O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Tahlil va natijalar. Til aforizmlari – bu hammaga 
ma’lum bo‘lgan, nutqda yangidan yaratilmagan, balki, 
xotiradan chiqarilgan iboralardir. Barcha til aforizmlari, o‘z 
navbatida, kelib chiqishiga qarab quyidagi to‘rtta sinfga 
ajratiladi. 
1.Maqollar va matallar. 
Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni 
bildiruvchi, kichik, ixcham,o‘tkir mazmunli, ko‘chma 
ma’noda yoki ham ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida 
qo‘llaniladigan hikmatli xalq iboralaridir [12]. Maqollar 
umumlashtirilgan shaklda odamlar 
yoki hodisalarning 
xususiyatlarini bildiradi, ularga baho beradi yoki harakat 
yo‘nalishini belgilaydi: Yaxshining so‘zi-qaymoq, Yomonning 
so‘zi-to‘qmoq; Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan; 
Hamal keldi-amal keldi. 
Matallar – tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini 
ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, 
faqat o‘z ma’nosida qo‘llaniladigan, qisqa, ixcham xalq 
iboralaridir. Maqollar odatda barqaror, to‘liq iboralar shaklida 
mavjud bo‘lsa, matallar har doim ham yakuniy xulosani bayon 
etavermaydi: Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l; 
Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod qoladi kabilar. 
2.Qanotli so‘zlar. 
Qanotli so‘zlar, ya’ni adabiy manbalardan nutqimizga 
kiritilgan 
qisqa 
iqtiboslar, 
majoziy 
iboralar, 
tarixiy 
shaxslarning so‘zlari. Binobarin, qanotli so‘zlar maqollardan, 
birinchidan, kelib chiqishi va ikkinchidan, foydalanish sohasi 
bilan farq qiladi (qanotli so‘zlar adabiy nutqqa tegishli). 
Qanotli so‘zlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
“Time is money” – Vaqt bu pul (Benjamen Franklin); 
“Elementary, my dear Watson” – Bu elementar azizim Vatson 
(Konan Doyl); “Have you prayed tonight, Desdemona?” – Bu 
kecha ibodat qildingmi Dezdemona? (Otello).
3. Murojaatlar, shiorlar va ma’lum falsafiy, ijtimoiy va 
siyosiy qarashlarni ifodalaydigan boshqa iboralar. 
Mafkuraviy iboralarning nutqqa kirib borish manbalari 
hozirgi kunda birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari 
va jurnalistik adabiyotlar hisoblanadi. Masalan: “Biz 
giyohvandlikka qarshimiz!”; “Inson farovonligi uchun hamma 
narsa!” va hokazo.
4. Ijtimoiy-ilmiy va tabiiy fanlar shaklidagi formulaviy 
aforizmlar.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling