O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 290 -
funksiyani bajaradi, natijada ilovali element shu usulda paydo 
bo‘ladi. Demak, für predlogi yordamida kelgan ilovali 
elementlarning tahlili, xuddi shunday ilovali elementga xos 
bo‘lgan xususiyatlarni takrorlamasdan, balki ularni yangi 
tomondan boyitadi, ya’ni ularning strukturaviy shakllarida 
uchramaydigan ba’zi bir holatlarni namoyon etadi. 
Durch, gegen, für predloglari bilan kelgan ilovali 
elementga xos bo‘lgan funksiyalar predlog bilan ifodalangan 
ilovali 
elementlarning 
strukturaviy 
xususiyatlarida 
takrorlanishi mumkin. 
Ohne predlogi bilan ifodalangan ilovali elementlarning 
strukturaviy, ma’noviy va boshqa funksiyalariga to‘xtalamiz. 
Ohne predlogi ilovali element funksiyasida: 
1. Die Polizei wird ihn in Schutzhaft nehmen. Ohne 
Frage. Dann geht er dort weg. [Bredell Wille 1981:15] 
2. Er führte ihn in eine Hohle. Ohne Weg der Steg. 
[Bruns Marianne 1972: 382.] 
3. Wo der Mann wäre , schrie Veit sie an. Ohne Gruß, 
mit kalten Augen.[Bruns Marianne 1972: 382. ] 
Keltirilgan misollarda ohne predlogi bilan ifodalanib 
kelgan ilovali elementlar yakka holda qo‘llanilmoqda. Ilovali 
elementlar yakka holda kelganlarida ularning ekspressivlik
ta’sirchanlik xususiyatlari oshadi, chunki asosiy ifoda bilan 
ilovali element o‘rtasidagi uzilish keskin sodir bo‘ladi. 
V.G.Admoni ilovali elementning yakka holda kelishini 
„grammatik keskinlik“ deb ataydi, chunki ilova qurilma 
komponentlari orasidagi uzilish, kutilmaganda sodir bo‘ladi. 
Agar ilovali elementlar biron-bir leksik-grammatik vositalar 
yordamida kengaytirilsa, u holda bunday holat kutilmaydi. 
Fikrimizning isboti sifatida quyidagi ilovali elementlarning 
tahliliga e’tibor beramiz: 
Die Patriots hingegen, so hier sei es, seien vor allem 
kaum fünfzigtausend 
Außerdem ohne Offiziere. 
Er führte ihn in eine Höhle. Ohne Weg und Steg. 
Wo der Mann war, schrie Veit sie an. Ohne Grüße, mit 
kalten Augen. 
Demak, ilovali elementlar oldidagi biriktiruvchi 
bog‘lovchining leksik-grammatik yo‘llar bilan kengayishi, 
ilova qurilma komponentlari orasida mavjud bo‘lgan 
grammatik keskinlikning yumshashiga olib keladi, natijada 
ular oralig‘ida mavjud bo‘lgan vaziyat ijobiy tus oladi, ya’ni 
ravon xarakterga ega bo‘ladi. Bu holat ilovali elementlarning 
barcha kengaytirilgan strukturaviy guruhlariga xos bo‘lgan 
xususiyatlardir. 
Predloglar bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlarni 
sintaktik-semantik tomondan tahlil qilish, ularga xos bo‘lgan, 
hali unchalik aniqlanmagan funksiyalarni lekin izohlashga 
yordam beradi. Ular ustida olib borayotgan kuzatishlarimiz 
asosida bu yerda quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tishni 
o‘rinli, deb hisoblaymiz. 
Ilovali elementlar turli xil funksiyalarni bajarib 
keladilar. Bu funksiyalar borgan sari kengayib, yangi-yangi 
fikr va mulohazalarni keltirib chiqaradi, ya’ni ilovali 
elementlarni o‘rganishga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi. 
Ularni o‘rganishga bo‘lgan bunday munosabatlarning 
o‘zgarishi shu ilova qurilmaning tabiati bilan uzviy bog‘liqdir. 
Shu vaqtgacha ilova hodisasi ko‘p tillarda o‘rganilib 
kelindi, uning strukturaviy, ma’noviy va uslubiy tomonlari 
o‘rganildi. Biroq, bu usulda o‘rganish har bir ilovali 
elementning ichki mohiyatini o‘rganishga olib keladi, 
Natijada, elementlar bilan ilovali bog‘liq bo‘lgan juda ko‘plab 
funksiyalar izlanish maydonidan chetda qolib ketmoqda. 
Lekin, ilovali elementlarni, biz tavsiya etgan tartibda 
tahlil qilib borsak, ularning strukturaviy shakllanishidan 
yangi-yangi funksiyalar izohlanaveradi, ifodalanib kelgan 
ilovali 
elementlar 
yuqorida 
tahlil 
qilingan 
ilovali 
elementlarning bajarib kelayotgan funksiyalarini o‘zida 
takrorlabgina qolmasdan, balki ularni yangi tomondan 
to‘ldiradi va kengaytiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling