O’zr fa biokimyo instituti biofizika bo’limiga B. O. Toshmuhamedov rahbarlik


Makromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar


Download 336.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi336.73 Kb.
#1534531
1   2   3
Makromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar fazoviy (asosan 
uchlamchi) strukturasining shakllanishi va mazkur struktura barqarorligining
ta’minlanishida nokovalent kuchsiz ta’sirlashishlar ham muhim ahamiyatga ega. Ular 
quyidagilardir: Elektrostatik Ta’sirlashishlar. Oqsil molekulasidagi to’plagan yon guruhlar 
elektrostatik ta’sirlashishlar tufayli tuz ko’priklari hosil qiladi. Neytral rN sharoitida
asparagin, glutamin qismga hamda S-uch aminokislota qoldig`i g`i ulari manfiy, lizin, 
arginin qoldig`i g`i ulari hamda gistizin imidozon halqasi va N-uch aminokislota qoldig`i
uчlari musbat zaryadga ega bo’ladi. Molekula yoki ikkita molekulaning shu xil sohalari 
o’zaro yaqinlashganda, ular o’rtasida elektrostatik ta’sirlashishlar yuzaga keladi. Bu xil 
ta’sirlashish masofadan ta’sirlashishlar jumlasiga mansub bo’lib, uning energiyasi zaryadni 
guruhlar elektr zaryadi, muhit dielektr doimiysi hamda zaryadni guruhlararo masofaga 
bog’liq bo’ladi. Energiyasi 40-400 kDj.mon
-1 
kattaliklari bilan xarakterlanadi. Vander-Vaans 
ta’sirlashishlari, yaqindan ta’sirlashuvchi kuchlar guruhi tashkil etib, dispersion, dipon-
dipon va dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashishlaridan iborat. Dispersion ta’sirlashish, 
neytral guruhlar yoki molekulalar o’rtasida yuzaga keladi. Ta’sirlashish energiyasi 
guruhlarining ionlashish potensiali, qutblanuvchanligi hamda 
ta’sirlashuvchi 
guruhlar 
orasidagi masofaga bog’liq holda 4-40 kDj.mon 
-1
darajasidagi kattaliklar bilan 
xarakterlanadi. Dipon-dipon ta’sirlashish doimiy dipon momentiga ega ikkita qutbni 
guruhlar o’rtasida yuzaga kelib, uning energiyasi guruhlar dipon momenti, muhit dielektr 
doimiysi va ulararo masofaga bog’liq bo’ladi. Dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashish
doimiy dipon guruh bilan dipon bo’lmagan, qutbsiz guruh o’rtasida induksiyalanib yuzaga 
keladi. Energiyasi dipon moment, qutblanuvchanlik, muhit dielektr doimiysi va ulararo 
masofaga bog’liq bo’ladi. So’nggi ikki ta’sirlashishlar energiyasi 0,4-4 kDj.mon
-1
kattaliklari 
bilan xarakterlanadi. Suv strukturasi va gidrob ta’sirlashishlar. Suv molekulasidagi 
kislorodning kovalent bog’lar hosil qilishda ishtirok etmaydigan ikki juft elektrollari cho’ziq
orbitallarda joylashib, molekulaning o’sha tomonida manfiylik namoyon qiladi. 
Molekulaning kislorodga kovalent bog’langan vodorod atomlari tomonida esa musbatlik 
namoyon bo’ladi. Bunday hol suyuq suvda, suv molekulalari o’rtasida vodorod bog’larining 
shakllanishiga imkon yaratadi va shu asosda suv molekulalari o’zaro vodorod bog’lari 
vositasida kлasterlar  (to’r) hosil qiladi. Kлasterlar asosida suvning uch o’lchovni fazoviy 
(muz) strukturasi shakllanadi. Bunday struktura asosida tetraedr etib, u jami besh (bitta 
markaziy, to’rtta periferik) molekuladan tashkil topadi. Markaziy molekula atrofiga to’rtta 
molekula bilan vodorod bog’lari orqali bog’lanadi. Odatdagi (20
o
S) haroratda suv 
molekulalarining taxminan 70% klasterlarga bog’langan, qolgan 30% esa erkin holatda 
bo’ladi. Demak, suyuq suv tartiblangan strukturaga ega. Suvda unda erimaydigan organik 
(gidrofob) moddalar tushirilganda, suvning strukturalanganligi yanada oshadi. Bunday hol, 
o’z navbatida, suvning gidrofob modda molekulalariga ko’rsatadigan siqib chiqarish ta’sirini 
kuchaytiradi. Shu tarzda gidrofob Ta’sirlashish yuza keladi. Gidrofob ta’sirlashishlar, 
kuchsiz ta’sirlar bilan bir qatorda, polimer zanjiri uchlamchi strukturasining shakllanishida 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. 


OQR. Shunga binoan, oksidlovchi-bu kislorod singari, o'ziga elektron birlashtirib 
oluvchi birikma (elektron aktseptori) bo'lsa, qaytaruvchi esa, vodorod singari, o'zidan 
elektron ajratadigan (elektron donari) birikmadir. Elektron qabul qilish va elektron ajratish 
har doim bir vaqtda ro'y beradigan bo'lgani uchun, elektronlarning molekulalararo 
tashilshini oksidlanish-qaytarilish jarayoni deb ataladi. Oksidlovchi bilan qaytariluvchiaro 
elektronlar va vodorod ionlarining tashilish tezliklari vaqt davomida o'zgarmas bo'lib 
qoladigan paytda dinamik muvozanat kelib chiqadi. Tashilish tezligi sekiilashganda 
muvozanat qaytarilgan birikmaning yig‟ilishi tomon surilsa, tezlik oshganda muvozanat
oksidlangan birikmalar to'planishi tomon siljiydi. Odatda, muvozanatning siljishi, boshqacha 
aytganda, oksidlovchi bilan qaytaruvchi formalararo nisbatning o'zgarishi natijasida sistema- 
da mavjud bo'lgan potentsiallar farqi (oksidlanish-qaytarilish potentsiali-redoks potentsial) 
katgayalgi ham o'zgarmaydi. Shu tufayli, redoks potentsial kattaligi berilgan sistamada ro'y 
berayotgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarning xarakteri, yo'nalishi va ularning jadvalligi 
haqida ma'lumot beruvchi manbaga aylanadi. Standart redoks potentsiallar kattaligini 
o'lchashda potentsiometrik titrlash metodidan foydalanadilar. Titrlash paytida, titrlovchi 
eritma kontsentratsiyasining keskin o'zgarishi indikator elektrod potentsialining o'zgarishida 
o'z aksini topadi. Shu asosda, redoks potentsial kattaligining qo'shilayotgan eritma (modda) 
miqdori- ga bo'lgan bog‟liqligi grafik shaklida tasvirlanadi. Hosil qilinadigan egri chiziqdagi 
egilish nuqtalari standart redoks potentsiallar E
1
va E
2
kattaliklari beradi. Sistemaning redoks 
potentsiali indikator va solishtirish (kalomela yoki xlorlangan kumush) elektrodlaridan 
tashkil topgan zanjirning elektr yurituvchi kuchini o'lchash yo'li bilan aniqlanadi. Indikator 
elektrod sifatida ishlatiladigan oltin yoki platina elektrodi oksidlanish ustunlik oladigan 
sistemaga tushirilganda elektron aktseptoriga aylana- di va uning potentsiali oshadi. 
Aksincha, elektron qabul qilish bilan boradigan, qaytarilish jarayoni ustunlik oladigan 
sistemaga tushirilganda esa, mazkur elektrod elektron donariga aylanadi va uning potentsiali 
kamayadi.Ishni bajarish tartibi. Redoksimetrik titrlash ustanovkasi ko'rsatilgandek qilib 
yig‟iladi. Ammo moslamadagi mis elektrod o'rniga xlorlangan kumush elektrodi ulanadi. U-
shaklidagi idishga kaliy xloridning to'yingan eritmasi quyiladi. Indikator elektrod 
tushiriladigan stakanga temir (II) xloridning 0,1 n eritmasidan 10 ml quyilib, uning ustiga 
xlorid kislotasining 2 n eritmasidan 20 ml qo'shiladi va sistemaning redoks (oksidlanish-
qaytarilish) potentsiali o'lchab olinadi. Aralashma byuretkadagi kaliy permanganatning 0,1 
n eritmasi bilan titrlanadi, har galda titratdan 0,1 ml (uch tomchi) tomdiriladi va sistemaning 
redoks potentsiali o'lchab boriladi. Titrlash redoks potentsial kattaligi ma'lum bir mi qdor 
atrofida o'zgarmas bo'lib qolmaguncha davom ettiriladi. Titrlash ma'lumotlari quyidagi 
shaklga ega jadvalga qo'chiriladi, ular asosida radiosimetrik titrlashni aks ettiruvchi grafik 
chiziladi. 

Download 336.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling