O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob


Download 1.01 Mb.
bet213/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287
Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jami nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.
Berdaq Berdimurot Qarg’aboy og’li (1827-1900) -qoraqalpoq shoiri. Ko’plab lirik she'rlar, "Omongeldi", "Ernazarbiy" kabi tarixiy dostonlar, "Ahmoq podsho" she'riy romani muallifidir. She'rlari insonparvarlik va erksevarlik g’oyalari, adolatsizlik va haqsizlikka qarshi isyon ruhi bilan teran sug’orilgan. Berdaq XIX asrning mashhur shoirlaridan biri bo’lib, u o’z asarlarida adolat, tenghuquqlik, insonparvarlik, vatanparvarlik g’oyalarini ifodalaydi, zolimlarni fosh etib, kambag’allarni himoya qiladi. Qoraqalpoq xalqining og’ir turmushini haqqoniy tasvirlab, uning baxtli kelajagini orzu qilgan shoir vatandoshlarini erk va baxt-saodat uchun kurashga chorlagan. Berdaq XIX asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy g’oyalar rivojlanishida katta rol o’ynadi. Shoir xalqda o’zini-o’zi anglash ruhini, erksevarlik va ozodlik uchun kurash ruhini uyg’otishga xizmat qildi. Musiqashunos, shoir, xattotlik san'atini mukammal egallagan Komil Xorazmiy (1825-1899) o’zining har tomonlama kuchli qobiliyat egasi sifatida Muhammad Rahimxon II saroyida shuhrat qozongan edi. Birinchi marta u tambur ijrosi uchun poemalar yozdi. Bu poemalar mumtoz musiqamiz gultoji hisoblangan maqomlar musiqaviy mazmunini boyitishga xizmat qildi. K. Xorazmiyning she'rlarida muhabbat, ezgulikning yovuzlik bilan kurashi mavzulari aks etgan. U tomonidan ko’chirib yozilgan asarlar bizning kunlarimizgacha yetib kelgan bo’lib, bu husnixat namunalaridagi yozuvning aniqligi va alohida go’zalligi zamondoshlarimizni maftun etib kelmoqda. Arxitektura. XIX asrdan boshlab O’rta Osiyo davlatlari shaharlarida qurilish ishlari asta-sekin rivojlana boshladi. Ayniqsa, Xiva xonligida XIX asr o’rtalariga borib bunyodkorlik ishlari avj oldi. Shu kunlargacha saqlanib qolgan Olloqulixon madrasasi, Rahmonqul Inoq saroyi, Movarounnahrda eng baland hisoblangan, biroq tugallanmay qolgan ulug’vor minora, Ichan qal'a arxitektura majmuasiga kiruvchi Muhammad Aminxon madrasasi (1852), Ark darvozasi qarshisidagi Muhammad Rahimxon madrasasi (1871) bunyod etildi. Ana shu davrga kelib, Qo’qon xonligida ham ulkan binolar qurilishi boshlandi. XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblanmish 100 dan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi (1863-1870) bezaklari va naqshlari o’zining yorqin jilosi bilan ajralib turadi. Hazrati Kalon Sohib madrasasi (1862), Hokim oyim madrasasi (1870), Xudoyorxonning o’g’li Sulton Murodbek madrasasi (1872) qurib bitkazildi. 1874-1877-yilda Andijonda Jomiy madrasasi qurilishi yakunlandi. Bu vaqtga kelib, Buxoro arxitekturasida binolarni bezashda ko’fiy sulsi, rivo, rayhona, nasx, nastaliq kabi yozuvlardan foydalana boshlandi. Qishloq va shahar aholisi yashaydigan uylar qurilishlari ham ancha madaniylasha boshladi. Uy-joylar asosan paxsa yoki xom g’ishtdan qurilar edi. Pishgan g’isht asosan masjid va madrasa binolari qurilishida ishlatilar edi. Masalan, Farg’onada uy devorlarini ganch o’ymakorligi namunalari bilan, uy shiftlarini esa yorqin ranglardagi naqshlar bilan bezaganlar. Samarqand va Buxoroda o’ymakor ustunlik ayvonlar qurilib, devorlar ganch namunalari bilan bezatilgan. Xivada esa uylar yopiq hovli usulida, atrofiga naqshinkor ustunli ayvonlar qurilgan. Darvoza va eshiklar murakkab o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Xona sandal yoki tutuntortar o’choq bilan isitilgan. Xona ichida mebellar bo’lmagan, o’rin-ko’rpalar uchun taxmon, idish-tovoqlar uchun tokchalar qurilgan. Kiyim-kechaklar sandiqlarda saqlangan. O’zbek xalqining XIX asrdagi ma'naviy madaniyati O’rta Osiyo xalqlari qadimiy madaniyatining o’ziga xos sinteziga aylandi. o’zbek shoirlarining deyarli har biri o’zbek tilida ham, fors-tojik tilida ham asar yoza oladigan zullisonayn (ikki tilni mukammal egallagan) ijodkor bo’lgan. Ayni mahalda bu madaniyatda o’zbek adabiyotining ulug’ yoiboshchilari va birinchi galda Alisher Navoiy asos solgan insonparvarlik va demokratik an'analar chuqur tomir otdi. O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixiy taqdiri mustahkam do’stligi zaminiga aylandi. Minglab she'rlar, g’azallar, hikoyalar, qissalar va rivoyatlar qishloqdan qishloqqa qanot qoqib, botirlar va pahlavonlar haqida kuylar, Tohir va Zuhra, Farhod va Shirin, Layli va Majnun sadoqati, do’stligi va muhabbatiga nisbatan odamlarda havas uyg’otar, ezgulikka da'vat etardi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling