O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARMONY OF ECONOMIC REFORMS AND SPIRITUAL LIFE
- ГАРМОНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ РЕФОРМ И ДУХОВНОЙ ЖИЗНИ
- Ключевые слова
- IQTISODIY ISLOHOTLAR VA MA’NAVIY HAYOT UYG’UNLIGI
- Kalit so’zlar
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 279 - UDK: 159.9:100.5:125.2 (046) Gulhayo ISMOILOVA, Qarshi davlat universiteti tayanch doktоranti E-mail:Ismoilovagulhayo93@gmail.com. Shahrisabz davlat pedagogika instituti dotsenti Z. Kenjayev taqrizi asosida HARMONY OF ECONOMIC REFORMS AND SPIRITUAL LIFE Abstract The article analyzes some views related to economic reforms and their impact on the spiritual image of a person. The process of implementing economic reforms and their impact on spiritual life have been studied. Key words: Economy, globalization, value, society, spirituality, personal spirituality, spiritual maturity, integration, financial culture. ГАРМОНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ РЕФОРМ И ДУХОВНОЙ ЖИЗНИ Аннотация В статье анализируются некоторые взгляды, связанные с экономическими реформами и их влиянием на духовный облик человека. Изучен процесс проведения экономических реформ и их влияние на духовную жизнь. Ключевые слова: экономика, глобализация, ценность, общество, духовность, духовность личности, духовная зрелость, интеграция, финансовая культура. IQTISODIY ISLOHOTLAR VA MA’NAVIY HAYOT UYG’UNLIGI Annotatsiya Maqolada iqtisodiy islohotlar va uning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri bilan bog’liq ayrim qarashlar tahlil etilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayoni va ma’naviy hayotga ta’siri o’rganilgan. Kalit so’zlar:Iqtisodiyot, globallashuv, qadriyat, jamiyat, ma’naviyat, shaxs ma’naviyati, ma’naviy yetuklik, integratsiya, moliyaviy madaniyat. Kirish. XX asrning oxiri XXI asr boshlariga kelib milliy taraqqiyotimizda o‘ziga xos yangi tendensiyalar vujudga keldi. Xalqimiz mustaqillikni qo‘lga kiritdi va o‘zining rivjolanish yo‘lini belgilab oldi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz oldida juda muhim hayotiy muammolar paydo bo’ldi. Ulardan: moddiy-iqtisodiy yaratuvchilik muammolari va vazifalari yoki iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchidan ijtimoiy- ma'naviy rivojlanish muammolari edi. Bu vazifalarga erishishda: -xalqning ongini, dunyoqarashini milliy g’oyaga sodiqlik, vatanparvarlik, milliy g’urur ruhida o’zgartirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini shakllantirish; -milliy davlatchilikni mustahkamlash, milliy manfaatlarni tushunib etadigan avlodni tarbiyalash; -milliy madaniy-ma'naviy merosni, shu jumladan diniy merosni tiklash, ona tili mavqeini yanada ko’tarish, e`tiqod erkinligini ta'minlash; -xalq ta'limi, sog’liqni saqlash, ilm-fan, ommaviy axborot sohalarida islohot o’tkazish: -eng asosiysi erkin fikrlovchi dunyoqarashi keng, ilm- fanga, go’zallikka, ijtimoiy taraqqiyot, shaxsiy kamolotga intiluvchi, ayni paytda o’zi uchun jamiyat hamda o’zi oldida mas'ul deb hisoblovchi kishini tarbiyalash lozim. Bir so’z bilan ayatganda, iqtsodiy islohotlar va shaxs ma’naviy qiyofasidagi o’zgarishlar dialektikasini aniqlash, ularni murosga keltirish dolzarb vazifaga aylandi. Chunki, jamiyat hayotining ikki mustaqil ayni vaqtda mushtarak bo’lgan ikki sohasini puxta tahlil qilmasdan turib ma’naviy qiyofasi haqida so’z yuritish qiyin. Mamlakatimizda iqtisodiyot bilan bir qatorda ijtimoiy- ma’naviy hayotda ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviyat iqtisodiyot kabi huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e’tirof etildi. Ma’naviy islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsadlardan biri ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashdir. Ma’naviy yetuklik insoning o‘z shaxsiy manfaatlarini, jamoa, el-ulus, yurt manfaatlariga moslashtira olishidir. Bu esa kishidan o‘z manfaatlarini ham, jamiyat manfaatlarini to‘g‘ri tushunishni, soxta qadriyatlarga, jozibali, ammo puch va g‘arazli chaqiriqlarga uchmaslikni, aldanmaslikni talab qiladi. Amalga oshirilayotgan ijtimoiy- ma’naviy islohotlarning asosiy maqsadi – milliy madaniy qadriyatlar va ajdodlar merosini qayta tiklash, ularning asl mazmunini kelgusi avlodaga yetkazish, insonparvarlik, bag‘rikenglik tamoyillari asosida barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu kabi maqsadlarga erishish o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Buning uchun ma’naviyat bilan bir qatorda katta iqtisodiy imkoniyatlar ham talab etiladi. O‘zbekiston xalqining tub manfaatlarini, yuksak orzu – umidlari, ezgu niyatlari va buyuk ishlarni amalga oshirish butun xalqmiz ayniqsa, yosh avlodga bog‘liq. Shuni nazarda tutgan holda davlat rahbari: “Iste’dodli va bilimli yoshlarimizni tadbirkorlikka keng jalb etish muhim ahamiyatga ega,”- deb ta’kidlagandi [1:260]. O‘zbekiston tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqimizni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar jiddiy natijalar bermoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar soni keskin oshdi. Aniqsa yoshlar o’rtasida tadbirkorlik ommalashmoqda. Masalan, “Respublikamizda samarali ishlayotgan 227 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Yurtimizda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda” [1:440]. Biroq keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini avj oldirishga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor berilganiga qaramasdan, bu faoliyatga to‘siq bo‘lib turgan ayrim muammolar ham saqlanib qolmoqda. Ushbu Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling