O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
УзМУ мақола 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROFESSIONAL PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS SPECIFIC TO TEACHERS ACTIVITY
- Key words
Ключевые слова: учитель, образование, педагогическая деятельность, толерантность, эмпатическая способность,
мотивы успеха, знания, умени. PROFESSIONAL PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS SPECIFIC TO TEACHER'S ACTIVITY Annotation The article is devoted to the socio-psychological aspects of the development of the ability for self-development in future teachers. The article also discusses issues such as psychological foundations, socio-psychological determinants, professional motivations formed by teachers, tolerance and empathic abilities that affect the ability to work on oneself in pedagogical activity. Key words: teacher, education, pedagogical activity, tolerance, empathic ability, motives of success, knowledge, skills. Boʼlajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligiga nazariy, amaliy, metodik yondashish hamda maxsus tayyorlashning shartlari va uning metodikalarini takomillashtirish, boʼlajak pedagog xodimlarning muvaffaqqiyati uchun zarur boʼladigan kasbiy bilim, koʼnikma va malakalar, mustaqil ishlay olish qobiliyati kabilarni aniqlash masalalari aytarlicha tadqiq etilmagan. Shu bois, muvaffaqqiyatli, ijodkor oʼqituvchilarga xos oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash va uni baholash ilmiy ahamiyat kasb etib, psixologik bilimlar tizimini modernizatsiyalash, uni jamiyat talablariga integratsiyalash, shuningdek, oʼz ustida ishlash qobiliyatini tarbiyalashning psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etishga qaratilgan yangi psixodiagnostik metodikalarni joriy etish, ilm– fan taraqqiyotida talaba yoshlar faolligini oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi, ilgʼor innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda, jumladan 2022 yil 11 maydagi PF-134-son “2022- 2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Farmonlariga binoan boʼlgʼusi pedagoglarning oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etish ishlarida avvalo, ilgʼor psixodiagnostik metodikalar va savolnomalarning rolini oshirish, muammoga oid metodik taʼminotni modernizatsiyalash, yangi innovatsion yondashuvlarga asoslangan mahalliy metodikalar va shaxs soʼrovnomalarini joriy etish va uni yangi sifat darajasiga koʼtarishni talab etmoqda. Tadqiqotchilardan B.I.Sarsenbaeva muvaffaqqiyatli oʼqituvchi faoliyatini tadqiq etar ekan, ularga xos boʼlgan quyidagi kasbiy psixologik xususiyatlarni ajratadi: – Аnalitik va konstruktiv fikrlash usuli; – Hissiy va ixtiyoriy barqarorlik; – Stressga chidamlilik va ekstremal sharoitlar va harbiy xizmat sharoitlariga tez moslashish; – Hamdardlik va tolerantlilik; – Psixofiziologik xususiyatlar; –Аkademik qobiliyatga ega boʼlish yaʼni boshqa sohalarga oid bilimlardan umumiy xabardorlik; – Oʼquvchilarni sevish va hurmat qilish; – Yuqori darajadagi pedagogik eʼtiqod (mutaxassislarni tayyorlashdagi fidoiylik); – Mafkuraviy, siyosiy, axloqiy va intellektual fazilatlar uygʼunligi va hokazo. Yuqoridagi tasniflardan oʼlaroq, boʼlajak oʼqituvchilarning shaxsiy hayot yoʼli va kasbiy faoliyatining individual uslubi masalalari T.B.Maksimova tomonidan ham keng tadqiq etilgan. Muallifning fikricha, oʼqituvchi shaxsidagi oʼzini oʼzi yaratish va oʼzini oʼzi tarbiyalash koʼnikmasi, keyinchalik unda ijodkorlik sifatlarining oʼsishiga keng imkon beradi. Darhaqiqat, oʼqituvchi shaxsidagi ijodkorlik xususiyati bu taʼlim – tarbiya jarayonida muvaffaqqiyatni, samaradorlikni taʼminlovchi asosiy psixologik mezonlardan biri sanaladi. P.V.Kondratevga koʼra, umumoʼrta taʼlim maktablarining boʼlajak oʼqituvchilari oʼzlarida quyidagi kasbiy qobiliyatlarni shakllantira olgan boʼlishlari kerak: 1. Bilish qobiliyati; Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling