O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 1/9 2022 - 16 - rivojlanish jarayonlarini aniqlashda, shuningdek, qo‘shni xalqlardagi qadimdan saqlanib kelayotgan urf-odatlar bilan qiyosiy taqqoslagan holda, o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda katta amaliy ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amlaga oshirilgan tadqiqotlarda qisman mazkur masalaga A. Narziqulov “Dehqon, bog‘bon va chorvadorlar taqvimi”[6], K.Nurjonov va G‘.Xo‘janiyozovlarning “Amudaryo”[7], H.Karomatov “O‘zbekistonda moziy e’tiqodlari”[8], Muhammad Alixon G‘afurning “Xorazm safari kundaliklari”[9] asarlarida birmuncha to‘xtalib o‘tilgan. Xiva xonligi tarixiga, ayniqsa uning so‘ngi yillari tarixi bo‘yicha qo‘shni mamlakatlarda hamda Rossiya, Turkiya, Angliya, Fransiya, AQSh va boshqa xorijiy o‘lkalarda nashr etilgan bir qator izlanishlarda xonlikning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy- madaniy hayoti yoritilishi bilan birgalikda bu yerdagi agrar xo‘jalik turmush tarziga ham qisqacha to‘xtalib o‘tilgani ko‘zga tashlanadi. Tahlil va natijalar. Xorazmda ijobiy xususiyatlari bilan ilohiylashtirilgan daraxt va o‘simliklarga tut, jiyda anor va poliz ekinlaridan qovun kirgan. Mazkur daraxt va ekin turlariga bo‘lgan ijobiy qarash, ularning serhosilligi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, jiyda va tut daraxtlarining mevasi har yili serhosil bo‘ladi. Anor daraxti esa suv mo‘l bo‘lgan har qanday yerda yaxshi ko‘karadi. Xorazmliklarda anor mevasining donalari shirin va mo‘lligi sabab, undan dehqonchilik ilohasi Anahita paydo bo‘lgan degan fikrlar mavjud. Qovunni tamaki va piyoz ekilgan yerga ekkanlar. Chunki bu ikki ekin turi yerni nopok qilsa, yerni poklash uchun shu dalaga qovun ekilib, yer halollangan. Yerni suv yordamida ham halollash mumkin bo‘lgan, ya’ni ag‘darish jarayonida yerdan odam suyaklari chiqsa, bu yer harom hisoblangan va besh marta sug‘orilib, halollangachgina ekin ekish mumkin bo‘lgan. Ba’zi joylarida esa bunday yerlar jo‘yak tortib chegaralab qo‘yilgan va ikki-uch yil davomida sug‘orilmasdan qo‘yilgan. Vohaliklar oy fazalari bilan bog‘liq bir qancha dehqonchilik marosimlarini ham ado etganlar. Jumladan, yangi oy ko‘ringanda uning o‘rog‘i chalqancha yotgan bo‘lsa, ob-havo noqulay kelishi, kutilmaganda sovuqlar va yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, agar hilol tikka chiqsa, oy davomida qurg‘oqchilik bo‘lishini kuzatib borganlar va mazkur holatlar kuzatilgan vaqtlari aholi uylarida is chiqarganlar. Yangi oy bilan eski oy orasidagi oraliq vaqtlarda ham ob-havo o‘zgarishi kuzatilib turgan va dehqonchilik mashg‘ulotlari shu o‘zgarishlarga qarab ham rejalashtirilgan. Mazkur hudud aholisi orasida daraxtlar bilan bog‘liq turli afsonalar shakllangan. Jumladan, tut bilan bog‘liq afsona shulardan biri bo‘lib, unga ko‘ra yerga qadalgan tayoqdan tut daraxti o‘sib chiqqan va yil bo‘yi hosil bergan. Qaysidir yili qattiq qurg‘oqchilik bo‘lib, barcha ekinlar qurib qolgan va aholi faqat tut mevalaridan iste’mol qilibgina, ochlikdan qutulib qolgan ekan. Xiva xonligining asosiy oziq-ovqati bo‘lgan non bilan bog‘liq afsonada esa yovuz ruhlar yerga ilk bug‘doy urug‘lari qadalganida terga botib bezovta bo‘lishi, hosil yig‘ilib, xirmon sovurilganida bezovtaligi oshib yo‘tala boshlashi, tozalangan bug‘doyni tegirmondan chiqarilayotgan vaqtda baland ovozda yig‘lashlari va tandirda non qilib yopilganida esa barchasi butunlay g‘oyib bo‘lishi aytiladi[10]. Zero, non xorazmliklar orasida yovuz kuchlarni haydovchi vositalardan biridir. Xiva xonligida dehqonchilik va suv bilan bog‘liq afsonalar ham mavjud bo‘lgan. Jumladan, dehqonchilikda dunyo yaralishining totemlaridan biri Semurg‘ qushi, Hayot daraxti (barcha urug‘lar daraxti) bilan bog‘liq afsonalardir. Olimlarning fikriga ko‘ra, islom davrida Senmurv o‘rnini asta- sekin Semurg‘ egallaydi va u mevalari g‘arq pishgan daraxtda o‘tirgan holatda tasvirlanadi. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin mahalliy tilda ataladigan Semurg‘ sharq xalqlaridan kirib kelgan daraxt ustidagi Feniks qushi (fin-xuan, fin) bilan uyg‘unlashtirilib yuborilgan[11]. Umuman olib qaralganda, musulmon mamlakatlarida rang-barang dumli tovlanuvchi ayol-qush juda nafis uslubda tasvirlangan va u Hayot daraxtining qo‘riqchisi bo‘lgan. O‘rta asrlarga kelib, islom san’atida sfinkslar, ayol-qushlar va Hayot daraxti bir mavzu atrofida birlashgan. Masalan, Xorazm hududiga oid X-XII asrlarda yasalgan Ermitajda saqlanayotgan kumush jomda tasvirlangan ayol-qush qo‘lida uzum novdasi va atrofida chirmashgan novdalar timsolida hayotning qaytadan yangilanishi va hosildorlik timsoli sifatida ifodalanadi[12]. Xonlik aholisi orasida suv muqaddas deb tushunilgan[13]. Shuning uchun xalq orasida u bilan bog‘liq turli afsonalar ham paydo bo‘lgan. Ana shunday afsonalardan biri Amudaryo xaloskori Xubbi haqidagisidir. Unga ko‘ra, juda qadim zamonlarda Amudaryoda Xubbi ismli yigit yashagan. U bir qo‘li bilan baliq ovlab, ikkinchi qo‘li bilan quyoshga tutib tursa, bir zumda baliq pishar ekan. Xubbi shu zaylda baliq ovlab, Amudaryo suvlarini qo‘riqlab, daryoda yetti yuz yil yashagan, shu yetti yuz yil davr mobaynida Amudaryoga hech bir yovuz ruh, hattoki chivin ham yaqin yo‘lamagan. Xubbi insonlarga qayiq yasash, daryoda suzib baliq ovlashni o‘rgatadi. Xalq undan bu ishlari uchun mamnun bo‘lib, faravonlikda yashagan, lekin Jamshid zamoniga kelib, Xubbi to‘satdan g‘oyib bo‘lgan. Odamlar Xubbini suv ilohi o‘g‘irlab ketgan deb, uni qaytarish uchun turli marosimlar o‘tkazganlar, daryo suvlari ilohlari uchun hayvonlarni qurbonlik qilganlar. Xubbining onasi Anbarona qayiq yasab, ana shu qayiqda yillar davomida daryodan o‘g‘lini izlagan va u ham daryoda g‘oyib bo‘lgan. Xubbining hasratida shunchalik ko‘p yig‘laganidan, afsonaga ko‘ra, hattoki Amudaryo suvlari qirg‘oqlardan toshib ketgan ekan. Daryo qirg‘oqlarida yashovchi aholi hanuzgacha o‘g‘lining hasratida yum-yum yig‘lagan Anbar onaning ovozi quloqlarga chalinib turishini aytadilar. Shunday paytlari is chiqarilib, qurbonliklar qilish odati ham mavjuddir. Xonlik hududidagi sug‘orish shohobchalari bilan bog‘liq afsonalar ham yaratilgan. Jumladan, Polvon-yopning qazilishi bilan bog‘liq afsonada, xonlikdagi qishloqlardan biriga suv chiqarish uchun Polvon ismli bir keksa odam daryodan o‘z hassasi bilan chiziq tortib kelgan. Hassa qoldirgan izdan shildirab suv oqa boshlagan. Qishloq aholisi hassa izidan oqib kelayotgan suvning kamligidan norozi bo‘lishadi va kengroq yop kerakligini aytishadi. Polvon ota esa ularga shu jilg‘a kun kelib, katta ariqqa aylanishini va suvi ko‘pligidan qishloqlardan biri zaxlab ketishi aytilgani yozilgan. Manbalarda yozilishicha, keyinchalik Polvon-yop oqib o‘tuvchi qishloqlardan birining yerlari zax tortib ketgan[14]. Suv inshootlari, sug‘orish tizimi va dehqonchilik homiylari bilan bog‘liq yana bir afsonani keltiramiz. Bu afsona Xiva xonligining eng yirik kanallaridan biri G‘oziobod kanali bilan bog‘liq afsonadir. Unga ko‘ra, daryo irmoqlarining birida suv ruhlari (aranglar) katta toshqin hosil qilganlar. Shu yaqin atrofdagi qishloqlardan birida yashovchi kuchli duo o‘qish qobiliyatiga ega shaxs bu yovuz ruhlar bilan kurashish uchun suvga tushadi. Birozdan so‘ng suv yuzida uning jonsiz tanasi oqib borayotganini ko‘rishgan aholi bu suv yo‘liga g‘oziy, ya’ni muqaddas urush qatnashchisi nomini berganlar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling