O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Oʼz-oʼzini baholash va oʼz-oʼziga munosabati soʼrovnomalari umumiy oʼrtacha koʼrsatkichlari (Xi-kvadrat-mezoni
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
УзМУ мақола 2023
Oʼz-oʼzini baholash va oʼz-oʼziga munosabati soʼrovnomalari umumiy oʼrtacha koʼrsatkichlari (Xi-kvadrat-mezoni
boʼyicha) Shkalalar M (n=100) Xi-kvadrat-stasistika (p≤0,05);(p≤0,01) Sog’lik 86 0,95*** Intelekt 75 0,70** O’z-o’ziga ishonch 66 0,43 O’-o’zini idora qilish 5 0,31 O’z-o’ziga munosabatning aks etishi 6 0,33 O’z-o’zini tarbilash 8 0,53* O’z-o’zini qabul qilish 10 0,73** Tadqiqotdan olingan natijalar oʼz ustida ishlash faoliyatini tadqiq etishga moʼljallangan boʼlib, olingan natijalar Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil oluvchi talabalarda birinchi shkala boʼyicha yaʼni sogʼlik 86 faktori bilan alohida xarakterlangan. Bundan koʼrinadiki, talabalarda sogʼlik shkalasi standart bal koʼrsatkichi boʼyicha yuqori ekanligini namoyon qilgan. Sogʼlik shkalasi shaxs shkallanishida turli hil ogʼishlarning mavjud emasligidan dalolat beradi. Keyingi shkala intellekt boʼyicha 75 miqdor bilan yuqori koʼrsatkichni namoyon qilgan. Intellekt shkalasining yuqoriligi talabalarda shaxslilik sifatlarining yetukligini bildiradi. Talabalarda oʼz-oʼziga ishonch shkalasi boʼyicha koʼrsatkich 66 daraja bilan oʼzaro farqlangan. Bu koʼrsatkich standart bal boʼyicha oʼrtacha ekanligini bildiradi. Bu esa, ularda oʼz-oʼziga ortiqcha baho bermasligi, oʼz faoliyatini toʼgʼri baholay olgani, oʼzini boshqalar bilan solishtirmasligi, oʼziniing xatolarini tushunib etishi, atrofdagilarning tanbehlari va baholarini oʼziga olmasliklari bilan izohlanadi. Keyingi shkala oʼz-oʼzini idora qilish boʼyicha koʼrsatkich oʼrtacha farqni tashkil qilgan. Bu qiymatlar oʼzini shaxsiy kamolotining asosiy manbai, yutuq va muvaffaqiyatlarining regulyatori deb hisoblagan shaxslar uchun xos. Bunday inson oʼz «Men» ini asosiy ichki tayanch sifatida baholaydi. «Men» uning butun faolligini muvofiqlashtiradi va unga yoʼnalish beradi, odamlar bilan munosabati va xulq-atvorini shakllantiradi, oʼzining faoliyati hamda tevarak-atrofidagilari bilan muloqoti jarayonida yuzaga keladigan oqibatlarni tashxis qilishga imkon beradi. U oʼzining tashqi taʼsirlarga qarshilik koʼrsatishga, taqdiri va voqealar stixiyasiga qarshi turishga qodir ekanini his etadi. Bunday insonlar oʼzining emotsional munosabatlari va kechinmalarini nazorat qila oladilar. Oʼz-oʼziga munosabatning aks etishi shkalasi talabalarda oʼrtacha qiymatni namoyon qilgan. Shaxsning atrofidagilari unga ijobiy munosabatda ekanligini bildiradi. U oʼzini boshqalarning yoqtirishini, shaxsiy va maʼnaviy sifatlari, xatti-harakati va amaga oshirgan ishlari, axloqiy meʼyor va qoidalarga amal qilganini qadrlashini his etadi. Bunday shaxslar muloqotmand, koʼngli ochiq, ish bilan bogʼliq va shaxsiy munosabatlarda kirishimlidir. Keyingi shkala oʼz-oʼzini tarbiyalash talabalarda oʼrtachadan yuqori qiymatni tashkil etgan. Talabalarda bu shkala oʼz maʼnaviy imkoniyatini yuqori baholashini, ichki olami boy ekanini, oʼzini individual sifatida qabul qilishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling