O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet193/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   287
44. Amir Temurning harbiy yurishlari
Mamlakat xavfsizligi yo’lida. Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo’g’uliston xonlari Chig’atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermas di. Ikkinchi tomondan, Oltin O’rda va Oq O’rdaga bo’linib ketgan Jo’ji ulusi xonlari ham shimol va Xorazm tomondan xavf solib turardi. Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O'rda va Oltin O’rda edi. Endilikda Amir Temur Oltin O’rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga jiddiy harakat qiladi. Lekin u Jo’ji ulusini o'z davlatiga qo’shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O'rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o’z ta'siri ostiga ilish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o’tadigan karvon yo’ini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko’zlaydi. Amir Temur o’z maqsadini amalga oshirish uchun Jo’ji ulusidagi o'zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O’rdada oj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba'zi hingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To’xtamish Oq O’rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur inga izzat-hurmat ko’rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O’rda taxtini egalladi. Amir Temur va To’xtamish. Keyinchalik To’xtamish xoinlik yo’liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o’tadi. Natijada Amir Temur To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ladi. So’nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda farak (Terek) daryosi bo’yida sodir bo’ldi. Shiddatli muhoraba uch :un davom etdi. Bu safar Amir Temur qo’shini dushmanga qarshi )tdan tushib, uni kamondan o’qqa tutish usulini qo’lladi. o’q va qilich :arbiga chiday olmagan To’xtamish qo’shinining safi buzilib, orqaga ;hekindi va tarqalib ketdi. To’xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib ;hangalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan g’oliblardan bekindi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Eron, Iroq, Shom, Hindistonga yurish. Amir Temur o’z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning Shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko’li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o’z ixtiyori bilan taslim bo’lib, moli omon to’lagan shaharlarga tegmagan, qo’shinlami bunday shaharlarga kiritmagan. Erondagi Muzaffariylar, Jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko’tarilgan qo’zg’olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1399-1404-yillarda Hindistonga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko’lamli harbiy yurishlar natijasida sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo’lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo’l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o’rtasida 4 marta xat almashish tashabbuskori bo’lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so’zlarni ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qoraqo’yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o’rtasida to’qnashuv bo’lishi muqarrar bo’lib qoldi. Anqara jangi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida sodir bo’ladi. Bu jang tarixda "Anqarajangi" deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo’lib 360 ming nafar, shu jumladan Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo’shinning markaziy qismiga Amir Temurning o’zi qo’mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo’shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o’g’li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va o’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o’z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to’lanadigan bo’ldi. Boyazid Yildirim qo’lga tushirilib, o’rdugohga olib kelinganda, Amir Temur o’z g’animiga shohona hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Sohibqiron turk sultoni vafotidan so’ng (1403-y. 9-mart) uning vorislariga himmat ko’zi bilan boqadi va ularga beqiyos muruvvatlar qiladi. Uning o’g’illari Sulaymon, Iso va Musolarga otasining yerlarini suyurg’ol qilib beradi. Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida emas edi. Vaholanki, salib yurishlarining oqibatlari, Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi umidlari hali musulmon olami yodidan ko’tarilmagan edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi. Shunday bo’lsa-da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to’satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temurning Vatanimiz va iahon tarixida tutgan o’rni. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo’ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag’dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo’llarida rabotlar, qal'alar, ko’priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’-u bo’stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo’shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o’rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo’jalikning asosi bo’lgan sug’orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro’y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi edi. U o’zining g’olib askarlaridan o’z zamonasining taomili bo’yicha foydalandi. To’g’ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko’pincha adolatli bo’lgan.Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O’zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o’rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" - Adolat sohibi nomlari bilan ulug’lanadi. Yildirim - chaqmoq, yashin. Moll omon - o’lpon. Sohibdjron - jahonglr, saodatli, zafarli, g’olib hukmdor.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling