O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 320 -
bir usul TPS (think, pair, share) ya’ni o’yla, sherik bo’l va 
bo’lish deb nomlangan (Sumarsih&Sanjaya, 2013). Yana bir 
tadqiqot, o’qituvchilarning Internetga bog’liq metodlarni 
ishlatishdan xabardorligi haqida. 
Yozishni o’rgatish yetarlisha oydinlashtirildiki, hattoki 
ko’plab manbalar ham yozish mahoratini rivojlantirish uchun 
juda ko’p zamonaviy texnikalarni yoritib berishdi, ammo juda 
sanoqli yozuvchilar o’rgatish davomida o’qituvchi duch 
keladigan qiyinchilik haqida yozishadi. Shuning uchun, bu 
maqola faqat qiyinchiliklar hamda ularga yechim haqida 
yozilgan.
Bunday izlanishlar olib borish, yozish ko’nikmasiga 
bo’lgan qiziqishlar va talablar soni ko’pligini ko’rsatadi.
Ingliz tilida yozish ko’nikmasida kamchiliklari bor 
o’quvchilar akademik va professional doiralarda doimo 
qiynalanib qolishadi. O’zbek o’qituvchilarning muammolari 
qanday va ularga qanaqa yechimlar topish kerak? 
Adabiyotlar tahlili.
a) Yozish nazariyasi 
Yozish bu yozuvchining kitobxonga yozma ravishda 
fikrlarini yetkazadigan muloqot turi hisoblandi. (Richard, 
1990). Yozish bu ma’noni yozma ravishda tanlangan so’zlar 
orqali yetkazib berishdir. Qisqa qilib aytganda, yozish bu 
yozma muloqot turi. (Esmeralda, 2013) Ikkinchi til sifatida 
yozishni o’rganish bu judayam murakkab. Bu nafaqat ikkinchi 
til o’rganayotganlarga tegishli, balki mahalliy aholi uchun 
ham o’zining ona tilida yozish qiyinchilik tug’dirishi mumkin. 
Chunki 
yaxshi 
yozish 
mahorati 
yozish 
texnikalari, 
grammatika, so’z tanlovi, mavzu tanlash kabilarni talab qiladi. 
Grammatika yozuvchining gaplarini tuzishda eng zarur soha
so’z tanlash esa o’zining fikrlarini to’g’ri yetkazib beradigan 
vosita. Yozuv tartibi esa fikrlarning mantiqiy ketma-ketligini 
ta’minlab beradi. (Hartfiel, Hughey, Wormuth, & Jacobs, 
1985) 
b) Yozish ko’nikmasiini o’rgatish 
1980-yildan buyon, L2 darajasida yozish va o’rganish 
sohasida nazariy tadqiqotlar o’tkazilib kelinmoqda (Brown, 
2000). Bu tadqiqot o’qituvchining roli va yozishni 
rejalashtirishga e’tibor qaratadi.
c) O’qituvchining ahamiyati 
Yozishni o’rgatishda o’qituvchining roli CLT 
(muloqot uchun til o’rganish) sohasida muhokama qilinadi. 
“Bu o'quvchiga yo'naltirilganligiga e'tibor qaratilishi tufayli 
yozish jarayoni uchun mos joy ta'lim, talaba-talaba 
muzokaralari va o'quvchilarning muvaffaqiyatga erishish 
yo'llarining o'zgaruvchanligini qadrlaydigan strategiyalarga 
asoslangan ko'rsatmalar" (Brown, 2000). Shuning uchun 
o'qituvchi vakolatli hakam emas, balki yordamchi va 
murabbiy bo'lishi kerak. 
d) O’quvchilarga ingliz tilida yozishida ta’sir qiluvchi 
omillar 
Bir necha faktorlar mavjud: 
1) Ingliz tili mahorati 
Ingliz tili mahorati keng atama bo’lib, yozishga 
nisbatan o’quvchilarning Grammatik kompetensiyasi, so’z 
boyligi va matnni yaxshi tuza olish qobiliyatlarni o’z ichiga 
oladi (Brown, 2004). Grammatik bilimning yetishmasligi yoki 
lug’at nafaqat matnlar yozishni qiyinlashtiradi, hatto 
jumlalarning xato yozilishiga sabab bo’ladi. (Harmer, 2001). 
2) Mahalliy tilining ta’siri 
O’rganuvchining ona tilisi ingliz tilini o’rganish 
jarayonida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, ona tili ingliz 
tilida muvaffaqiyatli insho yozishi uchun muhim hisoblanadi. 
(Harmer, 2001). O’zbek tili o’quvchilarning ma’lum bir 
jihatiga ijobiy ta’sir qilganda “o’tkazish’’ deyiladi, salbiy 
ta’sir qilganda esa ona tilining “bosimi’’ deb ataladi. O’zbek 
tilining ingliz tilida yozish mobaynidagi ta’siri deganda, bu 
o’sha tilning morfologiyasi, semantikasi va sintaksisi nazarda 
tutiladi.
3) Motivatsiya va o’qish odatlari 
Ba’zi o’quvchilar o’zlarining yozish ko’nikmalari 
haqida tashvishlanmaydilar, ba’zilari esa uni yanada 
yaxshilash uchun intiladilar. O’rganuvchilarning ichki 
motivatsiyasi bu ularni yana ham takomillashtirishga undaydi 
va bu ularning o’qish odatlariga ta’sir qiladi. O’qituvchi esa 
mana shu motivatsiyani uyg’otishda yordam berishi lozim. 
Muammo shundaki, motivatsiya uyg’otish bu juda murakkab. 
Motivatsiya bu xulq-atvorni quvvatlantiradi va unga yo’nalish 
beradi (Atkinson, 2002). 
METODLAR 
a) Tadqiqot mavzusi 
Tadqiqotda 10 ta o’zbek o’qituvchilari ishtirok etishdi. 
Ularning 5 nafari erkaklar va 5 ayollar. Ularning ba’zilari 
xususiy, ba’zilari esa davlat maktablarida dars berishadi. Ular 
maktablarning shahar yoki qishloqda joylashganini tasodifiy 
tanladilar. O’qituvchilarning tajribalari 3 yildan 7 yilgacha. 
Suhbat jarayonida ular o’zlarining yozishni o’rgatishdagi 
tajribalari, ayniqsa, duch kelgan muammolari haqida 
so’zladilar.
b) Ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish texnikasi 
Ma’lumotlar o’zbek o’qituvchilaridan intervyu orqali 
yig’ilgan. Ularning barchasiga bir xil savollar berildi va har 
biri o’zining tajribasidan kelib chiqib fikrlar bildirdi. 
c) O’qituvchilardan intervyular 
10 ta o’qituvchilar va 10 ta o’rta maktablar bilan 
suhbat o’tkazildi. Suhbat davomida o’qituvchilar dars 
jarayonida qanday metodlar orqali dars o’tishlari hamda 
o’quvchilari qanday qiyinchiliklarni boshidan o’tkazishi 
haqida gapirib berishdi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling