INGLIZ TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘RGANUVCHILARGA YOZISH KO‘NIKMASINI O‘RGATISH: O‘ZBEK
O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN DUCH KELINGAN QIYINCHILIKLAR DOIRASIDA
Annotatsiya
Til o’rganuvchilarning ham tilga, ham nutqqa oid bilimlarini oshiruvchi ingliz tilida yozish ko’nikmasi qiyin vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun yozish ko’nikmasi o’rgatilayotganda barcha o’qituvchilar, xususan o’zbek o’qituvchilari qiyin vaziyatlarga duch
kelishadi. Bu izlanish o’zbek o’qituvchilari duch keladigan muammolarni yechishni maqsad qiladi. Izlanish natijalari shuni
ko’rsatadiki, o’qituvchi duch kelayotgan muammolar sababi ichki va tashqi faktorlardir. Ichki faktorlar bu o’quvchining
tilshunoslik mahorati, mahalliy tilining ta’siri, motivatsiya, o’qish ko’niklarini o’z ichiga oladi, tashqi faktor esa bu dars muhiti
hamda vaqt ajrata olish hisoblanadi. Ushbu izlanish natijalari ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish, ayniqsa yozuv ko’nikmasini
o’rgatishni imkon qadar yaxshilashga yordam beradi.
Kalit so'zlar: lingvistik kompetentsiya, yozishni o'rgatish, ichki omil, tashqi omil.
Kirish. Malakali ingliz tili foydalanuvchisi bo’lish
uchun ham qabul qiluvchi (o’qish, tinglash), ham ishlab
chiqariluvchi (yozish, gapirish) ko’nikmalariga e’tibor
qaratish zarur. Browker(2007) yozish ko’nikmasi hayotning
juda ko’p sohalarida kerak bo’lishini ta’kidlaydi. Masalan,
do’stingizga xat yoki uyga vazifa sifatida insho yozishingiz
mumkin. Maktabda esa yozuv ko’nikmasi ayni muddao,
chunki kursdan kursga o’tish uchun siz yozma imtihonlar
topshirasiz. Eng muhimi shundaki, o’quvchilar o’qishga davlat
grantlari yutib olish uchun va ishga qabul qilinish uchun
ularga yozish ko’nikmasi kerak bo’ladi.
Yozish ko’nikmasi eng kerakli jihat bo’lsa-da,
o’qituvchilar qiyin vazifa ekanligini ta’kidlashadi. Lekin, ular
mas’uliyati bor o’quvchilarida ushbu mahoratni shakllantirish
uchun barcha qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun bir necha
faoliyatlar
amalga
oshirishdi.
Masalan,
Falastinda
o’qituvchilarning an’anaviy o’qitish tizimi muhokama
qilingan holatda izlanish olib borildi (Abas&Bakir, 2013).
Ular ta’kidlashicha, an’anaviy o’qitish metodi sinfdagi passiv
va zerikarli muhitni tashkil etadi. Uning o’rniga ular yozishga
oid mashqlar bajarishni tavsiya etadi. Bundan tahqari yana bir
boshqa izlanish olib borildi va u asosan an’anaviy va
zamonaviy o’qitish tizimiga e’tibor qaratdi, masalan: ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |