O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 292 -
Chunki leksema tayyor til birligi bo‘lib, uning nimalardan 
tashkil topganligi mutlaqo ahamiyatsizdir. Shunga ko‘ra 
leksemalarning emas, balki «so‘zlarning tuzilish turlari» 
deyilishi maqsadga to‘la muvofiqdir. Chunki so‘zlar hosila 
sifatida, albatta, turlicha tuzilishga ega bo‘ladi. Ammo til 
ijtimoiy hodisa sifatida tarixdan butunlay_ajralib ketmaydi. U 
hamisha o‘zida turli davrlar «bo‘yog‘ini» saqlaydi[2]. 
Jasorat leksemasini shartli ravishda yaxlit kategoriya 
sifatida qarasak ma’naviy jasorat va jismoniy jasorat 
birliklarini 
jasorat 
kategoriyasining 
tarkibiy 
qismlari, 
konseptlari sifatida ajratish mumkin. Bu unsurlarning har biri 
alohida mikrosistemani tashkil etib, o’z ichiga ko’plab 
tushunchalarni olishi mumkin. Masalan, ma’naviy jasorat 
unsuri barkamol, komil qobiliyatli jur’at vatanparvar 
qahramon; jismoniy jasorat unsuri kuchli mard bardam 
dovyurak jangovor kabi ichki kategoriyalarga ega. Bularning 
har biri o’z o’rnida ichki mikroguruhlarga bo’linadi. 
Leksik ma’nolardagi paradigmatik munosabat ikki 
jihatdan bo‘ladi: ma’lum mavzu va semantik jihatdan. So‘z 
leksik ma’nolaridagi paradigmatik munosabatga ma’lum 
mavzu jihatdan qaralganda, leksik ma’nosi bo‘yicha so‘zlar 
ma’lum mavzu doirasida guruhlarga ajratiladi. U yana kichik 
mavzular bo‘yicha kichik guruhchalarga bo‘linib ketadi[3]. 
Quyida jasorat semali leksemalarning yana kichik mavzular 
bo‘yicha kichik guruhchalarga bo‘linib ketishini jadval 
asosida ko’rib chiqamiz. 
Jasorat semali leksemalarning yana kichik mavzular bo‘yicha kichik guruhchalarga bo‘linib ketishining jadvali 
 
Ja
sor
at
M
a’
na
viy 
jas
or
at
qahramon 
qudratli,
fidokor, qodir, madadkor, 
vatanparvar 
elparvar, xalqparvar, elsevar, hurriyatchi 
jur’at 
azimat, shijoat, shudli, 
g’ayratli, 
g’ujur, shaxt 
qobiliyatli 
salohiyatli, talantli, mahoratli, layoqatli 
komil 
zakovat, ilg’or, 
yetuk 
barkamol 
alloma, donishmand, geney, dohiy, daho 
Jis
moni

jas
or
at
kuchli 
baquvvat, zabardast, quvvatli 
mard 
botir, polvon, jasur, g’uch 
bardam 
tetik, 
dadil, tinka, navqiron 
dovyurak 
dovchi, 
qo’rqmas, paxlavon 
jangovor 
yovqurlik, 
vajohatli, shiddatkor 
Jasorat semali leksemalar grammatik jihatdan, asosan, 
sifat, ot, fe’l, ravish turkumlariga mansub. Bunday birliklar 
sirasida ravish va fe’l turkumiga oid so’zlar miqdor jihatdan 
unchalik ko’p emas. Masalan: ravish- bahodirlarcha, 
bahodirona, botirlarcha, dadilona, dohiyona, dohiilarcha, 
jasurona, yigitlarcha, mardlarcha, mardona, paxlavonlarcha, 
rustamona, rustamcha, fidokorona; fe’l-bardamlashmoq, 
botirlanmoq, dadillashmoq, jasoratlanmoq, jasurlanmoq, 
intilish, kuchaymoq, tetiklamoq, faxrlanmoq, shiddatlanmoq, 
eplamoq, yuksalish, quvvatlanmoq, g‘ayratlanmoq qo’llanadi. 
Jasorat semali leksemalar ko’pchiligi sifat va ot turkumiga 
mansub: sifat- azimkor, bardam, vajohatli, dovyurak, yetuk, 
iste’dodli, kelbatli, layoqatli, mard, salohiyatli, g‘ayratchan, 
qo‘rqmas, qat’iyatli; ot - abjirlik, azimat, barkamollik
baquvvatlik, dadillik, donishmand, jasurlik, zabardastlik, 
zakovat, iqtidor, kuch, mukammallik. 
Jasorat semali leksemalar genetik jihatdan ikki 
guruhga bo’linadi: a) o’z qatlam birliklari: azimkor, aqllilik, 
barkamol, baquvvatlik, botirlik, burch, buyuk, devyurak, 
jasurlik, zo‘r, ilg‘or; b) o’zlashma qatlam birliklari madad, 
savlat, sobit, shavkat, shiddat zabardast, mard, navqiron, 
paxlavon, polvon bahodir, botir kabilar. 
Jasorat semali leksemalarning o’zlashma qatlamida 
arabiy so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi. O’z qatlamga oid 
ko’pchilik so’zlarning asosi ham arabiy qatlamga mansub: 
avj(ida), azim(kor), (bar)kamol, salohiyat(li), fidoyi(lik), 
fidokor(lik) 
Jasorat semali leksemalar struktur jihatdan sodda va 
murakkab so’zlarning nisbati o’ziga xos:
Sodda so‘z shaklidagi birliklar ikki guruhga ajraladi: 
а) sodda tub: jur’at, jasur, jabbor, dovruq, dadil, 
buyuk, burd, botir, bahodir, a’lo, a’zam, alp, alloh, alloma, 
azm, azim, azamat, avliyo, avjida, avji, avj, abjir; 
b) sodda yasama: abjirlik, avjlanmoq, azimkor, 
azmkor, bardamlashmoq, barkamol, baquvvat, baquvvatlik, 
bahodirlarcha, vajohatli, viqorli, gegemonlik.
Murakkab so‘z shaklidagi birliklar qo‘shma, juft va 
takror ko‘rinishlarga ega:
a) qo‘shma: bioquvvat, devyurak, oliyjanob, 
oliyjanoblik, oliymaqom, oliyhimmat, elsevar; 
b) juft: bekam-ko‘st; Mazkur guruhning leksemalari 
boshqa guruhlardagi leksemalarga nisbatan oz miqdorni 
tashkil etadi. 
v)takror: 
Ushbu 
guruhga 
oid 
leksemalar 
aniqlanmadi.
O‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali atov 
birliklarining 
shakliy 
struktur 
xususiyatlarining 
turli 
ko‘rinishga egaligi ularning lisoniy ma’nolariga asoslanib 
tuziladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling