O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
MUAYYAN MAQSADLAR QARATILGAN TILNING LEKSIK TARKIBI SOHA TERMINOLOGIYASI MISOLIDA
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Key words
MUAYYAN MAQSADLAR QARATILGAN TILNING LEKSIK TARKIBI SOHA TERMINOLOGIYASI MISOLIDA
Annotatsiya Ushbu maqolada biz maxsus maqsadli tilning leksik tarkibi, soha terminologiyaisdagi o‘rni, lingvistik xususiyatlarini muhokama qilamiz. Agar umumiy lug‘atda bu terminlar ketma-ket berilgan bo‘lsa, maxsus lug‘atda ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunday qilib, bir so‘z bir ma’noga ega bo‘lganda, terminlarga qo‘yiladigan talab sifatida har doim bir ma’nolilik ajratib ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: termin, sinonimiya, antonimiya, polisemiya, leksika, lingvistik tadqiqotlar, terminologik birliklar. ЛЕКСИЧЕСКИЙ СОСТАВ ЯЗЫКА, НАПРАВЛЕННЫЙ НА КОНКРЕТНЫЕ ЦЕЛИ, ЯВЛЯЕТСЯ ПРИМЕРОМ ПОЛЕВОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ Аннотация В данной статье мы обсуждаем лексический состав языка специального назначения, его место в терминологии отрасли, лингвистические особенности. Если в общем словаре эти термины даны последовательно, то в специальном словаре они имеют свои особенности. Таким образом, когда слово имеет единственное значение, однозначность всегда выделяется как требование к терминам. Ключевые слова: термин, синонимия, антонимия, полисемия, лексика, лингвистическое исследование, терминологические единицы. THE LEXICAL COMPOSITION OF THE LANGUAGE AIMED AT SPECIFIC GOALS IS AN EXAMPLE OF FIELD TERMINOLOGY Annotation In this article, we discuss the lexical structure of the special purpose language, its place in the terminology of the field, linguistic features. If in the general dictionary these terms are given in sequence, in the special dictionary they have their own characteristics. Thus, when a word has a single meaning, unambiguity is always singled out as a requirement for terms. Key words: term, synonymy, antonymy, polysemy, lexicon, linguistic research, terminological units. Terminologiya adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘lgan, ilmiy va ishlab chiqarish-texnika sohasidagi mutaxassislarning nutq amaliyotiga xizmat qiluvchi quyi tizimlaridan birini tadqiq qiladi[1]. Adabiy tilning ushbu quyi tizimi ko‘plab ilmiy uslub, ilmiy-texnik uslub, ishlab chiqarish uslubiyati, sanoat tili, sohaviy til, texnik til va b. shu kabi tushunchalarni qamrab oladi. So‘nggi yillarda “muayyan maqsadlar qaratilgan til” birikmasi termin sifatida barcha sohalar, xususan, investitsiya terminologiyasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda faol qo‘llanila boshadi. Tilshunoslar, jumladan, terminologlar tomonidan faol qo‘llaniladigan “muayyan maqsadlar qaratilgan til” (keyingi o‘rinlarda - MQT) tushunchasi o‘z tarixiga ega. Xalqaro ilmiy muloqat vositalari masalasi 20-asrning o‘rtalarida ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar almashinuvi deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan bir paytda dolzarb va ahamiyatli desak xato qilmagan bo‘lamiz. Biz N.B. Gvishianining so‘zlariga qo‘shilgan xolda bilan “ilmiy ma’lumotni uzatish masalasi, xususan, muayyan bilim sohasida muloqot qiluvchi olimlarning suhbat jarayonida turli tillardan foydalanishi murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi. Natijada, terminologik birliklarni maxsus lug‘atning bir tizimidan boshqasiga mutanosib tarzda o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi. Garchand xalqaro ilmiy aloqaning asosiy vositasi sifatida bitta til (masalan, ingliz tili) qo‘llanilsada, ushbu murakkab vaziyatga munosib yechim bo‘la olmayotganligini kuzatishimiz mumkin[2]. Terminologiya tarixini o‘rganar ekanmiz, bir necha o‘n yilliklar davomida sohaviy muloqotga xizmat qiluvchi til quyi tizimi MDX terminologiyasida ham, xorijiy terminlarda ham ko‘plab turli xil tushuncha va terminlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Bir muncha vaqt davomida har bir mamlakat ushbu til quyi tizimi uchun o‘ziga xos belgiga ega edi. N.B. Gvishiani ta’kidlaganidek, “tobora ortib borayotgan ilmiy sohalarning tabaqalanishi natijasida yuzaga keladigan xalqaro ilmiy muloqotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, umumiy tildan farqli o‘laroq muayyan maqsadlar qaratilgan til («language for specific purposes») tushunchasining zaruriy va tabiiy ravishda turli mamlakat olimlari tomonidan ommaviy tan olinishiga olib keldi. Yevropada tibbiyot, huquq, ta’lim, investitsiya va b. shu kabi inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladigan, “muayyan maqsadlar qaratilgan til” mavzusidagi dastlabki simpozium 1977 yilda Vena shahrida tashkil etilgan[3]. Dastlab, ushbu termin ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha bir qator konferensiyalarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy muloqotga xizmat qiluvchi ingliz tili variantlaridan biri sifatida qabul qilingan edi. Tilni maxsus maqsadlarda o‘qitish texnikasi va usullariga qiziqish ortib borishi natijasida, ingliz tilini muayyan maqsadlar qaratilgan til sifatida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Shubhasiz, tadqiqot predmeti sifatida MQT xususiyatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan monografiyalarning paydo bo‘lishi xususan, A.I. Komarovaning “Muayyan maqsadlar qaratilgan Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling