O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
СЕМАНТИЧЕСКАЯ, СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СИМВОЛОВ "МУЖЕСТВО"
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- “JASORAT” SEMALI LEKSEMALAR SEMANTIK, STRUKTUR XUSUSIYATLARI
- Kalit so‘zlar
СЕМАНТИЧЕСКАЯ, СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СИМВОЛОВ "МУЖЕСТВО"
Абстрактный В данной статье по морфологическим и структурным признакам лексем со знаком «мужество», простые словоформы разделены на две группы, лексемы со знаком мужество структурно характеризуются соотношением простых и сложных слов, лексем со значением «мужество». символ мужества генетически делятся на две группы: а) собственные пластовые единицы: установлено, что арабские слова составляют большинство в слое приобретения, а большая часть лексем с мужеством относится к прилагательным и существительным, разделяющимся на духовное мужество и физическое мужество. Было показано, что мужество имеет большое значение, изучая сходства и различия нарицательных существительных на основе таблицы. Ключевые слова: формальная структура, простота, структура, собственный слой, уровень мастерства, арабский язык, духовное мужество, физическое мужество. “JASORAT” SEMALI LEKSEMALAR SEMANTIK, STRUKTUR XUSUSIYATLARI Annotatsiya Ushbu maqolada "jasorat" semali leksemalarning shakliy struktur xususiyatlari, sodda so‘z shaklidagi birliklar ikki guruhga ajraladi, jasorat semali leksemalar struktur jihatdan sodda va murakkab so’zlarning nisbati o’ziga xos ekanligi, jasorat semali leksemalar genetik jihatdan ikki guruhga bo’linishii: a) o’z qatlam birliklari: o’zlashma qatlamida arabiy so’zlar ko’pchilikni tashkil etishi, Jasorat semali leksemalar ko’pchiligi sifat va ot turkumiga mansubekanligi ma’naviy jasorat va jismoniy jasoratga bo’linishi aniqlandi. Jasorat umumiy semali atov birliklarining o‘xshash va farqli tomonlari jadval asosida o‘rganilganligi bilan ahamiyatli ekanligi ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: shakliy struktur, sodda, struktur, o’z qatlam, o’zlashma qatlam, arabiy, ma’naviy jasorat, jismoniy jasorat Jahon tilshunosligida o‘tgan asr o‘rtalariga kelib tilni o‘qitish maqsadi bilan tasvirlaydigan lingvodidaktik vositalar tadqiqiga e’tibor kuchaydi. Antik falsafa davridan bugungi kunga qadar muntazam shug‘ullanib kelingan, fikrni ta’sirchan, aniq va jozibali ifodalashning muhim vositalaridan hisoblangan ma’nodoshlik fenomeni tadqiqida yangi davrning boshlanishi sinonim lug‘atlarni zamonaviy lingvistik paradigmalar ko‘zgusida tekshirish, antropotsentrik leksikografiyaning innovatsion leksikografik an’analari hamda zamonaviy ta’lim oluvchi talablaridan kelib chiqib takomillashtirish, lingvodidaktik, lingvokognitiv, psixolingvistik jihatlarini yoritish zarurligini ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Semantik sinonimlar birdan ortiq so‘zning ma’lum leksik ma’nosi bir xil bo‘lishiga asoslanadi. Lekin bu leksik ma’nolar absolyut teng kelmaydi. Leksik ma’no tarkibida shunday semalar bo‘ladiki, bu bilan u o‘ziga xosdir va boshqalaridan semantika sini farqlab turadi. Ularning shu semalari so‘zlarning leksik ma’nolari bir xilligiga ko‘ra sinonimii tarkib toptirganda holi qoladi, bir xil kelgan leksik ma’nolar tarkibidan chetda bo‘ladi[1]. “Jasorat” umumiy semali atov birliklarining shakliy- struktur xususiyatlari serqirra hamda o‘ziga xos. Ushbu ma’noviy guruh leksemalarining shakliy-struktur xususiyatlari yetakchi morfemalar miqdori hamda ularning bir va undan ortiq so‘z turkumlari doirasida shakllanishi bilan belgilanadi. O‘zbek tilida “jasorat” tushunchalarini ifodalovchi atov birliklari shakliy strukturasining o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. O‘ziga xosligi shundan iboratki, mazmuniy uyaga bevosita kirmaydigan leksemalar ma’lum yasovchi vositalarning qo‘shilishidan so‘ng mazmuniy uyaga kirishi faollashadi. Jasorat semali leksemalar 400 ga yaqin ekanligi aniqlandi. “O’zbek tilining izohli lug’ati” 1-jildida jasorat leksemasining 18 marta, 2-jildida 30 marta, 3-jildida 10 marta, 4-jildida 9 marta, 5-jildida 13 marta uchraganligini kuzatish mumkin. Bu holat jasorat leksemasining o’zbek ijtimoiy ongida qanchalik faol ekanligini ko’rsatadi. Sistem tahlilga ko‘ra leksemalarning tuzilish turlari deb aytilishi va masala sifatida qo‘yilishi g‘ayri-ilmiydir. Binobarin, aniq fan hodisalariga nisbatai «kvadratning turlari» deyilishi qanchalik mantiqsiz bo‘lsa, «leksemaning tuzilish turlari» deyilishi ham shunchalik mantiqsiz, asossizdir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling