O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 334 - kommunikativ muvaffaqqiyatsizlikka duch kelinishi turgan gap. Bunday farqlarni inobatga olib gaplashish turli madaniyatli halqlar o‘rtasidagi turli tushunmovchiliklarni oldini oladi. Shu nuqtai nazardan nutqiy janrlar sotsiolingvistikasi tadqiqi nutqiy janrlar vositasida tilning ijtimoiy omillari majmuini o‘rganishni nazarda tutar ekan, nutqiy janrlar nutqiy kommunikasiya turlarida turkum xususiyatlarni o‘zida jamlaydi. Nutqiy janrlar nutqiy kommunikasiya jarayonida o‘ziga xos yaxlit, butun lingvistik shaklda namoyon bo‘ladi. Kommunikasiya jarayonida nutqiy janrlarning muayyan nutqiy maqsad, kompozitsiya, uslubiy xoslanish orqali verbal, noverbal vositalar, lingvistik atributlar yordamida til tizimida nutqiy butunlik hosil qilishi nutqiy janrlar xilma-xilligi, turlarini keltirib chiqaradi. Nutqiy janrlar tizimi keng qamrovli bo‘lib, uning turlari juda ko‘p. Masalan, jamiyatning ijtimoiy sohalariga oid nutqiy janrlar, ta’limga oid nutqiy janrlar, ilm- fanga oid nutqiy janrlar (maqola, dissertasiya), tijoratga oid nutqiy janrlar (biznesga nutqiy janrlar), turizmga oid nutqiy janrlar. Ayniqsa, kommunikativ muloqot turlarining xilma xilligi nutqiy janrlar xilma xilligining asosidir. Masalan, rasmiy muloqot rasmiy nutqiy janrlarni, publisistik muloqot publitsistik nutqiy janrlarni, maishiy muloqot esa maishiy muloqot nutqiy janrlarini o‘ziga xosligini belgilaydi. Nutqiy janrlarning so‘zlashuv nutqiga xoslangan, maishiy hayotda ko‘p qo‘llaniluvchi, kishilarning kundalik so‘zlashuv xususiyatlari, mavzulari, qiziqishlari, an’analarini o‘zida namoyon etuvchi maishiy nutqiy janrlar til tizimida muayyan o‘rin egallaydi. Kishilik jamiyatidan kundalik maishiy muloqotlari jarayonida amalda bo‘lgan maishiy nutqiy janrlarning bizning zamonamizga oid shakllari asrlar osha xalqning tarixiy va falsafiy qarashlarni o‘zida aks ettiradi. Shunday ekan, har bir maishiy nutqiy janrning zamonaviy shakli va uning kelib chiqish tarixini o‘rganish tarixiy va zamonaviy qarashlarni qiyoslash imkonini beradi. Shu nuqtai-nazardan maishiy nutqiy janrlar o‘zida xalqning maishiy hayoti bilan bog‘liq tarixiy va zamonaviy qarashlarini, an’analarini aks ettiruvchi nutqiy janrlar turkumi sanaladi. Maishiy nutqiy janrlar maishiy muloqot davomida hosil bo‘lganligi sababli maishiy muloqotga oid barcha til qonuniyatlari va xususiyatlarini o‘zida saqlaydi. Izohli lug‘atlarda maishiy hayot so‘zi bu maishiy tirikchilik, kundalik yashashga oid kabi ma’nolarni anglatadi. Maishiy arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, hayotiy, hayot, turmushga oid ma’nosini anglatadi [13]. Maishatga, tirikchilikka oid demakdir. Maishat – 1.Kundalik tirikchilik, yashash. 2.kayf-safo, aysh ishrat. Shuni aytish kerakki, maishiy hayot tushunchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuqori darajada rasmiy, qonuniy va xuquqiy jihatlarini o‘zida ifodalamaydi. Shuning uchun ham maishiy hayotning ijtimoiy, ya’ni jamoaviy xususiyatlarini maishiy nutqiy janrlarning asosiy tamoyili sifatida belgilash mumkin. Maishiy hayotda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yuzaga keltirishda ishtirok etuvchi nutqiy janrlar til tizimida muayyan o‘rinni egallaydi. Maishiy nutqiy janrlarning ijtimoiyligi ushbu janrlar insonlarda tug‘ma irsiy bo‘lmay, muayyan jamiyatda muayyan qoidalar asosida shakllanishidan darak beradi. Uning shakllanishi va amalda bo‘lishi o‘sha jamiyat qonunlariga bo‘ysunadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling