O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 298 - oxirigacha bajarish kabi sifatlarni saqlashi kerakligiga ishora qilinadi va shu orqali o‘g‘il bola obrazi shakllantiriladi. Yuqoridagi misralarda tilga olingan anor bu o‘zbek madaniyatida hukmronlik, kuch-qudrat, mehr va sadoqat ramzi [1] bo‘lganligi uchun anor suvini ichish o‘g‘il bolaga xos odatlarga ishoradir. Shuni aytish kerakki, boshliq yoki xukmdor bo‘lish, kuch-qudrat egasi bo‘lish turkiy halqlarda erkaklarga xos xarakter sanaladi. Masalan, turkiy xalqlar sultoni bo‘lgan Sulton Murod davrida venger malikasi amakisiga qarshi o‘zi jang qilish niyatida Sulton Muroddan ko‘mak so‘rab, jang uchun askar so‘raganida Sulton Murod o‘z askarlari ayol kishining buyruqlarini bajarmasligini aytadi [2]. Ko‘rinadiki, turkiy halqlarda o‘g‘il bola hukmdorlik belgisi bo‘lishi bilan birga, unda o‘g‘il bolalarga xos shijoat, mardlik, jasurlik, ayolga bo‘ysunmaslik kabi xislatlar bo‘lishi shart. Ayniqsa, o‘zbek halqida ayol kishiga xoslangan pazandachilik, farzand parvarishi, uy yumushlarini bajarish kabilarni qilish erkak kishiga tegishli ish sanalmaydi. Erkak kishini oila uchun yetarli yemish topish, muhtojlarga yordam berish, halqqa foydasi tegadigan ishlarni qilishga, xukmronlikka yo‘naltirish orqali haqiqiy erkak obrazi shakllantiriladi va tarbiyalanadi. Ko‘p gapirmang, ish qiling, erkakcha bo‘lsin bola, yigit pirim qo‘llasin, doimo o‘g‘il bola! (Qo‘shiqdan). Ushbu misralarda tilga olingan yigit pirim jumlasi yigitlarga xoslangan. O‘zbek halqida ushbu so‘zni qo‘llash muqaddas avliyolar ruhidan ko‘mak so‘rash va uni kelajakda halqqa foydasi tegadigan yigit bo‘lib yetishishni nazarda tutadi. “Yigit pirim” jumlasi halqni suv balosi, turli toshqinli ofatlardan saqlovchi, sug‘orish inshootlari, suv havzalari, savdo yo‘llarini kesib o‘tuvchi chorrahalar, tog‘ dovonlarida yuzaga keluvchi xavf-xatarlarda insonlarni madadkori sifatidagi avliyo erkak kishi timsolini yaratgan [3]. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zbek halqida kuchli jala, sel-toshqin oqibatida soylarning toshishi, halokat yuz berishi vaqtida yigit pirimning yordami haqida afsonalarga ko‘ra yigit pirim pahlavonlarning pahlavoni bo‘lgan, gavdasi juda kattaligidan ikki daryodan bir biriga suv olib qo‘sha olgan. Bu yigitning halqqa foydasi suv toshqini, jala vaqtida cho‘kkan kishilarni suv toshqinidan qutqarib qolganligidir. Shu sababli ham yigit pirim halqning madadkori, suv kultiga oid avliyo ramzi sifatida tarixda qolgan. Shu sababli ham soylar yaqiniga yigitpirimga atalgan muqaddas joylarning tashkil qilinishi va bu joylarda diniy marosimlar o‘tkazilishi hozirda ham saqlanib qolgan. Masalan, Kosonsoy yoqasidagi qo‘hna qadamjo bo‘lgan yigit pirim ziyoratgohiga har yili ziyoratgohchilar borishadi. Shuni aytish kerakki, o‘zbek halqi qadimdan elu- yurtga ofat kelsa, Allohga najot istab, aytgan iltijolarini aynan valiy zotlar orqali yetkaza olishlariga qattiq ishonganlar, shuning uchun ham ziyoratgohlar najotbahsh go‘sha sifatida halq tafakkurida aks etadi [3]. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling