O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/120
Sana03.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1743798
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bog'liq
12-88-PB

 
UDK:811.8 
Bekzod FARMONOV,
 
Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti v.b., f.f.f.d, PhD 
E-mail:b2dna1517@gmail.com 
 
O‘zMU dotsenti I.O‘sarov taqrizi asosida 
INGLIZ TILIDAGI RELYEFONIMLARNING SEMANTIK TUZILISHI 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada ingliz tilidagi relyefonimlar orasida umumiste’mol so‘z bo‘lish bilan birga geografik termin bo‘ladigan 
leksemalar anchani tashkil etadi. Ingliz tilidagi relyefonimlarning integral va differensial semalari aniqlanib, ularni tepalik, 
tekislik va pastlik semalarini anglatuvchi guruhlarga ajratilgan. 
Kalit so‘zlar: Daryo, ko‘l, botqoq, tog‘, balandlik, earth, mountain, desert.
SEMANTIC STRUCTURE OF RELIEF PHONEMES IN ENGLISH 
Annotation 
In this article, among relief phonemes in the English language, there are a lot of lexemes, which are both common words and 
geographical terms. Integral and differential patterns of relief names in the English language are determined and divided into 
groups representing hill, plain and lowland patterns. 
Key words: River, lake, swamp, mountain, height, earth, mountain, desert 
СЕМАНТИЧЕСКАЯ СТРУКТУРА РЕЛЬЕФНЫХ ФОНЕМ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ 
Аннотация 
В данной статье среди рельефных фонем английского языка очень много лексем, являющихся как 
общеупотребительными словами, так и географическими терминами. Выявлены интегральные и дифференциальные 
модели названий рельефа в английском языке, которые разделены на группы, представляющие модели холмов, равнин и 
низменностей. 
Ключевые слова: Река, озеро, болото, гора, высота, земля, гора, пустыня. 
Kirish. Zamonaviy dunyoni geografik nomlar
atamalar va relyefonimlarsiz tasavvur qilish qiyin. Jahon 
tilshunosligida, shu jumladan rus tilshunosligida ham semema 
hamda unga bog‘liq lingvistik masalalar xususida qator ilmiy-
tadqiqot ishlari amalga oshirilgan[1]. O‘zbek tilshunosligida 
Sh.Bobojonov semema, uning nutqiy voqelanishi va izohli 
lug‘atdagi talqinini monografik planda tadqiq etgan[2]. 
Masalaning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi haqida 
Sh.Bobojonov shunday deydi: “... ularda ham semema 
mohiyati to‘la oydinlashtirilmagan: uning nutqiy ma’noga 
dialektik munosabati, bir umumiylikka birlashuvchi birdan 
ortiq sememaning o‘zaro aloqadorligi, ya’ni hosila 
sememalardagi semik siljishlar masalasi yechilmasdan 
qolmoqda. Shuningdek, lingvistik lug‘atlarda ham semema 
atamasining alohida leksikografik definitsiyasiga ega emasligi, 
uning leksik ma’no bilan aynan tenglashtirilishi[3] masalani 
murakkablashtiradi va u lug‘aviy ma’no bilan ma’nodoshlik 
munosabatida, degan tasavvur uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. 
Ammo barcha til hodisalarida bo‘lgani kabi, lug‘aviy birliklar 
semantikasida ham lisoniy va nutqiy birliklarni farqlash 
zaruriyati lison va nutq aloqadorligining uzluksizligi va 
izchilligini ta’minlovchi omillardan biri bo‘lgan nutqiy 
hodisalarning 
lisoniylashuvi 
jarayonini 
aniqlash 
bilan 
bog‘liqdir”. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling