O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


XIX asr oxirlarida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari


Download 1.01 Mb.
bet217/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287
61. XIX asr oxirlarida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari
Toshkentda “Vabo isyoni”. XIX asr oxirida Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasidagi milliy-ozodlik harakati markazlaridan biriga aylanib bordi. U g’alayonlar o’lkasi bo’lib qoldi va podsho hokimiyati bu milliy-ozodlik harakatini bostira olmadi. 1872-yiliyoq Toshkent uyezdining Qorasuv daryosi bo’yida dastlabki g’alayonlar bo’lib o’tdi, mustamlakachi amaldorlarning hokimiyatni suiiste'mol qilishi bunga sabab bo’ldi. 1885-yilda Andijon va Marg’ilon uyezdlarida, 1893-yilda Qo’qon va Namangan uyezdlarida dehqonlar g’alayonlari bo’lib o’tdi. Toshkentda 1892-yil mayda boshlangan va 2 mingdan ziyod kishining umriga zomin bo’lgan vabo epidemiyasiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar eng yirik xalq qo’zg’alonlaridan biriga sabab bo’ldi. Toshkent shahrida vabo birinchi marta 1872-yilda tarqalgan edi. O'shanda ham 2 mingdan ortiq odam bu dahshatli yuqumli kasallikdan vafot etgan edi. 1892-yil vabo Qobul va Hirotda paydo bo’ldi. 1-iyunga kelib vabo Samarqand viloyatining Jizzax uyezdiga tarqaldi. 7-iyunda Toshkentda dastlabki kasallanish qayd etildi, 14-iyunda esa vabo butun shaharga tarqaldi. Ma'muriyat epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’ra boshladi. Shahar shifoxonasi vabo kasalxonasiga aylantirildi. Shaharga kirish cheklab qo’yildi. Vafot etganlarni faqat tibbiyot xodimi ko’zdan kechirgandan so’ng maxsus vabodan o’lganlar qabristoniga ko’mish to’g’risida buyruq chiqarildi. Shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli tekshiruv ko’pincha uchinchi yo to’rtinchi kuni o’tkazilar edi. Va'da qilingan to’rtta qabristondan faqatgina bittasi ochildi, u ham shaharning bir chekkasida edi. Shahar bo’ylab podsho hokimiyati ma'murlari suvni, rus shifokorlari bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalar qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to’g’risida mish-mishlar tarqaladi. Garchi uning asosiy sababi mehnatkash ommaning og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarni ayovsiz ezib ishlatilishi, narxlarning to’xtovsiz o’sib borishi, shahar amaldorlari hokimiyatni suiiste'mol qilishi, turli darajadagi amaldorlarning tovlamachiligi va hokazolar bo’lsa-da, biroq yuqoridagi "mish-mish"lar qo’zg’alonga sabab bo’ldi. Qo’zg’alon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Dastlab u mahalliy aholining boy-badavlat zodagonlarga qarshi, hokimiyatni suiiste'mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg’alonchilar asosan mardikorlar va hunarmand kosiblardan iborat edi. Bu voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshlaridan biri shunday yozadi: "Olomon umuman isyon ko’tarishni yoki ruslarga qarshi qandaydir zo’ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu kamsitishlarni bas qilishga erishish edi. Olomon shaharning ruslar yashaydigan qismiga, shahar boshlig’i Putintsevga chora ko’rish to’g’risida iltimos bilan yo’lga tushdi. Olomonda o’qotar yoki boshqacha qurol ham yo’q bo’lib, ular chamasi 400 kishi edi". Qo’zg’alon ruslarga qarshi qaratilmagan bo’lib, birorta rus idorasi, rus do’koniga bostirib kirilmadi va bironta ham rus kishi aziyat chekmadi. Ammo shahar boshlig’i polkovnik Putintsevning kuch ishlatish to’g’risidagi buyrug’idan keyin qo’zg’alonchilar uning devonini tor-mor etishdi va o’zini kaltaklashdi, Toshkent oqsoqolining uyiga o’t qo’yishdi. Qo’zg’alonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi. Ular qurolsiz olomonga qarata o’q uzishni boshlashdi. 60 kishi tergov qilinib qamaldi. Ulardan 8 tasi o’limga, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Qo’zg’alon ishtirokchilarini jazolash chor ma'muriyatining mustamlakaga aylangan hududda ommaviy harakatlarni shafqatsiz va ayovsiz usullar bilan bostirishdagi qat’iyatini namoyish etdi. Qo’zg’alon sabablari yo’qotilmadi, bu esa yanada keng ko’lamli qo’zg’alonlarga olib keldi. 1898-yil Andijon qo’zg’aloni. Tarixga Andijon qo’zg’aloni nomi bilan kirgan qo’zg’alonni bostirishda ham Rossiya imperiyasi ma'murlari xuddi shunday qaf iyatni namoyish etdilar. Farg’ona vodiysida boshlangan qo’zg’alonga asosiy sabab, 1886-yilgi "Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom" e'lon qilinganidan keyin mustamlaka zulmi kuchayishi edi. Ana shu "Nizom"ga ko’ra o’lkada mustamlaka siyosati va mustamlaka rejimi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo’yildi. Ushbu "Nizom" asosida podsho hukumati ma'murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta miqdorini tortib olishdi va Rossiyadan ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etishdi. Dehqonlarning yalpi daromadidan 10 foiz miqdorida yer solig’i va umumiy soliqlarning 35 foizi miqdorida zemstvo yig’imi joriy etildi. Farg’ona vodiysida asosan paxta yetishtirish joriy etilishi sababli g’alla, oziq-ovqat ekinlari maydoni va yaylovlarning qisqarib ketishiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi keskin ortib ketdi. 1886-yildan keyin "Nizom"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun urf-odatlari bilan mahalliy aholining milliy tuyg’ularini qattiq tahqirlagan amaldorlarning katta miqdori Turkiston o’lkasiga jo’natilgan edi. Masalan, 1891-yilda Farg’ona viloyatiga ko’plab rossiyaliklar ko’chirib keltirildi. Ularning joylashtirilishi busiz ham aholisi zich bo’lgan vodiyning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumati ma'muriyatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining ortib borishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, podsho hukumati Turkiston o’lkasida islom va din arboblarining kuchini hamda ta'sirini e'tiborga olmagan edi. Masalan, K.Kaufman hukmronlik qilgan yillarda bosh qozi lavozimini bekor qilgan edi, 1876-yilda esa Qo’qon xonligi shayxulislomi va bosh qozisini Vologda oblastiga surgun qilish to’g’risida farmoyish berdi. Vaqf yerlari tugatilib, davlat mulkiga aylantirilishi va har bir musulmonning besh farzidan biri bo’lmish zakotning bekor qilinishi ham dindorlarning qattiq noroziligini keltirib chiqardi. Qo zg’alonga Dukchi eshon (Muhammadali eshon) rahbarlik qildi. Qur'oni karimni mufassal o’rganganidan so’ng Muhammadali zohidona kun kechira boshladi va Makkaga hajga borib kelganidan keyin o’zini eshon (musulmonlar rahbari, murabbiyi) deb e'lon qildi, atrofiga ko’plab muridlarni to’pladi. Muhammadali eshon qoshiga maslahat olish va taskin topish maqsadida kishilar kela boshladilar. Butun Marg’ilon uyezdida Muhammadali eshonning nufuzi va ta'siri nihoyatda ortib bordi. 1898-yil 17-mayda Muhammadali eshon qilichlar, xanjarlar, pichoqlar va nayzalar bilan qurollangan 1500 kishi bilan birga Mingtepa qishlog’idan chiqib,
Andijon shahriga qarab yurish boshladi. Yo’lda ularga Dukchi eshon tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi ham qo’shildi. 18-mayda isyonchilar podsho armiyasi qo'shinlari kazarmasiga hujum qilishdi, amrno qo’shinlar bu hujumni qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Isyonchilar bo’lib tashlandi, ko’p o’tmay Muhammadali eshon ham qo’lga tushdi. Andijonga Sirdaryo va Farg’ona viloyatlaridan yordamga qo’shimcha kuch keltirildi. Qo’zg’alon rejasi tavakkalga asoslangan bo’lib, qatnashchilarning asosini haqiqiyjang mahoratiga ega bo’lmagan oddiy xalq vakillari tashkil etib, qurollari esa o’ta ibtidoiy edi. Andijon qo’zg’aloni podsho hukumati amaldorlari orasida jiddiy tashvish tug’dirdi. Qo’zg’alonning barcha qatnashchilarini qamoqqa olish to’g’risida buyruq berildi. Muhammadali eshon ishi bo’yicha 500 dan ortiq kishi qamoqqa olinib, ulardan 18 kishi osib o’ldirildi, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga mahkum etildi. Qo’zg’alon bostirildi. Yaxshi qurollangan muntazam armiyaga ibtidoiy qurollar bilan qarshi chiqqan olomonni qanday fojialar kutishi ravshan cdi. Bundan tashqari, bu vaqtda Turkiston o’lkasida gubernatorlik barcha asosiy markazlarini bir-biriga bog’lab turuvchi temiryo’llar tarmog’i qurib bitkazilgan va mustabid hokimiyat ma'murlari katta miqdordagi qo’shinlarni o’lkaning turli hududlariga bemalol ko’chira olar edi. Shunday bo’lsa-da, qo’zg’alon izsiz ketmadi. U dehqonlarga, shahar mehnatkashlariga kurash sari yo’l ko’rsatdi va o’n minglab odamlarni mustabid hokimiyatga qarshi faol kurashga otlantirdi. Oradan bir yil o’tib, 1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon boshlandi. Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasining eng isyonkor va itoatsiz o’lkalaridan biriga aylanib bordi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling