O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
«Qayta qurish» siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mixail Sergeyevich Gorbachev
- O`zbekistonda ijtisodiy inqirozning yanada keskinlashuvi. “O`ZBEK ISHI”ning mohiyati.
- Qayta qurishning mag`lub bo`lishi.
85. «Qayta qurish» siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz.
Sovet jamiyatini demokratlashtirish va uning amalda asossizligi. Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi. Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxiralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi. Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan boshlandi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi. Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1987-yillar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilisbi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo’ldi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag’lub bo’ldi. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990-yillar) endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday vazifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. Jamiyatda sodir bo’layotgan voqealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan “ko’proq demokratiya” ostida baho berish rasm bo’ldi. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzod lar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988-yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi. Ammo mamlakatda tub demok ratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Ma'lumki, qayta qurish «yuqoridan» boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a'zolari unga juda katta umid bog’ladilar. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, ayrim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kunga, «porloq kelajak»ka ishonch ruhini yana uyg’otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rahnamolari, ya'ni «yuqori»ning «quyi» bilan munosabatlarida ma’lum kehshuvchilik, xayrixohlik sezildi. Lekin keyinchalik vaziyat o’zgardi, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi uquvsizlik demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo’lda qolib ketishi - bularning barisi jamiyat a'zolarida qayta qurishga bo’lgan munosabatni o’zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to’hq mag’lub bo’lishi aniq ko’zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o’rniga siyosiy jabhadagi «musobaqalar»: siyosiy safsata, quruq va'dalar kishilarda loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o’rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik egalladi. Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma'lum ma'noda kuchayishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda, xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo’lmadi. Bunga ko’proq kommunistik-bolshevistik mafkuraviy yakkahokimlik, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta'sir qilar edi. Natijada tom ma'nodagi oshkoralikka erishib bo’lmadi, demokratiya esa amalda navbatdagi «siyosiy o’yin»lar ko’rinishini oldi. Fikrlar xilma-xilligining ayrim ko’rinishlari esa «yuqori»ning siyosat va nazariy masalalarda hur fikrlilikni ta'qib etishi asnosida yuz berdi. O`zbekistonda ijtisodiy inqirozning yanada keskinlashuvi. “O`ZBEK ISHI”ning mohiyati. Tabiiyki, yuqoridagi kabi holatlar jamiyatda tom ma'’nodagi siyosiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga imkon bermadi. Imkon berishi mumkin emas edi ham. Chunki, bunday islohotlar aslida sobiq markazning siyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirilishi lozhn edi. Milliy respublikalar talab-ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi. Natijada ijtimoiy-siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Bunday holat, ayniqsa, O’zbekistonda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ldi. O’zbekistonda tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz, boshboshdoqliklarning zudlik bilan oldini olish, pirovard natijada ijtimoiy adolatga erishish lozim edi. Ana shunday sharoitda mavjud holatdan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf etish, Sobiq SSSRda vujudga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun Markaz turli nayranglar, «siyosiy o’yinlar» o’ylab cbiqdilar. Sobiq mamlakatning turli mintaqalarida «o’ylab topilgan» bunday «tadbirlar» ichida O’zbekistondagi holat o’ta achinarli tus oldi. Markaz nima qilib bo’lsada, O’zbekiston misolida uning rahbariyatini, xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab, obro’sizlantirish yo’lini tutdi. Buning natijasida «o’zbek ishi», keyin «Paxta ishi» paydo bo’ldi. «o’zbek ishi» aslida markazda o’ylab topilgan bo’lib, uning mohiyatini O’zbekiston misolida sobiq SSSRning taraqqiyot jihatidan umumjahon andozalaridan ajralib qolganligini xaspo’shlab ko’rsatish edi. «Paxta ishi» esa «o’zbek ishi»ning davomi bo’lib, nima qilib bo’lsada o’sha davrda barcha respublikalarda avj olgan qo’shib yozish, xizmat lavozimini suiiste'mol qilish, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelganligini, ularni bartaraf etish orqali sobiq SSSRning davomiyligini saqlashdan iborat edi. Ta'kidlash kerakki, O’zbekistonning o’sha paytdagi ayrim rahbarlarida (Inomjon Usmonxo’jayev, Rafiq Nishonov va b.) ham qat'iy jur'at, sobiq Ittifoq doirasida respublikaning real tutgan o’rnini ochiq-oydin aytish uchun mardlik yetishmadi. Aksincha, uning o’rniga bunday rahbarlar Markaz vazifalarini tezroq «uddalash», respubikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to’g’risidagi soxta fikrlarni tasdiqlashdan nariga o’tmadilar. Ijtimoiy ma'naviy sohada esa milliylikning har bir ko’rinisbi «internatsionalizm« mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga harakat qilindi. Bu narsa o’zbek tili, din, milliy urf-odat, an'ana, marosimlar, ayniqsa, «Navro’z» bayramiga munosabatda yaqqol ko’rindi. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida o’zkompartiyaning XVI Plenumi (1984-yil 23-iyun) juda mash'um rol o’ynadi. Ushbu partiyaviy tadbir ham aslida «yuqori»ning talabi bilan o’tkazilgan bo’lib, uning maqsadi mahalliy rahbar kadrlarni obro’sizlantirish, ular «timsoli»da o’zbek xalqini kamsitish edi. 1984-1990-yillar ichida O’zbekistonda XX asr 30-50-yillarida sodir bo’lgan qatag’onlardan ko’lam jihatidan kam bo’lmagan bedodliklar yuz berdi. Eng avvalo qatag’on qilichi Sharof Rashidovga qarshi ko’tarildi. 80-yillar qatag’onidan sobiq Ittifoqdagi biror-bir xalq o’zbek millati kabi talafot ko’rmadi. Markazning tazyiqi tufayli 1984-yildan respublikamizga mamlakatning turli mintaqalaridan «desantchilar» yog’ihb kela boshladi. «Desantchilar» aslida milliy-mahalliy urf-odat, an'analarni bilmagan, bilishni ham istamagan, aksincha, turli siyosiy iboralar bilan ularni inkor etuvchi, «yordam berish», «O’zbekistonni to’g’ri yo’lga solish» shiorlari orqali mamlakatimizni obro’sizlantirishga harakat qilgan va markaz tomonidan rag’batlantirilgan hamda yuqori lavozimlarga tayinlanganlar edi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi jazo otryadlari 1984- 1989-yillarda turli bahonalar bilan o’n minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni aimashtirish siyosati ommaviy tus oldi. Birgina 1984-1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo’jalik organlariga ishga yuborilgan. Markazdan yuborilgan amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egallab, qatag’on boshladilar. O’zbekistondagi kamchiliklarni ilma-teshik qilib tekshirdilar, yo’q xato va kamchiliklarni atayin bor qildilar, siyosiy o’yinlar, makkor niyatlar natijasida jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta'sir etishlar ommaviy tus oldi. Eng yomoni O’zbekistonning milliy va hududiy o’ziga xosliklarini bilmagan «desantchilar» o’zbek xalqining milliy g’ururini paymol qilishga urindilar. Bu davrda totalitar-buyruqbozlik, mustabid tuzum yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarga mintaqaviy yoki milliy hodisa deb qarash yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, Moskva matbuot organlarida juda avjga chiqdi. Biroq davlat va xalq mulkini talon-toroj qilish, poraxo’rlik, mansabga tayinlashda oshna- og’aynigarchilik va mahamychilikka yo’l qo’yish faqat O’zbekistonga xosdir, deb baholash tarixiy haqiqatga batamom zid siyosat edi. Bunday xato va kamchiliklar turg’unlik yillarida sovet jamiyati ning hamma yerida, birinchi navbatda Markazning o’zida chuqur ildiz otib ketgandi. «Paxta ishi» keyinroq atay «o’zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo’liga o’tildi. Oqibatda butun respublikamizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko’ngli jamiyatdan ham, siyosatdan ham sovidi, sarosimada, tahlikada yashaydigan bo’ldi. «Paxta ishi», «o’zbek ishi» Moskvada to’qib chiqarilgan bo’lib, pirovard natijada millat sha'niga, uning asrlar mobaynida to’plangan obro’-e'tiboriga, rnilhy qadriyatlariga dog’ tushirdi. Bu esa o’zbek xalqining sovetlar tuzumi, kommunistik mafkuraga nisbatan nafratini oshirdi. Qayta qurishning mag`lub bo`lishi. Qayta qurish jamiyat ijtimoiy-siyosiy tuzxlishida ham o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. KPSSning jamiyat hayotida tutgan o’rni bo’shashdi, uning rahbarlik va rahnamolik rohga putur yetdi. Bunday hol boshqa jamoat tashkilotlari, ayniqsa, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalariga ham taalluqli edi. Qayta qurish oxir-oqibatda siyosiy jihatdan puch, natijasiz, besamara safsatabozlikdan boshqa narsa bo’imay qoldi, tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish mumkin bo’lmadi. Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasi yo’q edi. Og’izda demokratiya, oshkoralik kabi shiorlardan foydalanilganiga qaramasdan, amalda partiya, siyosiy rahbariyat eski tasavvurlar girdobida edi, rahbarlikning demokratiyaga qarama-qarshi turuvchi buyruqbozlik-ma'muriyatchilik usullaridan foydalanishi davom etardi. Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat «nomenklatura»ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma'muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. Har qanday demokratiya, oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini ular anglar edilar. Uchinchidan, M.Gorbachev g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Shunday sharoitda qayta qurish xalqni chalg’itishdan boshqa narsa emasligi ayon bo’ldi. Natijada qayta qurish xalqning tobora siyosiy faollashuvi tufayli mag’lubiyatga uchradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling