O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Tahlil va natijalar. So’nggi yillarda o’zbek 
lingvomadaniyatida ijtimoiy ommaviy va oilaviy tadbirlarda 
qadah so’zi nutqiy janrining qo’llanilishi deyarli pasayib 
bormoqda. Buning sababi o’zbek xalqi tafakkurida may 
ichishga bo’lgan salbiy munosabatni mavjudligidadir. Bunda 
may ichgan kishining jamiyatdagi kishilarga zarar yetkazishi
qo’ni - qo’shni, yor birodar, oila ahzolarini bezovta qilishi 
odobdan emasligi, shuning uchun erkak kishilar aroq ichishda 
me’yorni bilishi, o’zbek ayollarning mast bo’lishi ideal 
muslima ayol tasavvuriga putur yetkazishi kabilar muhim 
o’rin tutadi. Ayollar uchun may ichishlik yengiltaklik, sharm-
hayosizlik, beodoblik, tarbiyasizlik, ayshu ishratga berilish 
kabi bir qator salbiy mahnolarni anglatadi. Bunda, ayniqsa, 
ayol-qizlarning o’zini tutish va jamiyatdagi odobi va xulqiy 
nazorati oila ahzolari, asosan, ota-onasi va oilaning erkaklar 
jamoasi zimmasida bo’lganligi sababli istiqomat qilayotgan 
ijimoiy jamiyatda ayollarning erkak qarindoshlariga, bolalari, 
erlari, ota, aka va ukalariga nisbatan “isnod” deb qabul 
qilinadi. Jamiyatda ayollarning may ichishi qoralanar ekan, 
ayollar zimmasiga oila shahniga dog’ tushurmaslik, 
la’natlanmaslik, oqpadar bo’lmaslik kabi salbiy ijtimoiy 
tamg’alardan yiroq yurish vazifasi yuklanadi. Bu kabi jamiyat 
qoidalariga rioya qilish esa jamiyatda ideal muslima, 
oilaparvar ayol obrazini yaratishga xizmat qiladi.
Shuni aytish kerakki, ingliz lingvomadaniyatidagi 
qadah so’zida aytiladigan tilaklar o’zbek lingvomadaniyatida 
ko’p hollarda duolar ko’rinishida namoyon bo’ladi va duolar 
orqali 
ruhiy 
motivatsiya, 
tasalli 
beriladi, 
maqtaladi, 
tabriklanadi. To’y tadbirlaridagi duolarning o’ziga xosligi 
shundaki, ijobiy istaklarini izhor qiluvchilar ichidan 
muvaffaqqiyatli hayotiy tajribaga ega bo’lgan tabarruk 
insonlar, jumladan, oqsoqollar boshlab beradi va shundan 
so’ng to’y ishtirokchilari va eng so’nggida ikki quda 
tomonidan bildiriladi.  

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling