O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Tahlil va natijalar. Sotsiolingvistikada ijtimoiy 
kodlashish deganda ma’lum mazmunga ega bo‘lgan lisoniy 
hodisalarga tartibli ravishda (umumtomonidan qo‘llanilishi va 
tatbiq etilishi) lisoniy belgi berilishi [6], muayyan lingvistik 
belgini ma’lum ko‘rinishda ijtimoiy kelishuv asosida qabul 
qilinishi va ma’lum madaniy muhitda amalda qo‘llanilishi 
tushunilar ekan [1], maishiy nutqiy janrlarning ijtimoiy 
kodlashish va standartlashuvi ham o‘ziga xos tarzda amalga 
oshadi. Maishiy nutqiy janrlarning ijtimoiy standartlashuv 
jarayonida maishiy nutqiy janrlarga xos qoidalar ma’lum 
ijtimoiy jamiyat tomonidan qabul qilinadi va mana shu 
qoidalar asosida maishiy nutqiy janrlarning standart shakli 
jamoa orasida tarqaladi va jamoa tomonidan ma’qullansagina, 
kommunikativ munosabatga kirishsagina, maishiy nutqiy janr 
ijtimoiy standartlashgan bo‘ladi. Masalan, afroamerika 
ijtimoiy jamiyatida mavjud “dozens” nutqiy janri o‘zbek 
sosiumida hech qachon ommalashmaydi, chunki o‘zbek 
jamiyatida jamiyat a’zolari guvohligida kishilarni haqoratlash 
odati mavjud emas. Vaholanki, afroamerikaliklar jamiyatida 
ushbu janr mazmunan haqoratlash musobaqasidir. Demak, 
maishiy nutqiy janrlarning lingvistik shakllari ijtimoiy jamiyat 
guruhlari tomonidan o‘z ijtimoiy me’yorlariga muvofiq kelsa 
va ma’qullansagina jamiyat kishilari nutqida qo‘llaniladi. 
Ijtimoiy qoidalar asosida shakllangan nutqiy janrlar jamoa 
tomonidan qabul qilingan ijtimoiy tartibga moslashsagina 
ijtimoiy jihatdan kodlanishi mumkin. 
Shuni aytish kerakki, maishiy nutqiy janrlarning 
verbal/noverbal vositalari va lingvistik atributlarida ijtimoiy 
kodlashuv jarayonlari o‘ziga xos kechadi. Maishiy nuqiy 
janrlarning verbal vositalarining ijtimoiy kodlashuvi matniy 
kompozision kodlashuvni, noverbal vositalari kodlashuvi 
paralingvistik, kinetik kabi noverbal vositalar kodlashuvini, 
lingvistik atributlar kodlashuvi esa predmet, narsa buyum, 
voqea hodisalarning ijtimoiy kodlashuvini nazarda tutadi. 
Masalan, Men tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman gapi 
ingliz 
lingvomadaniyatida 
ijtimoiy 
jihatdan 
matniy 
kompozision kodlashgan, sovg‘aning mavjudligi lingvistik 
atribut kodlashuvini, qadah ko‘tarish esa noverbal vositalar 
qodlashuvini anglatadi. Men tug‘ilgan kuningiz bilan 
tabriklayman gapi esa o‘zbek lingvomadaniyatida matniy 
kompozision jihatdan duo nutqiy janrlarining qo‘shilishi bilan 
ijtimoiy kodlashadi va Men tug‘ilgan kuningiz bilan 
tabriklayman, ilohim umringiz uzoq, rizqingiz ulug‘ bo‘lsin 
shaklida tuziladi. Demak, ikki lingvomadaniyatda ushbu 
janrlarning matniy kodlashuvi ikki sotsium madaniyatlariga 
xos shaklda tuziladi.
Maishiy 
nutqiy 
janrlarning 
verbal/noverbal 
va 
lingvistik atributlari halqning tafakkur tarziyu milliy yashash 
tarzini, ming yillik an’analarini, bir so‘z bilan aytganda, 
halqning tafakkurini aks etttiradi. Qisqa qilib aytganda, har bir 
odam o‘z tiliga xos bo‘lgan struktura, iboralar va boshqa til 
birliklari modellarini o‘z jamiyatiga xos bo‘lgan shaklda ifoda 
qiladi. Maishiy nutqiy janrlar matni va noverbal vositalarining 
ritorik qurilishi asosida turgan mantiqiy ketma ket joylashgan 
qismlar milliy tafakkur jarayonida hosil bo‘lganligi sababli 
millatlararo farqlarga ega. Masalan, xatning oxirgi qismida 
Your Cincerely iborasining ishlatilish ingliz halqida keng 
tarqalganligi, o‘zbek xalqida esa bu qismning mavjud emasligi 
xat nutqiy janrining o‘ziga xos sotsial xususiyatlarini 
ko‘rsatadi. Demak, maishiy nutqiy janrlar qaysi tilda 
ifodalanishidan qat’iy nazar umumjamiyat qabul qilgan 
shaklda tuziladi. Xullas, maishiy nutqiy janrlar muayyan 
millat to‘plagan tajriba, bilim va madaniyati, ushbu millatning 
milliy mentalitetiga oid etnomadaniy axborot to‘planishi 
natijasida hosil bo‘ladigan hodisadir.
Maishiy nutqiy janrlarning har bir turi o‘ziga xos 
mustaqil nutqiy janr sifatida tashkiliy shakliy kompozision va 
matniy kompozision tuzilishga ega bo‘ladi. Maishiy nutqiy 
janrlarning 
tashkiliy 
shakliy 
kompozision 
tuzilishida 
verbal/noverbal vositalar va lisoniy atributlar muhim ahamiyat 
kasb etadi va bular yordamida ushbu nutqiy janrda faol 
ishtirok etuvchi nutqiy aktlarni aniqlash va ushbu nutqiy 
janrlarning 
marosimiylik 
xususiyatlariga 
tavsif 
berish 
imkoniyati tug‘iladi. Masalan, to‘y marosimiga oid maishiy 
nutqiy janrlarda marosimni ochib berish, so‘zga taklif qilish, 
tabriklash, nikoh marosimi, tabriklash, qadah ko‘tarish va 
hokazolar ketma-ketligi maishiy nutqiy janrlarning tashkiliy 
shakliy kompozision tuzilishini tashkil qiladi va bunda turli xil 
nutqiy aktlar ketma-ketligi kuzatiladi. Ko‘rinadiki, to‘y 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling