O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet17/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287
Buyuk Ipak yo`li

Vujudga kelishi va tarmoqlari. Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G'arb xalqlari o`rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo`lgan Buyuk Ipak yo`li muhim o`rin tutgan edi. Bu yo`l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va "Buyuk meridianal yo`l" deb atalgan. Bu yo`lga "Ipak yo`li" degan nom 1877-yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan avval O`rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo`llar mavjud bo`lgan. Eng qadimgi yo`llardan biri miloddan avvalgi III-II ming yillikda vujudga kelgan "La'l yo`li”dir. U Pomir tog`laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o`tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la'l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la'li ishlatilgan buyumlar Misr fir'avnlari maqbaralaridan topilgan. Boshqa bir karvon yo`li Eron Ahamoniylari sulolasining yo`li bo`lib, "Shoh yo`li" deb atalgan. U miloddan avvalgi VI- IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O`rtayer dengizi bo`yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri - Suza bilan bog`lab turgan. Tag`in bir yo`l Eron, Baqtriya orqali So`g`diyona, Toshkent vohasi va Qozog`iston hududidan o`tgan va Oltoygacha borgan. Arxeologlar Tog`li Oltoydagi ko`chmanchilar zodagonlarining qo`rg`onlaridan miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid Paziriq qo`rg`onini o`rganganda kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar, O`rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan kiyimlar qoldiqlarini topishgan. Barcha buyumlar yaxshi saqlangan, chunki qo`rg`onda 2500 yil davomida erimagan qalin muz qatlami yuzaga kelgan edi. Buyuk Ipak yo`li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo`lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali o`rtayer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo`lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan edi. So`g`diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg`onadan naslli otlar, Badaxshondan la'l; Hindistondan O`rta Osiyoga ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O`rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong`oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Buyuk Ipak yo`lida joylashgan me'morchilik yodgorliklarini o`rganganda har xil hunarmandchilik buyumlari, turli mamlakatlarning tangalari topilgan. Masalan, Termizdan Rim tangalari xazinasi, Afrosiyobdan Rim sopol shamdonlari, Misr muhrlari topilgan. Buyuk Ipak yo`li Chjan Syan tavsifida. Miloddan avvalgi 138-yili Xitoy Buyuk Ipak yo`li imperatori U Di elchi Chjan Syanni Chjan Syan ko`chmanchi xunn qabilalariga tavsifida qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo`natadi. Xunnlar Xitoyning Shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar. Elchi xunnlar qo`liga asir tushadi va o`n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyanshan dovonlari orqali Issiqko`lga chiqadi. Norin daryosi bo`ylab Farg`ona vodiysiga keladi. Bu yerda o`zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg`ona podsholigiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg`ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo`ladi. Lekin Farg`ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari sayohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o`tib, yana xunnlar qo`liga tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko`rgan-bilganlarini so`zlab beradi. U Xitoyga Farg`ona otlaridan birini va beda urug`idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar "samoviy" deb ataganlar. Imperator U Di o`z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo`ylab ekiladigan bo`ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong`oq ekishni ham yo`lga qo`yadilar. Shunday qilib, Chjan Syan yurgan yo`l bo`ylab miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G`arbiy Osiyo bilan bog`lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo`li deb ataluvchi karvon yo`li o`tadigan bo`ldi. Farg`ona vodiysida Ipak yo`li ikki tarmoqqa bo`lingan. Birinchisi o`zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo`lib, O`zgandan O`sh, Quva, Marg`ilon, Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoroga o`tgan. Asosiy karvon yo`llaridan tashqari ichki savdo yo`llari ham bo`lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o`tgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlariga va yaylovlarga borgan. Qurama va Oloy tog`lari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo`l tarmog`ini "Oltin yo`l" deb atashgan. Arxeologlar ibodat tartiblari bilan bog`liq jez milga qo`ndirilgan qimmatbaho toshlar qadalgan qush shaklini topganlar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yo`l" ham bo`lgan. Bu yo`l Xazar xoqonligi va Bulg`or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. Bu Buyuk Ipak yo`lining Shimoliy tarmog`i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan. Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati. Buyuk Ipak yo`lining tarixi Sharq va G`arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o`zaro hamkorlik, almashish va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo`lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O`zbekiston hududi bu yo`lning chorrahasida turadi. Bu yerga turli mamlakatlar savdogarlari, hunarmandlari, olim va musiqa bilimdonlari qadami tekkan. Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo`li tufayli Sharq va G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo`lganlar. G`arb mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o`zlari uchun kashf qildilar. O`zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So`g`diyona gilamlari, jun gazlamalar, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bo`lgan.




  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling