O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Ilk o’rta asr davlatlari Xiyoniylar va Kidariylar


Download 1.01 Mb.
bet18/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   287
Ilk o’rta asr davlatlari Xiyoniylar va Kidariylar

Milodiy VI-IV asrlar O'rta Osiyo tarixi ko'chmanchi qabilalarining kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yo’zaga kelishi yangi siyosiy kuchlarning paydo bo'lishi bilan izohlanadi. Kidariylar xususidagi asosiy ma'lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida ham g'arb muallif-tarixchilardan biri Prisk Paniyskiy ma'lumotlarida uchraydi. Beyshi solnomasida berilishicha, yuechjilar hukmdori Tsidolo (Kidar) jujanlar xujumi tufayli o'z qarorgohini Bolo (Balxan) ga ko'chirgan. Keyinchalik shu manbaning xabar berishicha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib, Gandhardan shimoldagi 5ta davlatni o'ziga bo'ysundirgan. I. Markvart, M.Martinlarning shu masala yo’zasidan tadqiqotlariga ko'ra (ko'proq tangashunoslik ma'lumotlariga tayanib), Kidar davlati Kushonlarning qoldig'i bo'lib, o'zlariga poytaxt etib, jujanlar xujumining so'ng Kaspiy bo'yidagi Balxanni tanlashlar deyiladi. Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikricha, Kidar (ba'zan Kidara) IV asrda hukmronlik qilgan. Avval boshda u Eron shohi Shopur II ga bo'yso’ngan. Oq xunlar bostirib kirishi bilan o'z o'g'li Pironi Peshavorda qoldirib shimolga yo'l olgan. Oq xunlar kurash 400-yillarga to'g'ri keladi, deyiladi. Kidar Shopur II (309-379) ning zamondoshi bo'lib, avval boshida Kushonlar hokimyatining davomchisi sifatida ularga bo'ysunib kelgan. Xioniylar yordamida Baqtriyada ularning hokimyatiga chek qo'ygan. Xioniylar yordamida Eron Sosoniylari Baqtriyani o'z qo'llariga tobelikka olishgan. Ba'zi boshqa tarixchi-tadqiqotchi olimlarning fikricha, Kidariylar shimoldan kelgan qabilalar ittifoqidan ajralib chiqqan guruhlar deb tushuntiriladi. Lekin, yuqoridagi fikrlar va boshqa xulosalar ahvolni boshqacharoq ekanligini ko'rsatadi. Kidariylar masalasi ancha kam o'rganilgan, tadqiqotlar davom zttirilishi kerak bo'lgan masalasidir. Chunki yuqoridagi keltirilgan manbalardagi ma'lumotlarni (jumladan Beshi) keyinchalik boshqa manbada tilga olmaydi. Hindistonga (456 y.) ketib Guptalar davlatini bosib olgandan keyingi kidariylar to'g'risidagi ma'lumotlar ham deyarli yo'q hisobi. Faqatgina ulr Hindistonda 75 yil hukmronlik qilganlari, 477 yilda Gandxarning Xitoyga elchilar yuborganligi ma'lum xolos. Ba'zi tadqiqotchilar uni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig'i deb ham tushuntirish berishadi. Shuningdek, kidariylarning O'rta Osiyoning janubida xioniylar bilan birga Eronga qarshi ittifoqchilik harakatlari, to'g'risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud. IV asr o'rtalarida O'rta Osiyo erlariga shimoldan ko'chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlandi. Tarixda ular "xioniylar" nomi bilan tanilganlar. Xioniylar qadimgi turkiy qabilalarga qardrsh bo'lganlar va g'arb tarixchilari ko'pincha ularni "oq xunnlar" deb ataganlar. Ilk bor xioniylar (xonlar) Ammian Martsellin asarida tilga olinadi. Uning yozishiga qaraganda, 346-47 yillarda Eron shohi Shopur II o'z davlatining sharqiy qismida bo'lganligi vaqtida, unga qarshi kushon va xioniylar ittifoqi jang olib borgan. Martsellinning keyingi xabariga ko'ra, Shopur "uzoqdagi xalqlar xioniy va gelanlar bilan" ittifoqchilik shartnomasini tuegan. Shuningdek xioniylar 353 yilda So'g'd ustiga yurish qilganliklari ham ma'lum. IV asrning 60-70 yillarida Eron bilan munosabatlar keskinlashib, Shopur II Xioniylar bilan kurash olib boradi va 2 marotaba engiladi. Yaedigard II (438-457) davrida shimolning ko'chmanchilar bilan kurash yanada kuchayadi. Shu janglarda qatnashgan va uning zamondoshi bo'lmish arman tarixchisi Egishe Vardapetning yozishicha, ularning Sosoniy shohi "to'satdan xonlar (yana kushonlar deb ham atashardi) yurtiga xujum qildi va ular bilan ikki yil kurashdi, lekin ularni o'ziga bo'ysundira olmadi." "Yodgor Zareron" da ham xioniylar kushonlar bilan bir ko'rsatiladi. Yaedigard II hatto o'z qarorgohini o'egartirishga ham majbur bo'lgan. Lekin chegaradagi keskinlik uzoq vaqt saqlanib turgan. Vardapetning yozishicha, 457 yil "Yaedigard katta qo'shin bilan kushonlar yurtiga xujum qiladi. Kushon shohi kurashmay orqaga chekinadi." Yaedigard "kushonlar yurti" ni talab orqaga qaytadi. Boshqa bir tadqiqotchilar fikricha, Yaedigard 2 marotaba xioniylar ustiga yurish qilgan. Ikkinchi jangda xioniy tomonidan o'ldirilgan. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling