O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

Tadqiqot 
metodologiyasi
Yozuvchimizning 
romanlarida “uchlik badiiy formulasi”ni mahorat bilan 
qo‘llaganligini guvohi bo`lamiz. Xususan, “Sabo va 
Samandar”da Samandar, Sabo, Sherdillar asar markazida 
turadi. “Muvozanat” esa uch do‘st Yusuf, Said, Mirazimni 
ko‘rishimiz mumkin. Po`lat, Erboy, Yog‘du esa “Ota” 
romanidagi uchlikni tashkil etadi. Professor X. Boltaboyev 
ta’kidlaganidek, “…inson doim o‘zligini axtarib yashaydi, uni 
izlab narsaga – gulga, yulduzga, zaminga yuzlanadi. 
Ko‘zlardan, dillardan, ranglardan o‘zini izlaydi. Nimanidir
kimnidir topgandek bo‘ladi. Topganida, topinib yashaydi” [4]. 
Bu tasvirlar, go‘yoki, Samandarga aytilgandek, Samandar ham 
izladi, topdi, Saboning ko‘zlarida o‘zini ko‘rdi, Sabo ham ishq 
bo‘stonida Samandardan kam emasdi. Har ikki obrazni hayot 
qayga boshlamasin, qanday qiyinchiliklarga duch kelmasin, 
topganlariga topinib yashashadi.
Ijodkorning “Isyon va Itoat” romani markazida ham 
inson va uning ichki ruhiyati olami turadi. Inson zotining 
Alloh taolo yaratgan yaratiqlarining ichida ham eng go‘zali, 
ham taqdir, qismat yo‘llarida naqadar ojiz ekanligi aks 
ettiriladi. Asarda voqealar muallif tomonidan hikoya qilinadi. 
Romanning bosh qahramoni esa Akbar. Akbar o‘zi istagandek 
yashashni istadi, yoshligida ko‘p xatolar qildi, lekin 
keksalikka yetib kelganida o‘z hayot ma’nosini topa oldi.
Yozuvchining “Ota” romanida ham ramziy obrazlar: 
Po‘lat, Erboy hamda Yog‘dularning “uchlik badiiy 
formulasi”dan foydalanib, to‘p-talotum davrlarning guvohi 
bo‘lgan, har bir kechmish ular bilan baqamti kelgan holatlarni 
ifodalab beradi. Adabiyotshunos A.Rasulov: “Uslub – 
yozuvchining adabiyotdagi betakror qiyofasi, bezagi, o‘zligi. 
Uslub – yozuvchi falsafasi in’ikosi” [5], − deganda haq edi. 
Nazarimizda, yozuvchimiz bu romanda obrazlar yaratishda o`z 
uslubidan boradi. Asar bosh qahramoni Po‘lat asr odami 
sifatida turli zamon va makondagi voqealarning tirik guvohi. 
Ijodkor Po‘lat ismini ham bejizga qo‘llamagan, ismning 
o‘zidayoq ramz yashiringan. Po‘lat ismi-jismiga monand 
bo‘lib, asrning barcha talotumlariga po‘latdek iroda bilan 
kurasha olgan, eng og‘ir damlarda ham insoniylik nomiga 
dog‘ tushirmagan insonlarning ramziy obrazidir. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling