O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Adibning
“Sabo va Samandar” romanini yozishidan maqsadi, nazarimizda, yangi zamonning Layli va Majnun obrazlarini yaratish edi. Asarimiz bosh qahramoni Samandarning “Layli va Majnun” dostoniga bo‘lgan zavq-u-shavqi bejiz emas. Ijodkorimiz Samandari ham Navoiy ijodiga, “Layli va Majnun”iga qayta-qayta murojaat qilishi, Samandarning ishqini ideallashtiradi. Samandar dostondagi Majnunning so‘zlarini o‘zining hayot yo‘liga aylantiradi, go‘yo: …Layli ishqin tanimda jon qil, Layli shavqin yuragimda qon qil [2]. Bundan anglashiladiki, Saboni uchratguniga qadar Samandarning ko‘nglida orzusidagi mahbubasining siymo bo’lgan. “Sabo va Samandar” romanida hayot va mamot oralig‘idagi inson qismati falsafiy tus olgan. Bunda o‘lim fojiya emas, abadiy visolning debochasi sifatida olingan. Asarda Sabo va Samandar ramziy obrazlari orqali yozuvchi bugunning hayoti, o‘z hayot tashvishi bilan birgalikda o‘z mayllaridan yuqoriroq ko‘tarila olgan insonlarning muhabbat falsafasi tilga olinadi: Ijodkor bu romani afsonaning zamondoshlarimiz hayoti misolidagi takrori emas, balki insonning Ilohni tanish yo‘lidagi intilishlaridir. Zero, ilohga muhabbat insonga muhabbatdan boshlanadi. Inson hayotda jismoniy mayllardan yuqori tura olsagina, Allohni taniy O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 292 - boshlaydi. Asar qahramonlari Sabo va Samandar sirtdan qaraganda hamma qatori yashayotgandek ko‘rinsa-da, alohida umrlarining so‘nggiga qadar qalblari bilan betinim olishadilar. Asar so‘ngida ular bir xil sabab bilan bir mahallada vafot etadilar. Ularning umr bo‘yi tortgan iztiroblari o‘limlari bilan yakun topadi. Bu yakunda fojiyaviylik yoq, aksincha, halovat bor. Bu halovat ilohiy visolga yetishuv umididir. Samandar ramziy obrazi orqali ijodkor ilohiy ma’rifat sizlarga qalbi oshufta bo‘lgan, majoziy muhabbatni ilohiy muhabbatga vosita qila olgan inson qiyofasini gavdalantiradi. Samandar Saboni otasi vazirlikka ko‘tarilishida moddiy yordam bergan boyning o‘g‘liga berish qaroridan dunyoni vayron qilmadi. Saboga ham vaqt davo bo‘la olmadi, ‘farzandlari va oilasini Samandardan o‘lim sari yetaklashini bilsa-da, u ahdidan qayta olmadi, oilasiga, farzandlariga ‘mujassam eta olgan ramziy obraz edi. Zero, uning qalbida iztirob mujassam edi. Samandar ismining o‘zi ham ilohiylikka yo’g‘rilgan, ramziylikka yashiringan. Qahramonning ismi mohiyatini yozuvchi uch o‘rinda keltiradi. Birinchisi, Samandarning o`zi yozgan she’rida aks ettiriladi: “….Uzun bo ‘yli yillar oralab, Yana paydo bo‘ldingmi, gulim! Nahot, so‘nik kul ichra, yo rab, Samandardek qayta tug‘ildim?!” [3]. Ism ramzini Saboning izohi to‘ldiradi: “Samandar degan qush borligini bilaman. U kuylab, o‘z kuyi ohangida kuyib halok bo‘larmish. Keyin yana o‘z kulidan qayta yaralarmish”. Demak, ilohiy muhabbatga yo‘g‘rilgan ramziy obrazlar Sabo va Samandarning o‘limi fojiyaviylik emas, balki ularni maqsad sari tutashtiruvchi yo‘ldir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling