O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 321 - mavjud: ona tilining ta’siri, ingliz tilini bilish (grammatika, lug’at, lingvistik bilim). Ingliz tili malakasi eng ta’sirli omil. Bu 37% tomonidan aniqlangan, ya’ni eng ko’p boshqa 3ta omillardan biri. Ko’plab o’qituvchilar haqiqatan ham bu o’rgatish uchun eng qiyin soha deb aytishadi. Ingliz tili kompetensiyasi keng atama bo’lib, u o’z ichika grammatika, so’z boyligi va paragraflarni to’g’ri tashkillashtirish kabi bilimlarni o’z ichiga oladi (Brown, 2004). Grammatika ingliz tilida gaplarni mantiqiy va ma’noli tuzish uchun yordam beradi. Bundan tashqari “imlo” ham tez tez kuzatiladigan qiyinchilklardan biridir. Ingliz tili o’rganayotganlar uchun imloning qiyinligi shundaki, so’zning tovushi va uning yozilish usuli har doim ham aniq ko’rinmaydi. Shunday qilib, Ozbekistonlik o’quvchilar o’z tillarida bo’lgani kabi so’zlarni ham fonetik tarzda yozishi mumkin. Aslida, imlo xatolari ko’p topiladi. Semantik jihatdan o’zbek o’quvchilar ingliz tilidagi sinonim so’zlarning ishlatilishida xatolilarga yo’l qo’yishlari mumkin. Masalan: a) take(olmoq), send (yubormoq), pick up(termoq) She takes her son after school. (U o’g’lini maktabdan oladi.) b) hear (eshitmoq)/listen (tinglamoq) I listened to the music. (Men musiqani tingladim) Yana bir qiyinchilik bu sintaktik bilim yetishmovchiligi. a) o’zbek o'quvchilar, hatto so'rashganda ham, asosan O-V tartibiga o'rganib qolgan savol; "Nima kerak?" (o’zbek tilida). "Siz qovurilgan guruchni yoqtirasizmi?" o'rniga "Qovurilgan guruch yoqtirasizmi?" buning asosiy sababi, o’zbek tilida shaxs-son qo’shimchasidan ega so’z turkumining qaysi shaxsda ekanligini bilish mumkin. –siz shaxs soni eganing ikkinchi shaxs birlik siz (hurmat ma’nosida) ekanligini bildiradi. Lekin bu Grammatik xususiyat ingliz tilida mavjud emas. Shuning uchun gap tuzish yoki yozish vaqtida o’quvchilar so’zma so’z tarjima qiladigan bo’lsa xatolikka yo’l qo’yishlari mumkin. b) Nisbiy olmosh masalalari. Ingliz tilida ishlatiladigan “wh” olmoshlari, ya’ni who, what, whom, whose, which va ularning o’rnini bosadigan that nisbiy olmoshlar o’zbek tilidagi izohlovchi aniqlovchiga muqobil tarzda ishlatiladi. Masalan, "I don’t remember the person whom I saw yesterday." gapi o’zbek tilida “Men kecha ko’rgan kishimni eslolmayman.” tarzida tarjima qilinadi. c) o’zlik olmoshlari o’zbek tilida bo'lgani kabi, ingliz tilida ham faqat bitta so'z "o'z" bor. Lekin ingliz tilida ba’zi mavhum fe’llar o’zlik olmoshi bilan ishlatilmaydi. Masalan, concentrate fe’li uchun "I didn’t concentrate." o’zbek tilida “Men o’zimni idora qila olmadim”. ma’nosini beradi. d) o’zbek tilida artikllar mavjud emas, lekin ingliz tilida deyarli har bir gapida aniq yoki noaniq artikl bo’ladi. Shuning uchun ular ko'pincha tushib qoladi ingliz tilini o'rganayotganda til o’rganuvchilari uchun juda muhimdir. Masalan, “The children played in the garden the whole day” gapida 3ta aniq artikl ishlatilyapti, lekin bu o’zbek tilida umuman namoyon bo’lmaydi. “Bolalar kun bo’yi bog’da o’ynashdi”. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling