O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
O`rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi ( 13-14 javoblar)
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makedoniyalik Aleksandrning istilochiligi.
O`rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi ( 13-14 javoblar)
Makedoniyaning yuksalishi. Miloddan avvalgi IV asrda Filipp II Makedoniya podshosi bo`ldi. U kuchli armiya tuzdi. Mil. avv. 338-yilda Xeroneya yaqinida makedonlar yunonlar qo`shinini tor-mor etib tashladi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo`ladi. Shu yili u 20 yoshga to`lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g`ayriodatiy kuch-g`ayrat va jasorat sohibi bo`lgan, safdoshlari va qo`shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandrning istilochiligi. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar suloiasidan bo`lgan so`nggi shohi Doro III qo`shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo`shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi. Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo`ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo`lgan Bess edi. U Baqtra shahrini himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So`g`diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o`z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o`tgani, ikkalasi ham mag`lubiyatga uchragani, shuning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko`rishi lozimligi to`g`risidagi maslahatini yodda tutar edi. Maroqandaning bosib olinishi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Amudaryodan o`ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to`siqdan o`tib oldilar. Qo`shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Maroqandani egalladi. Aleksandr qo`shinlarning bir qismini qoldirib, o`zi esa Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari sari siljiy boshladi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan. So`g`diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko`tarildi. Tez orada so`g`diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo`shiladilar. Qo`zg`olonga iste'dodli rahbar va qo`mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo`shin to`plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo`shin jo`natadi. Qadimda "Politimet" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo`yida makedonlarga pistirma qo`ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o`zi qo`zg`olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to`xtatadi, o`z qo`shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo`yida, Xo`jand yaqinida bir tayanch manzili barpo etish to`g`risida buyruq beradi. Bu qal'a Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada garnizon - maxsus harbiy qo`shin qoldirib, asosiy qo`shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo`nadi. o`sha yilning bahorida Aleksandr qo`zg`olonni bostirish chorasini ko`radi. o`z lashkarlarini uch qismga bo`lib, So`g`diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo`lib o`tdi. Kuchlar teng bo`lmaganidan Spitamen yengilib, tag`in cho`lga chekinadi. o`sha yerda ko`chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o`ldiradilar. Kurashning davomi. Spitamenning o`limi so`g`diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Xoriyen va Okslartning Hisor tog`larida joylashgan tog` qal'alarini qo`lga kiritib, Aleksandr Okslartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e'tiborli so`g`d qabilasi boshliqlaridan biri bilan qarindosh tutinadi. O`rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo`lmagan hududni: Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona va hozirgi Bekobod va Xo`janddan iborat Sirdaryo bo`ylarini bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg`ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo`zg`oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo`shinlari birinchi bor qator mag`lubiyatlarga uchradilar. Bosqin oqibatlari. Yunon-makedon qo`shinlarining bosqinchilik yurishlari O`rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko`plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O`rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg`iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba'zilari vayron etilgan So`g`diyona va Baqtriya shaharlari o`rnida, boshqalari esa tayanch qal'alari sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashdi. Mil. avv. 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So`g`diyona yoshlari hisobiga to`ldiriladi. Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an'analari o`zaro omuxta bo`la bordi. Shu asosda O`rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling