O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
TOTEMISM AND FETISHISM IN THE FARMING OF THE KHORAZM OASIS
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
TOTEMISM AND FETISHISM IN THE FARMING OF THE KHORAZM OASIS
In the Middle Ages, as in the rest of the Eastern world, the Khiva khanate played an important role in the daily life of the population in the implementation of agricultural traditions and customs. We cannot imagine any type and period of agriculture without traditions. After all, from the time of sowing to the time of harvest, many farming rituals were performed, each of which had its own legendary heroes, sacred totems, objects and ceremonial songs. Key words: Avesta, Ahura Mazda, Tree of Life, Senmurg, Phoenix bird, woman-bird, Hubbi, Polvon Yap, Arangar, Ghazi. Kirish. Xorazm dehqonlari qadimdan yer va suvni muqaddas bilganlar hamda ularga e’tiqod qilganlar. Yangi hududlarga suv chiqarib, yangi ekin maydonlarini obod qilgan shaxslar alohida hurmatga va xalqning ishonchiga sazovor bo‘lgan. Albatta dehqonchilik bilan shug‘ullanish zardushtiylikda ham muqaddas kasb sanalgan. Avestoda yozilishicha, yerni xuddi ma’shuqani sevgan kabi sevish, yerni hosildor qilish va unga urug‘ qadab, mo‘l hosil beruvchi onaga aylantirish zarurligi ta’kidlanadi. Zero, bular eng muhim yumush sanalib, xalqning saodati ana shu serhosil yerlarga bog‘liq bo‘lgan. Avestoda Zardusht bilan Axura Mazdaning suhbatida[1] shunday deyiladi, ya’ni Zardusht Axuramazdadan dunyoning eng muhim qonuni nimaligini so‘raganida, u yerga eng yaxshi, eng zo‘r urug‘larni qadash ekanligini aytadi. Qadimdan tabiat hodisalari hisoblangan yer, yomg‘ir, yorug‘lik, issiq havo, sovuq havo kabi unsurlar insoniyatning dehqonchilik qilib hayot kechirishi uchun katta imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa-da, insonlar bu jarayonlarni to‘liq anglab yetmaganligi sababli tabiatdagi barcha sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar insonlar uchun sirli, mavhum bo‘lib tuyuladi va tabiatga g‘ayri tabiiylik nuqtai bilan qarash shakllanadi. Xususan, Xorazmliklarda qadimdan daraxt va o‘simliklar juda e’zozlangan. Vohaliklar taqinchoqlarni turli daraxt va o‘simliklarning rasmlari bilan bezaganlar. Xorazmda daraxtlar va o‘simliklarning ayrim turlari dehqonchilik uchun noxush holatlarga sabab bo‘lsa, ayrim turlari ijobiy xususiyatlarga ega deb qarash mavjud bo‘lgan. Jumladan, ba’zi bir dehqonlar jiyda, na’matak, piyoz, achchiq garimdori va tamaki ekinlariga nisbatan salbiy munosabat bildirganlar. Masalan, yerga piyoz va tamaki ekilsa, shu ekin yeri nopok hisoblangan va ekkan odamga kulfat keltiradi deyilgan. Bu haqda Xorazm viloyatining deyarli barcha hududlarida ana shunday tasavvur borligi aniqlandi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling