O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 317 - Metafora
Tahlil va natijalar. So‘zning ko‘p ma’noliligini
o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bu so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni talab qiladi. Shu bosidan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Ko‘chimlar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan zo‘rmazo‘raki foydalanib bo‘lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi yoki notiq zarurat tug‘ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy asar qimmatini oshirish o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Manbalarda ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra: 1. Metafora 2. Metonimiya 3. Sinekdoxa 4. Vazifadoshlik singari turlari o‘rganiladi. Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir. O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 317 - Metafora - bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin: 1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i va qozon qulog‘i. 2. Ikki predmet qaerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, itning dumi, samolyot dumi va boshqalar. Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy- estetik qobiliyatini namoyon etadi. Metafora borliqni bilish, tilda aks ettirish, nomlash va tasniflashning, nutqni ta’sirchan bayon etish, unga bo‘yoqdorlik baxsh etishning asosiy usullaridan biridir. Metaforizatsiya esa tilda yangi ifoda vositasi qidirmay va hosil qilmay, tejamkorlik qonuniyati asosida, borliqdagi narsa va hodisalarning o‘xshashligi va muvofiqligi asosida mavjud so‘z va iboralarga yangi ularning ontologik imkoniyatlari asosida yangi ko‘p qirrali vazifalar va mas’uliyat yuklash demakdir[1]. Metafora nutqning ta’sirchanligi va bunyodkorligi vazifasiga muvofiq ravishda antik dunyoda ritorikada vujudga kelib, insoniyat intellektual olamining barcha sohalarini ham zabt etgan. Tilning butun qudrati metaforada mujassamlashgan. Eng kuchli tasvir vositalari ham metaforaga tayanadi. X.Otegi-i-Gasset fikricha, “metafora – fikrning bemisl quroli, ilmiy tafakkur shakli… metafora – bu ifodalarni ko‘chirishdir”[2]. Muloqot tizimida vujudga kelgan metaforada muloqotning o‘zida bo‘lgani kabi qator omillar ishtirok etadi: - O‘xshatiluvchi va o‘xshovchi ob’ektlar; - So‘zlovchi va tinglovchi shaxs; - Muloqot vaziyati; - Muloqot muhiti; - Muloqot intensiyasi; - Zamon; - Makon... Muloqotda so‘zlovchi shaxsning intellektual sifati muhim rolb o‘ynaydi. O‘z aqliy salohiyati natijasi o‘laroq, u bir turdagi narsa va hodisalar bilan ikkinchi bir turdagi narsa va hodisalar orasidagi mutanosiblik va o‘xshashlikni ko‘radi. Ular orasidagi sifatiy monandlikni topadi. Zohiran tamomila noo‘xshash hodisalar orasidagi botiniy o‘xshashliklarni topish, shu asosda birining nomi bilan ikkinchisini atash yuksak intellektual salohiyat natijasidir. So‘zlovchi bir kishini tullak deb atar ekan, bunda u ikki holatdan birini namoyon qiladi: – Beixtiyor o‘rgangan til bilimini (ya’ni bu so‘zni atrof-muhitda tildoshlarining kimga nisbatan qo‘llanishini o‘rgangan va so‘zning birinchi asosiy ma’nosini bilmaydi); – Ongli ravishda egallagan borliq haqidagi bilimini (ya’ni uch yoshdan o‘tgan, endi uni tutish qiyin bo‘lib ketgan, ayyorlik darajasini tajriba natijasida egallagan, ovchilarni chuv tushirib ketadigan bedana). Birinchi holatdagi shaxs so‘zning asosiy ma’nosini bilmaydi va uning metaforik hosila ma’nosini o‘zining an’anaviy tafakkur tarziga muvofiq ravishda qo‘llaydi. Ikkinchi holatdagi shaxsda uch xil xususiyatdan biri namoyon bo‘ladi: – U tullak so‘zining bosh ma’nosini o‘zgalardan eshitgan yoki tasodifan biror manbada uchratgan; – U tullak so‘zining odamlarga nisbatan qo‘llanishiga guvoh bo‘lib, so‘zning ma’nosini bilishga ongli ravishda intilgan va bilish natijasida so‘zni metaforik ma’nosini qo‘llashda onglilik tamoyiliga tayangan. – U tullak so‘zining bosh va hosila ma’nolarini idrok etish natijasida tilning bugungi holatida bosh va hosila ma’no bilan asosiy va ikkinchi darajali ma’nosi muvofiq kelmasligini, bugungi kunda bu so‘zning bosh ma’nosi (“uch yoshdan o‘tgan bedana”) xalq orasida unutilganligi, metaforik hosila ma’nosi esa faollashib, bosh ma’noni o‘z soyasida qoldirib ketganligini ilmiy asosda idrok etadi. Ana shu ikki xil obyekt orasidagi munosabat ontologik tabiatga ega bo‘lib, sinxron ijtimoiylik nuqtai nazaridan bu aloqa unutilgan, so‘zning ontologik ma’nosi zaiflashgan, so‘z ma’nolariaro vorisiylik tamoyili asosidagi passivlashuv- faollashuv hodisasi yuz bergan. N.D.Arutyunova fikricha, metafora – bu “троп или механизм речи, состоящий в употреблении слова, обозначающего некоторый класс предметов, явлений, для характеризатсии или наименования объекта, входящего в другой класс, либо для наименования другого класса объектов, аналогичного данного в каком-либо отношении”[3]. Ko‘p hollarda metaforaning ikki yoqlama semantik tabiatga egaligini, bu uning asosiy va belgilovchi xususiyati ekanligini, bu esa metaforik ma’noni asosiy ma’nosiz tushunish va qabul qilish mumkin emasligini ta’kidlashadi. Agar shunday munosabatda bo‘linadigan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi quralay, megajin, arlon so‘zlarining bugungi kundagi faol va keng iste’molli ma’nolarini metaforik ma’no ekanligini inkor etishga, inkor etish esa bosh va hosila ma’nolardagi so‘zni so‘zlar, ya’ni shakldosh ifodalar sifatida qarashga olib kelar edi. Chunki garchi bu so‘zlarning bosh ma’nolari (megajin – “cho‘chqaning urg‘ochisi”, quralay – “kiyikning bolasi”, arlon – “itning erkagi”) lug‘atlarda mavjud bo‘lsa-da, umumiste’mol emas va bu uning sinxron ijtimoiylik xossasi kuchsizlanayotganidan dalolat beradi. Holbuki, bu so‘zlarning umumiste’mol metaforik hosila ma’nolari bilan kam iste’molli bosh ma’nolari orasidagi aloqa uzilmagan, lekin unutilish darajasida. Biz talabalar bilan o‘tkazgan og‘zaki so‘rovnomamizda bir guruhdagi talabalardan birortasi ushbu so‘zlarning bosh ma’nolari haqida tasavvurga ega emasligini ko‘rsatishdi. Shuningdek, bu holat talabalarning umumiy saviyasi bilan emas, balki so‘z ma’nolarining qo‘llanishiga davrning hukmi va zamonning zayli bilan belgilanadi. Albatta, so‘zning bosh va hosila ma’nolari orasidagi bunday hol tilning tadrijiy taraqqiyoti, rivoji, unda utilizatsiya hodisasining yuz berishi muqarrar holat ekanligi, shu asosda tilning sinxron shaklu shamoyilida o‘z-o‘zini tashkil etish sinergetik qonuniyati asosida o‘zgarishlar yuz berib turishi zarur. Aks holda til o‘z qayishqoqligidan mahrum bo‘lib, o‘z iste’molchilarining talablariga javob bera olmay qoladi. O‘z- o‘ziga ishlov berish tilning mukammalashuv yo‘lidagi asosiy jarayonlardan biridir. Tashqi muhit bilan zich munosabati asosida takomillashib boradigan ochiq tizimlarda bunday dissipativ hodisalar sodir bo‘lishi tabiiy[4] Shu ma’noda aytib o‘tish lozimki, metafora tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lish omillaridan biridir. Metaforizatsiya natijasida yangi ma’noning faollashuvi va bosh ma’noning kuchsizlanishi miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi dialektik qonuniyati asosida sodir bo‘ladi. Yangi ma’noning qo‘llanuvchanligi me’yor darajasidan o‘tar ekan, bu bosh ma’noning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Natijasida bosh ma’no va hosila ma’no orasidagi ma’noviy “ip” uzilish sari yuz tutadi va omonimiya hodisasi yuz beradi. Masalan, jo‘g‘rofiy mohiyatga ega bo‘lgan burun, qo‘ltiq so‘zlarining metaforik hosila ma’nolari tana a’zolarini ifodalaydigan ma’nolaridan uzilib, terminologik mohiyat kasb etmoqda. Bu esa bosh va hosil ma’noning aloqalari uzilayotganidan dalolat beradi. Albatta, hosila ma’noning faollashuvi ham, bosh ma’noning passivlashuvi ham faqat lisoniy hodisa emas. U til sohiblarining ijtimoiy hayoti, dunyoqarashi, turmush tarzi, milliy va etnik mental muhiti, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling