesilishi va qadah ko’tarilish jarayoni yonma- yon ijro etiladi. Odatda to’yda uzoq nutq so’zlash kerak emas. Kelin kuyov ishtirokida tort kesilgach to’yni olib boruvchi hammadan jimjitlik saqlashni so’raydi. Odatlarga ko’ra birinchi tost kelinning qarindoshi yoki do’sti tomonidan aytiladi. U quyidagi qadah so’zining tayyor qolipidan foydalanib, o’z nutqini boshlashi mumkin. “Ladies, and gentlemen, I have ‘leasure in ‘ro’osing the toast to the bride and bridegroom.” To’y vaqtida to’yga oid hazil va ahmoqona o’hshatishlar aytish mumkin emas. Shundan so’ng kelin kuyovlar minnatdorchilikning qisqa shakllari orqali javob so’zlarini aytadilar, masalan, Thanks or Thanks a lot. Qo’shimcha tarzda kuyov va kelinning o’rtoqlariga ham qadah so’zlaridan aytish mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling