O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


LEXICAL AND PHRASEOLOGICAL UNITS NOMINATING THE PROCESS OF INSULT (UZBEK LANGUAGE)


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

 
LEXICAL AND PHRASEOLOGICAL UNITS NOMINATING THE PROCESS OF INSULT (UZBEK LANGUAGE) 
Annotation 
This article is about the lexical and phraseological units denoting the process of insult in the Uzbek language and their semantic 
analyses. The analysed texts are extracted from fiction. 
Key words: Concept, insult, nominative field, lexical unit, phraseological unit. 
 
Kirish. Nutq jarayoni lingvistik ongda aks ettirilgan 
tayyor lisoniy modellarga murojaat qilishni anglatadi. 
So‘zlovchi o‘zining har bir nutq harakatidan xabardor bo‘lishi 
kerak, bu qo‘yilgan pragmatik maqsadga erishishga olib 
keladi. Nutqiy vaziyatda murojaat qiluvchining nutqiy xatti-
harakatlarini tartibga soluvchi kommunikativ tamoyillar tizimi 
bo‘lgan til shaxsining kommunikativ kodi ijtimoiy toifadagi 
muloqot normalarining pragmatik maqsadga erishish uchun 
foydalaniladigan 
utilitar 
meʼyorlarga 
muvofiqligiga 
asoslanadi. 
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Haqorat(jinoyat 
huquqida) – shaxsning shaʼni va qadr qimmatini beodoblik 
bilan qasddan tahqirlash[5]. Haqorat tajovuzkor nutq 
yordamida tinglovchining ruhiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatish, 
uning ijtimoiy mavqeini pasaytirishga qaratilgan nutq 
harakatidir. So‘zning taʼsir kuchi gapiruvchi tomonidan 
oldindan belgilab olinadi. Haqorat qilingan taqdirda, yaʼni 
kamsituvchi nutqning og‘zaki bayonidan so‘ng, so‘zlovchi va 
tinglovchi o‘rtasida kommunikativ aloqa o‘rnatiladi, ular 
ongida haqorat to‘g‘risida mushohada yuritiladi. Til turli 
diskurslarda o‘rganiladi. Rus olimi G. V. Kusov diskursiv 
faoliyat turlariga ko‘ra “haqorat” tushunchasini nutqning 
mifologik, 
diniy 
turi, 
shuningdek, 
kundalik hayotda 
ishlatiladigan turlariga bo‘ladi[1]. 
Tadqiqot metodologiyasi. Haqorat tushunchasini 
tadqiq etishda Z. D. Popova va I. А. Sterninlar tomonidan 
taklif etilgan kontseptning nominativ maydonini aniqlashdan 
boshlaymiz
[2]
.
Mazkur usul bo‘yicha, avvalo, tadqiqodchi 
o‘rganilayotgan kontseptning maʼnosini kengroq ochib 
beradigan, nutqda ko‘p qo‘llaniladigan, ko‘p maʼnoli va 
stilistik jihatdan neytral bo‘lgan leksik birlikni, yaʼni 
nominativ maydonning kalit so‘zini tanlab olishi kerak. 
Tadqiqotimizning obyekti bo‘lgan haqorat kontsepti nominativ 
maydonining kalit so‘zi bu – o‘zbek tilida “haqorat” 
hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli va frazeologik lug‘atlarini 
tahlil qilish natijasida o‘zbek tilining leksik va frazeologik 
tizimida haqorat jarayonini nomlaydigan birliklar to‘plami 
aniqlandi. Dastlab, lug‘aviy izohi tarkibida “haqorat” 
metabirligi mavjud bo‘lgan, ushbu so‘zga maʼnodosh bo‘lgan 
til birliklari tanlab olindi. O‘zbek tilida “haqorat” semantik 
doirasi bu so‘zning sinonimik qatori, hamda haqoratni 
anglatadigan so‘zlar bilan aniqlanadi. Bunday so‘zlarni esa 
so‘zning maʼno komponentlarini tahlil qilish orqali aniqlash 
mumkin. So‘z maʼnosi rus tilshunos olimi I. А. Sternin 
tomonidan ishlab chiqilgan metodika orqali quyidagicha tahlil 
qilinadi: 
1.Sinonimlar lug‘ati va izohli lug‘atdan foydalanib, 
maʼno jihatdan yaqin so‘zlar guruhini aniqlash. 
2.Tahlil qilinayotgan har bir so‘zning taʼrifini izohli 
lug‘atdan topib, undagi alohida semalarni ajratib ko‘rsatish. 
3.Tahlil qilingan so‘zlarda uchraydigan semalarning 
umumiy ro‘yxatini tuzish. 
4.Har bir tahlil qilingan maʼnoda semalar mavjudligini 
“+” belgisi bilan belgilash. 
5.Maʼnoning chegaralanishini tekshirish. 
6.Аgar kerak bo‘lsa jadvalga qo‘shimcha semalar 
qo‘shish va funktsional semalar tahliliga murojaat qilish[3]. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling