O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Xulosalar
va muhokamalar. Xulosalar o’qituvchilarning yozish ko’nikmasini o’rgatish jarayonidagi qiyinchiliklaridan kelib chiqib yozilgan. a) Ingliz tilida yozish ko’nikmasini o’rgatuvchi o’qituvchilarning tajribalari. Talabalar asosan qaysi yozma faoliyatni bajaradilar degan savolga o’qituvchilar turli janrda deb javob beradilar. Masalan, ular hikoya, matn yoki hisobot yozishlari mumkin. O’rta maktab o’qituvchilari asosan matn yozishni talab qilishadi. Boshqa o’qituvchilar esa turli xil yozma mashqlarni bajartirishadi, masalan, bo’sh joylarni to’ldirish, grammatik usulda gaplar tuzish va hokazo. 10 ta o’qituvchining 30%i 25- 30 daqiqa kundalik yozish amaloyoti uchun vaqt beradi, 20%i esa taxminan 15 daqiqa aqliy hujum, oddiy mashq qilish uchun vaqt ajratadi, faqat 10%i esa 40 daqiqa vaqt beradi yozish amaliyoti uchun. O’qituvchilar o’qitish uchun tanlagan strategiyalari turlicha. Mavzularning 30%i grammatik tarjima usulidan iborat, chunki bu yozishni o’rgatish uchun tez-tez ishlatilinadigan usuldir. Ularning har birining sinfxonasida audio va video vositalari mavjud. Yana ba’zilari esa umuman yozish mahoratini o’rgatmaydi. Aynan mana shu o’qituvchilar oq doska va kitoblardan tashqari hech qanday yordamchi vositalardan foydalanmaydi. Yozishning qiyin yoki osonligi haqida asosiy munozara olib borildi. Yozishni o’rgatish bir necha omillarga bog’liq. Masalan, sinfning atmosferasi, o’quvchilarning vaqti, foydalanish uchun kerak bo’ladigan vositalarning mavjudligi va hokazo. O’quvchilardan talab qilinadigan omillar ham mavjud: lingvistik kompetensiya, motivatsiya va ularning past o’qish odati. Qishloq va shahar maktablari taqqoslanganda, qishloq o’quvchilarining yozish malakasi pastligi aniqlandi. b) Yozishni o’rgatishdagi qiyinchiliklar Qiyinchiliklar ichki va tashqi faktorlarga bo’linadi. Ichki faktorlar bu motivatsiya yetishmasligi, tilga oid ko’nikmalarning kamligi va ona tilining ta’siri. Tashqi faktorlar esa sinf atmosferasi va vositalar. Muhokama. Qatnashgan 10ta o’qituvchilar yozish ko’nikmasini naqadar qiyin ekanligini aytishadi va buning o’ziga xos sabablari borligi haqida so’z yuritishadi. 4 ta omil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling