O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekiston milliv xavfsizligini ta'minlash


Download 1.01 Mb.
bet130/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287
O’zbekiston milliv xavfsizligini ta'minlash kafolatlari. Yuqorida bayon qilinganlardan ma'lumki, O’zbekistonda juda murakkab, qarama qarshiliklarga to’la dunyoda milliy davlatchiligimizni qurishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlashimiz, jahon hamjamiyatida o’zimizning munosib o'rnimizni egallashimiz lozim. Shu munosabat bilan avvalo mintaqada barqarorlik va milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlarini aniqlash va ta'minlash g’oyat muhim. O’zbekistonda milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlari Prezidentimiz I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorhk shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta'riflab berilgan. Ma'lumki, O’zbekiston mustaqilligining birinchi kunidan davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini tashqi siyosat uchun asos qilib olgan. O’zbekiston 1995-yilda muddati uzaytirilishi lozim bo’lgan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani yadro qurolini yo’q qilib tashlash to’g’risidagi shartnomaga aylantirish tarafdori bo’lib chiqdi. Shuningdek, u kimyoviy qurollar bo’yicha qabul qilgan shartnoma kabi biologik qurollarni ham taqiqlash to’g’risidagi shartnoma qabul qilish tarafdoridir. Qisqa qilib aytganda, O’zbekiston urush, harbiy mojarolarning oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo’llab-quvvatlashga tayyor mamlakat. Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki, bu notinch dunyoda O’zbekistonning do’stlari ham bor, lekin O’zbekistonni o’z ta'sir doirasiga kiritishni xohlaydiganlar ham yo’q emas. Buning uchun ular barcha nayranglardan, qolaversa, harbiy kuchdan ham foydalanishi mumkin. Shu sababli mamlakat Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida «Bizning yaxshi tayyorlangan va qurollangan, istiqlolimiz va chegaralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo’Iishi kerak»,- deb alohida uqtirdi. Shu bilan birga Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - respublika iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash darkor. So’nggi paytlarda O’zbekiston Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo’ljallangan bir qancha harbiy o’quv yurtlari tashkil etildi. Mamlakatda arimiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari ko’rildi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta'minlash uchun zarur mablag’ ajratish davom etaveradi. Milliy xavfsizlik tizimi uchun xavf-xatarning oldini olish va uni bartaraf etishda oldindan chora ko’rish uslubi ko’proq qo’l keladi. Shu maqsadda respublika Prezidenti huzurida davlatdagi oliy mansabdor shaxslarning maslahat organini tuzish maqsadga muvofiq deb topildi. 1995-yil may oyida Prezident I.A.Karimov raisligida O’zbekiston Respublikasi Xavfsizlik Kengashi tuzildi. Xavfsizlik Kengashi milliy xavfsizlik muammolari bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni chuqur ishlab chiqish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. Barqarorlikning taminlanishida madaniy va tarixiy qadriyatlarning roli. Hozirgi dunyoda davlat barqarorligini ta'minlash jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma'naviy va axloqiy, madaniy va tarixiy ildizlarga tayanadi. Davlat mustaqilligi va qudrati uning jahon jamoatchihgi oldidagi ma'naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham aniqlanadi. Ayni shu bois I.Karimov shunday degan: «Xalqimizning, millatimizning ma'naviy jihatdan uyg’onishi mustaqilligimiz, milliy xavfsizligimiz garovi hisoblanadi. Ushbu muhim ishda,- deb ta'kidlaydi I.Karimov, -biz Sharqning buyuk ma'naviy ta'limotidan, xalqlarni tinch hayot kechirishga, do’stlik va hamkorlikka, o’zaro jipslik va sabr-toqatga chaqiruvchi islom falsafasidan keng va oqilona foydalanishimiz lozim. Davlatimiz xavfsizligini ta'min etishning asosi mamlakatimiz yoshlari hisoblanadi. Yoshlar O’zbekistonning tayanchi, mamlakatda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarning munosib davomchilaridir. Xalqimizda bu dunyoda farzandlarimizni deb, ularning baxt-saodati, istiqlohni deb yashaymiz va mehnat qilamiz, - degan naql bor. Demak, nafaqat xavfsizligimiz, shu bilan birga milliy uyg’onish g’oyasining amalga oshishi, davlatimizning kelajakda barqaror bo’lishi ham yoshlarimizning qanday shakllanishiga bevosita bog’liq. Prezident I.Karimov O’zbekiston yoshlarining shakllantirilishi masalasida shunday degan edi: «Farzandimiz bizdan ko’ra aqlh, dono, bilimli va albatta baxth bo’lishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmog’i kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zo’r umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun-mohiyati ham aslida ana shundadir».


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling