O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
УзМУ мақола 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Oʼz ustida ishlash darajasi soʼrovnomalarining gistogramma koʼrsatkichlari
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA 1/3/1 2023 - 208 - moyilligini, oʼzining betakrorligini yuqori darajada qadrlashini bildiradi. Oʼziga boʼlgan ishonchi muhit taʼsiriga qarshilik koʼrsatishiga, oʼz shaʼniga aytilgan tanqidiy fikrlarni oqilona tarzda qabul qilishga yordam beradi. Oxirgi shkala oʼz-oʼzini qabul qilish koʼrsatkichi talabalarda yuqori darajani namoyon qilgan. Shaxsning oʼz «Men» ini har tomonlama qabul qilishga moyilligini, xulq-atvorini toʼla eʼtirof etishini xarakterlaydi. Umumiy holda, u oʼzini ijobiy baholaydi, oʼz-oʼziga samimiy, barcha insoniy sifatlarini qadrlaydi. Oʼzining kamchiliklarini bartaraf etishga intiladi. Omadsizlik va nizoli vaziyatlar uning uchun oʼzini yomon inson hisoblashga asos boʼla olmaydi. 2-jadval Oʼz ustida ishlash darajasi soʼrovnomalarining gistogramma koʼrsatkichlari Umumoʼrta taʼlim maktablari boʼlgʼusi pedagoglarida oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʼrsatadiki, oliy taʼlim muassasalarining talabalarida shaxs initilish darajasi, oʼz-oʼziga baho, oʼz-oʼziga munosabat va oʼz xulq-atvorini tartibga solish kabi soʼrovnomalarning talabalar faoliyati uchun eng zarur boʼlgan faktorlar gistogramma orqali namoyon boʼlganligini koʼrish mumkin. Talabalarda oʼz ustida ishlash faoliyaini belgilab bergan omillar yuqori darajada: mustaqillik, sogʼlik, intellekt, oʼz-oʼzini boshqarishning umumiy darajasi, oʼz imkoniyatlarining bahosi, oʼz-oʼziga ishonch, natijalarning kutilganlik darajasi va oʼz-oʼzini tarbiyalash kabilar beligilab bergan. Past darajada aniqlangan psixologik omillar: irodaviy quvvat, oʼz-oʼzini idora qilish, rejalashtirish, natijalarni baholash, ichki motiv, qochish motivi, oʼz-oʼzini idora qilish, oʼz-oʼzini qabul qilish va oʼz-oʼziga munosabatning aks etishi kabilar tashkil qilgan. Demak, umumoʼrta taʼlim maktabi boʼlajak pedagoglarida oʼz ustida ishlashni rivojlantirish va tarbiyalashda oʼz-oʼzini baholash, oʼz-oʼziga boʼlgan munosabati va oʼz xulq-atvorini tartibga solishi kabi ijtimoiy- psixologik omillarning shakllanganlik darajasiga ham eʼtibor qaratish zarur. Boʼlajak maktab pedagoglarida oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalash jarayoniga yuqori bosqich talabalarining motivatsion intilish darajasi va oʼz-oʼzini baholashlari bevosita taʼsir koʼrsatishi mumkin. Bu esa, boʼlajak pedagoglarning taʼlim jarayonida oʼzlashtirgan bilim- koʼnikmalari bilan izohlanadi. Boʼlgʼusi maktab pedagoglarida oʼz ustida ishlashni takomillashtirish uchun oliy taʼlim jarayonida oʼqitiladigan fanlar bilan birgalikda, ichki motivlarning ustunligi, irodaviy quvvatni oʼstirish, murakkab topshiriqlarni bajara olish, oʼz- oʼziga ishonchning mavjudligi, oʼzini-oʼzi idora qilishi, kutilgan natijalarga erisha olish va oʼzini-oʼzi boshqara olish kabi psixologik omillarning rivojlanishi, kasbiy faoliyatga qadam qoʼyganda yangi pedagogik jamoani tushunishi va anglashi osonlik bilan kechishini taʼminlaydi. Boʼlgʼusi maktab pedagoglarida oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishda ichki va tashqi omillarni hisobga olish, oʼz ustida ishlashga samarali taʼsir koʼrsatuvchi psixologik omillarga eʼtibor qaratish, oʼzini-oʼzi rivojlantirish, oʼzini-oʼzi tarbiyalash oʼrtasidagi aloqalarning mavjud sharoitlari va tizimli oʼzlashtirilgan malaka-koʼnikmalarning psixologik jihatdan shakllanishi oʼzaro ijobiy ravishda taʼsir koʼrsatadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling