O’zr fa biokimyo instituti biofizika bo’limiga B. O. Toshmuhamedov rahbarlik


Download 336.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi336.73 Kb.
#1534531
1   2   3
Biologik oksidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb - to‘qimalarda organik moddalarni 
kislorod ishtirokida parachalanishi va karbonat angidridini ajralishiga aytiladi. Bunday 
oksidlanish jarayonida energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga ko‘ra ekzoergonik jarayon 
xisoblanadi. O‘z moxiyatiga ko‘ra biologik oksidlanish va yonish bir xil jarayondir, chunki 
1 molekula glyukozani yonishida xam, oksidlanishida xam karbonat angidridi, suv va 
2780kDj/mol (686 kkal) energiya ajralib chiqadi: Yonishdan farqli past haroratda kechadi, 
alangasiz va suv ishtirokida. 1. Biologik oksidlanish yumshoq sharoitda (tana harorati, 
doimiy bosim va pH) sodir bo'ladi. 2. Biologik oksidlanish jarayonida energiya bosqichma-
bosqich ajralib chiqadi va uning bir qismi yuqori energiyali birikmalarda to'planadi; yonish 
paytida energiya darhol ajralib chiqadi va issiqlik shaklida tarqaladi. 3. Biologik oksidlanish 
suv miqdori yuqori bo'lgan organ va to'qimalarda intensivroq bo'ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


EKG. Yurak faoliyati vaqtida uning qo'zgalgan qismi qo'zgalmagan qismiga nisbatan 
manfiy zaryadlanadi. Bu qismlar o'rtasida yuzaga kelgan potentsiallar ayirmasi, yani 
yurakning harakat toki tana yuzasi bo'ylab tarqaladi, uni elektrokardiograf apparatida yozib 
olish mumkin. Bu usul elektrokardiografiya deyilib, `yozib olingan egri chiziq 
eletrokardiogramma (EKG) deb ataladi. Yurakning funktsional harakatini aniqlashda 
elektrkardiografiya muhim rol o’ynaydi. Elekrtkardiograflar asosan qo’yidagi qismlardan 
tuzilgan: 1) kuchlanishni oshirgich; 2) oshirilgan kuchlanishni o’lchovchi asbob; 3) qog’oz 
lentani suradigan tortuvchi mexanizm; 4) ulanishni o’zgartiruvchi va kuchlanishni 
ko’rsatuvchi qismlar. Elektrografda yozib olingan EKG vaqt birligi ichida miokardning 
qo’zg’algan qismlaridagi potentsiallar farqining o’zgarishiga mos bo’ladi. EKGni yozib 
olishda asosan standart ulash qo’llaniladi, ya’ni elektrodlar quyidagi usulda ulanadi: 1) o’ng 
va chap qo’lga; 2) o’ng va chap oyoqqa; 3) chap qo’l va chap oyoqqa. Normada EKG (20-
rasm) qator tishlardan va ular o’rtasidagi tashkil topadi. EKGni analiz qilishda tishlarning 
balandligiga, davom etish vaqtiga yo’nalishiga (shakliga va ularning kompleksiga) e’tibor 
berish kerak. Elektirokardiogrammada izolinuya(o’rtadagi chiziq) dan yuqoridagi tishlar 
musbat, pasdagilari manfiy tishlar deb yuritiladi. R – tishi musbat bo’lib, yurak 
bo’linmalaridan qo’zg’alishi aks ettiradi. Uning balandligi normada 1-2mm bo’lib davom 
etishi 0,08-0,1 sekundga teng. Q – tishi manfiy bo’lib, yurak qorinchalarining icgki 
yuzasidan, o’ng so’rg’ichsimon muskul va o’ng qorinchaning asosidagi qo’zg’alishni aks 
ettiradi. Uning balandligi 2-3sm, davom etish vaqti 0,03sekund bo’ladi.R – tishi musbat 
bo’lib , qo’zg’alishning o’ng va chap qorincalar yuzasi bo’ylab, chap qorinchaning asosi 
tomon tarqalishini aks ettiradi. Uning balandligi 2- ulashda, 10-12mm, 1 va 2 – ulashda bir 
oz kichik bo’ladi. S – tishi manfiy bo’lib, xar ikkala qorinchada qo’zg’alish davri tugashini 
aks ettiradi, balandligi 1 -3mm ga teng T – tishi qorinchalar miokardida qo’zg’alish davri 
tugashini aks ettiradi, balandligi 1,5-5mm bo’lib, 1va2 – ulashda musbat, 3 – ulashda manfiy 
bo’lishi mumkin. P – Q oralig’i bo’lmachalarda qo’zg’alish boshlanib to qorinchalarga 
o’tguncha bo’lgan vaqtda to’g’ri keladi, davom etish vaqti 0.12 – 0,20 sekund. QRS 
kompleksi qorinchalarning miokardi bo’ylab qo’zg’alish o’tishining davom etish vaqti aks 
ettiradi, davom etish vaqti 0,01 – 0,1 sekund.

Download 336.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling