O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 1.01 Mb.
bet181/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   287
Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Qishloq xo’jaligi. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orm dehqonchilik bilan shug’ullanar edi. Sug’orish tarmoqlari vositasida sug’orihl obod etilgan serunum vohalarda g 'allakorlik, sholikorlik, paxtachilil sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivd topgan edi. Aholi arpa, bug’doy, tariq, mosh, adas-yasmiq, kunjm no’xat, zig’ir, jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig’ir, kunjut kanakunjutdan moy olinardi. Vohalarda paxtachilik kattagina o’rinni egallagan edi. Paxtaning ingichka tolali g’o’za navlari ekilardi. Movarounnahrda o’simliklardan turli xil dori-darmonlar va bo’yoqlar tayyorlanardi. Bog’dorchihk madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog’ va chorbog’larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, tut, jiyda va ko’pgina boshqa mevalar yetishtirilar edi. Uzumdan magiz, shinni, sirka va musallas tayyorlanar edi. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo’lib, qovunlari nihoyatda shirali bo’lardi. Qirqma qovunlar va qovun qoqilari Sharqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilar edi. Dehqonchilik solig’i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar. Dehqon paykallariga obirahmatni yetkazib berish uchun mirob, jo 'ybon va poykor kabi sug’orish bo’yicha mutaxassislar yoz bo’yi mehnat qilishgan. X asr suv omborining to’g’oni – Xonbandi. Chorvachilik. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan. Mamlakatning dasht va tog’oldi yaylovlarida otar-otar qo’y va echkilar, uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa yirik shoxli hayvonlar behisob bo’lgan. Shaharlarda esa xonaki hayvonlarning deyarli hamma turidan boqilgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo’jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ot, eshak, tuya va ho’kizlar qo’sh, arava, moyjuvoz va chig’irlarga qo’shilib ishlatiladi. Ayniqsa davlatning harbiy qo’shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta'min etish niuhim ahamiyat kasb etgan. Hunarmandchilik. Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to 'qimachilik, kulolchilik, chilangarliki miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb hunarlar ancha rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o’zgaradij Unda katta-katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylai qad ko’tardi. Endilikda shaharlar o’ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharning do’nglik yerida joylashgan arkda odatdagideld podshoning qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tangalar so’qiladigan zarbxona va qamoqxona bo’lardi. Uning markazida registon maydonida devonlar, mahkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog’, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, hunarmandchilik do’konlari va savdo rastalari joylashganj Bu davrda shaharga atrof qishloqlardan kosiblar, savdogarlar va boshqalar kelib o’rnashib, uning girdi bo’ylab kosib va hunarmandlarning yangi-yangi mahalla-ko’ylari, bozor va rastalar paydo bo’ladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binkat, Kesh Axsikat kabi shaharlar o’rta asr hunarmandchiligining rivoj topgaq yirik markazi va gavjum maskan qiyofasini oladi. Samarqandda yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o’zining ko’nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Iloq esaj kumush va qo’rg’oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigari zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo’ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog’ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o’ringa ega edi. Buxoroningj Zandana qishlog’ida to’qilgan malla rang bo’z "zandanachi', Samarqandning Vador qishlog’ida tayyorlangan mato "vadoriy" nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Konchilik. Movarounnahrning tog’li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog’larida temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Iloq viloyati kumush va qo’rg’oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg’ona vodiysi tog’laridan temir, qo’rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg’onadan o’sha vaqtlardayoq toshko’mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma'dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo’lardi. Ichki va tashqi savdo. IX-X asrlarda mamlakatda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo li bo’ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o’tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Ularda savdogarlar-u sarbonlar va sayyohlar uchun hujralar, mollari uchun omborxonalar, tuyalar, otlar, xachirlar va eshaklar uchun og’ilxonalar bo’lardi, zarur yem-xashaklar va oziq-ovqatlar saqlanardi. Shimoliy yo’l orqali Janubiy Sibir va Mo’g’ilistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo’z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o’q-yoy, qilich, idish-asbob, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut va zig’ir moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo’ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Xitoyga shisha va shisha buyumlar olib borilar edi. Xitoydan ipak, shoyi gazlamalar, chinni idishlar olib kelingan. Itil, Xazar va Bulg’orga Movarounnahr va Xorazmdan guruch, quruq meva (yong’oq, mayiz, o’rik va h.k.), kanakunjut moyi, shirinliklar, tuzlangan baliq, bo’za, mushk-anbar, paxta, ipva shoyi matolar, movut, kimxob, gilam va choyshablar, kamon, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Iroq va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mollar chiqarilar edi. Bulg’or va Xazardan qimmatbaho mo’ynalar, shuningdek, mum,shamlar, o’qlar, cho’qqi qalpoqlar, baliq moyi, asal, qo’yva qoramol olib kelinar edi. Pul. Ichki bozorlarda "fals" deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo’lgan ba'zi mahalliy viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig’i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so’qilar edi. Somoniylar "ismoiliy", "muhammadiy" nomlari bilan yuritilgan bir necha kumush dirhamlar chiqargan edilar. Ular orasida "ismoiliy" tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, u asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan. Jo’ybon - suv taqsimlovchi mirob. Poykorkichik mirob. Sarroflar - pul almashtirib berish bilan shug’ullanishgan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling