O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1480681
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
УзМУ мақола 2023

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/3/1]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/3/1 2023 
- 207 -
2. Tushuntira olish qobiliyati; 
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati; 
4. Nutq qobiliyati; 
5. Tashkilotchilik qobiliyati; 
6. Toʼgʼri muomala qila olish qobiliyati; 
7. Kelajakni koʼra bilish qobiliyati; 
8. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati va boshqalar.
Yuqoridagi keltirilgan tasniflardan shu narsa maʼlumki, 
pedagogik faoliyat nafaqat, fanga oid bilim va koʼnikmalarni 
oʼzlashtirish shuningdek, inson shaxsiga xos koʼplab 
psixologik bilimlar tizimini oʼrganishni ham nazarda tutadi. 
Zamonaviy pedagogik psixologiya fanida “mustaqil ishlash 
faoliyati” tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan aniq ilmiy 
taʼriflanib, u quyidagicha izohlanadi. 
– “Mustaqillik” – qoʼp qirrali pedagogik va psixologik 
jarayon boʼlib, u oddiy fenomen tushuncha emas balki, 
shaxsning yuqori fikrlovchi, sifatli aniq talabli taʼlim olish 
faoliyati sanaladi. Yaʼni taʼlim oluvchi aniq maqsad asosida 
oʼquv vaziyatida hech bir kishining yordamisiz maqsadga 
erishishi hisoblanadi;
– “Oʼzini oʼzi faollashtirish” – subʼektiv holat boʼlib, u 
shaxsiy, individual faoliyat olib borish shuningdek, oliy 
maqsad qoʼyish, maʼnaviy ehtiyojlarni qondirish, imkoniyat 
motivlarini ishga solish holatlari bilan izohlanadi;
– “Oʼz-oʼzini faollashtirish” – bu shaxsning subʼektiv 
faoliyatidagi ichki motivlari kurashi bilan izohlanib, u orqali 
bilish jarayonlari faolligi yanada ortadi; 
– 
“Oʼz-oʼzini 
tashkillashtirish” 
– 
bilimlarni 
egallashdagi shaxsning aqliy imkoniyatida paydo boʼlib, u 
oʼquvchining muammo oldidagi aqliy, intellektual, emotsional 
imkoniyatlari shuningdek, muammoni hal qilishdagi idrok 
kuchi va maqsadlarni aniqlash chegarasi bilan izohlanadi;
– “Oʼzini oʼzi boshqarish” – faoliyatni boshlashdagi 
psixologik taʼminlanganlik yoki bilim va koʼnikmalar haqidagi 
dastlabki firklar. Ushbu holat orqali oʼquvchi vazifalarni 
bajarishda jarayonlarni mustaqil boshqarib boradi;
– “Oʼzini oʼzi nazorat qilish” – bajarilayotgan 
faoliyatning eng asosiy tarkibiy qismi boʼlib, bunda bajarilgan 
va oʼzlashtirilgan bilim orqali shaxs darajasi aniqlanadi. 
Mazkur tasniflardan maʼlum boʼladiki, mustaqil 
ishlash faoliyati har bir pedagoglar uchun samarali bilim olish 
faoliyati boʼlib, u shaxsning aqliy, intellektual, emotsional, 
yuqori maqsadli subʼektiv kechinmalari rivojlanishining 
pedagogik qonuniyatlaridan sanaladi. Qoidaga muvofiq
boʼlajak oʼqituvchilarda oʼz ustida mustaqil ishlash malakalari 
hamda ijodkorlik xususiyatlarini shakllantirish avvalambor, 
guruhiy ishlar, individual vazifalar va mashgʼulotlar, uy 
sharoitida bajariladigan vazifalar orqali shakllantiriladi. Ushbu 
koʼnikmalarni shakllantirish ayrim tadqiqotchilarning taklifiga 
koʼra, quyidagicha amalga oshiriladi: 
– Vazifalarda aniq vaqtning belgilanganligi; 
– Oʼqituvchi tomonidan berilgan aniq vazifa ( guruhiy, 
individual); 
– Vazifani bajarishda oʼqituvchining ishtirok etmasligi; 
– Maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirishda 
talabalarning aqliy, jismoniy say-harakatlari; 
– Ish natijasi va hokazo.
Oʼqituvchi oʼz-oʼzini tarbiyalashi uchun, avvalo oʼzini 
atroflicha chuqur oʼrganishi, oʼz ishidagi yutuk va 
kamchiliklarni koʼra olishi kerak. Oʼz-oʼzni oʼrganish va 
boshka kishini anglash uchun xam zarurdir. Boshka yutuklarni 
oʼrganmay, oʼzini boshkalar bilan qiyos qilmay turib, oʼzini 
shaxs sifatida oʼrganish mumkin emas. Oʼzini anglash, oʼzini 
baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat 
protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. 
Quyidagi jadvalda talabalarning oʼz-oʼzini baholashi va oʼz-
oʼziga munosabatini oʼrganish soʼrovnomalari boʼyicha 
olingan natijalari keltirilgan. 
1-jadval 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling