O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


-1970-yilarda O’zb.da fan va madanyat


Download 1.01 Mb.
bet244/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   287
83. 1946-1970-yilarda O’zb.da fan va madanyat
Umumta`lim maktablari. Respublika aholisi madaniyatining o’sishida ta’lim nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Talim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bo’lib qo’shilishiga yordam beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim vazifalarini hal qilish aholining bilim darajasiga bog’liq. O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda o’zbek xalqining sa'y-harakatlari bilan ta'lim sohasida ma'lum yutuqlarga erishildi. 1940/41-o’quv yilidan 1970/71-o’quv yiligacha bo’lgan davrda umumta'lim maktablaridagi o’qituvchilar soni 2,5 baravar ortdi. Shunga yarasha umumta'lim maktablari tarmog’i ham kengayib bordi. Biroq iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ma'naviy va madaniy sohani rivojlantirishdagi nuqsonlar ta'limga ham o’z ta'sirini o’tkazdi. Jumladan, ko’pgina maktablar, ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyilialarsiz qurildi, ko’pgina chala ishlari bilan foydalanishga topshirildi. Qishloq maktablarining 75 foizga yaqini vodoprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortig’i markazdan turib isitish moslamalariga ega emas edi. Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-uskunalar bilan yaxshi ta'minlanmasdi. Buning sababi xalq ta'hmiga qoldiq prinsipi asosida mablag’ ajratilishida ko’rinardi. Fan, madaniyat va xalq ta'limiga sarf-xarajatlar byudjet mablag’ining atigi 2,7 foizini tashkil etardi. O’zbekiston maktabining turmush bilan bog’lanishini mustahkamlash to’g’risidagi 1959-yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan o’qishni ishlab chiqarish bilan qo’shib olib borish talab etildi. Ushbu munosabat bilan o’n yillik o’rta maktablar qayta tashkil etilib, o’n bir yillik o’rta maktablarga aylantirildi, ularda o’quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini ham o’rgana boshladilar. o’quvchilarga kasb ta'limi berishga yuzlab korxonalar, xo’jaliklar jalb qilindi, maktablarda minglab o’quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar, o’quv-tajriba, yer uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish ta'limini maktablarda joriy qilish katta qiyinchiliklarga duch keldi. Korxonalar, xo’jaliklar bu ishga tayyor emas edilar. Maktablarda ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablag’ yo’q edi. Mehnat ta'limi o’qituvchilari yetishmasdi. Buning oqibatida islohot kutilgan natijani bermadi va majburiy kasb o’rganish bekor qilindi. Bu davrda respublika maktablari o’qituvchi kadrlar bilan son jihatidan yetarlicha ta'minlandi. Biroq oliy ma'lumotli pedagog kadrlar 60-yillarda respublikadagi barcha o’qituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og’ir edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus tili va chet tili o’qituvchilari yetishmasdi. Aksar hollarda o’qituvchilar o’z mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar. Sovetlar davrida maktablarning o’quv-tarbiya ishlarida katta nuqsonlar mavjud edi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish yuritish asosan rus tihda olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur o’rgatilmasdi. Ona tilini o’rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni o’zbek adabiy tilining yozma va og’zaki shakllarini puxta o’zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar. Shuningdek, O’zbekiston tarixi va ma'naviy madaniyati ham maktabda chuqur o’rgatilmas edi. Sovetlar davrida «SSSR tarixi» deb nomlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat fan o’qitilardi. Unga ilova sifatida «O’zbekiston SSR tarixi» bir necha soatgina o’qitilar, ko’p hollarda bu kurs o’tilmay qolib ketardi. Maktablarda ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma'naviy meros, o’z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni o’qitish o’ta siyosatlashtirildi. Ko’zdan kechirilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an'analar va ma'naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an'anasi ko’zga tashlanib bordi. Ta'lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy qadriyatlarni, urf-odatlarni o’rganishiga to’sqinlik qildi. Adabiyot va san`at. Urushdan keyingi davrda o’zbek adabiyotida urush asoratlarini tugatib, xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishga bel bog’lagan o’zbek xalqining fidokorona mehnati, tinchlik uchun kurashi kabi masalalar badiiy tahlil qilindi. Urush yillari voyaga yetgan ko’plab ijodkorlar adabiyotga kirib keldilar. Said Ahmad, Asqad Muxtor, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Turob To’la, Shukrullo, Ramz Bobojon, Rahmat Fayziy, Mamarasul Boboyev, Ibrohim Rahim, Mirzakalon Ismoiliy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Saida Zunnunova kabi yozuvchi va shoirlar adabiy jarayonni jonlantirib yubordilar. Shoira Zulfiya Qozog’istonda o’tayotgan o’zbek adabiyoti va san'ati o n kunhg’ida yoshlarga dastxat yozib bermoqda (Olmaota, 1972-yil). Oldingi yillarda bolalar adabiyotida oqsash sezilardi, bu soha namoyandalari oz edi. Urushdan keyingi yillarda bolalar adabiyotiga qator o’ziga xos yozuvchi va shoirlar kirib keldi. Quddus Muhammadiy, Shukur Sa'dulla, Ilyos Muslim, Qudrat Hikmat, Po’lat Mo’min kabi shoirlar, Hakim Nazir, Adham Rahmat kabi yozuvchilar shular jumlasidandir. 50-60-yillarda o’zbek adabiyotida proza janrida ko’plab asarlar yaratildi. Romanchilikda 20 dan ortiq asar, jumladan, Oybekning «O1tin vodiydan shabadalar», Parda Tursunning «o’qituvchi», Abdulla Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari», A. Muxtorning «Opa-singillar» kabi romanlari nashr etildi. Oybek o’z asarida urushdan keyingi yillardagi dehqonlar hayotini tahlil qildi. A. Qahhor o’zbek qishlog’ini kollektivlashtirish davridagi dehqonlar hayotini haqqoniy tasvirladi. Parda Tursun romanida o’zbek o’qituvchisining shakllanishi yozuvchining o’z boshidan kechirgan voqealar asosida yoritildi. «Opa-singillar» romanida o’zbek xotin-qizlarining katta ijtimoiy hayotga kirib borishi aks ettirildi. Mirzacho’lni o’zlashtirish, o’zbek dehqonlarining faoliyatiga bag’ishlangan yirik prozaik asarlar yaratildi. Sh. Rashidovning «G’oliblar», «Bo’rondan kuchli» romanlari, S. Ahmadning “Ufq” trilogiyasi, R. Fayziyning «Cho’lga bahor keldi» qissasi shular jumlasidan. Ayniqsa, she'riyat juda sermahsul bo’ldi. Bunda katta avlod vakillari - G’afur G’ulom, Uyg’un, M. Shayxzoda, Zulfiya, Habibiy, g’ayratiy va boshqalar yetakchilik qildilar. g’afur g’ulom ijodi markazida tinchlik uchun kurash masalalari, do’sthk motivi turdi. Uning «Vaqt», «Yashasin tinchlik» va boshqa she'rlari ma'no jihatdan chuqurligi, falsafiy teranligi bilan ajralib turadi. Urushdan keyingi davrda shoirlar ijodiy izlanishda bo’ldilar. O’zbek she'riyatida turkum she'rlar, yangi poema va dostonlar yaratildi. M. Boboyevning «Eron osmoni ostida», Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» she'riy turkumlari e'lon qilindi va yuksak baholandi. Asqad Muxtorning «Po’lat quyuvchi», Oybekning «Qizlar», Mirmuhsinning «Usta g’iyos» dostonlarida yaratuvchi inson obrazi yaratildi. Dramaturglar ham bir qancha mukammal pyesalar yozib, sahnaga chiqardilar. K.Yashinning «General Rahimov», N.Safarovning «Sharq tongi», S.Abdullaning «Muqimiy» dramalari o’zbek sahnasi repertuaridan munosib o’rin oldi. A.Qahhorning «Yangi yer», «Og'riq tishlar», «Tobutdan tovush» komediyalari katta shuhrat qozondi. O’sha yillarda jamiyatda ro’y bergan salbiy jarayonlar o’zbek adabiyotini ham chetlab o’tmadi. Ko’pgina adabiyotshunoslik asarlarida milliy adabiyotning rivojlanishi «ulug’ g’alabalar»ga nisbatan berildi. Hayotga bunday yondashish adabiyotda xom asarlar yaratilishiga yo’l ochib berdi. Bu illat hayotdan yiroq balandparvoz she'rlarda, nasrda voqelikning murakkab tomonlarini chetlab o’tishda, dramaturgiyada esa konfliktning zaifligida ko’rindi. Badiiy adabiyotga mafkuraviy ta'sir ko’rsatish vositasi deb qaralgan totalitar tartibot sharoitida adabiyot arboblari amalda hukmron doiralarning ijtimoiy buyurtmasini bajarishga majbur bo’ldilar. Bu buyurtma partiyaviylikni va sinfiylik nuqtai nazaridan turib, markscha-lenincha ta'limotga asoslangan asarlar yaratishni ko’zda tutardi. Ijod erkinligi deyarli cheklangan edi. Uning chegaralarini odatda partiya komitetlari, senzura belgilab berardi. Sovet voqeligini tanqidiy tahlil qilish, milliy an'analar, o’tmishni xolisona baholashga bo’lgan har qanday urinishlar ta'qibga olinardi. O’zbekiston yozuvchilari teatr va musiqa arboblari bilan ijodiy hamkorlikda samarali ish olib bordilar. Bu davrda A.Hidoyatov, S.Eshonto’rayeva, H.Nosirova, L.Sarimsoqova, Sh.Burhonov, M.Turg’unboyeva, Tamaraxonim, GJzmaylova singari o’zbek sahnasi ustalari dong taratdilar. Hamza nomidagi o’zbek drama teatri milliy tomoshabinni jahon dramaturgiyasining yuksak namunalari bilan tanishtiruvchi dargohga aylandi. Bu teatr Shekspirning «Otello», Shayxzodaning «Jaloliddin», H.Olimjonning «Muqanna», Uyg’un va LSultonning «Alisher Navoiy», Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» singari yorqin asarlarini sahnalashtirdi. Teatr o’z sahnasini milliy dramaturglar ixtiyoriga berib, o’zbek dramaturgiyasi va teatr san'atining rivojlanishida katta rol o’ynadi. Milliy opera va balet san'ati jiddiy rivojlandi. A. Navoiy nomidagi o’zbek davlat opera va balet teatri MAshrafiyning «Dilorom», S.Yudakovning «Maysaraning ishi», S.Boboyevning «Hamza», A.Kozlovskiyning «Ulug’bek» operalarini muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. O’zbek musiqa madaniyati yildan-yilga rivojlanib bordi. o’zbek davlat filarmoniyasi, Toshkent konservatoriyasi va boshqalarida o’zbek musiqachilari o’z ijodiy faoliyatlarini o’stirdilar. O’zbek ashula va raqs ansambli, boshqa musiqiy jamoalar o’z ijodiy qiyofalariga ega bo’ldilar. Ular milliy va boshqa respublikalar bastakorlari hamda chet el klassik asarlarini muvaffaqiyat bilan targ’ib qilib bordilar. Kino O’zbekiston madaniy hayotining muhim qismiga aylandi. Respublikada iste'dodli kinematografchi kadrlar: rejissyorlar, operatorlar, stsenariychilar yetishib chiqdi. KYormatov, M.Qayumov, YA'zamov, Sh.Abbosov, L.Fayziyev, Z.Sobitov kabi kino arboblarining nomi respublikadan tashqarida ham mashhur bo’ldi. Shunday qilib, O’zbekistonda san'at umuman rivojlanib bordi. Biroq ma'naviy madaniyatning barcha sohalari kabi, san'at ham hukmron mafkura tazyiqiga uchradi. San'atni mafkuralashtirish, baynalmilallashtirishga urinish amalda ruslashtirishga olib keldi. Bu siyosat milliy madaniyat, san'atning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. San'atning barcha sohalarida milliy ruhga ega bo’lgan asarlar soni keskin kamaydi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling