O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Totalitar tuzum. Illatlar va saboqlar


Download 1.01 Mb.
bet250/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287
Totalitar tuzum. Illatlar va saboqlar. Dastlab Chor Rossiyasi, undan so’ng qizil saltanat mustamlakachihgi yillarida o’rta Osiyoda ulug’ davlatchilik va milliy mustamlakachilikka asoslangan totalitar tuzum xalqimizni qator illatlarga duchor qildi. Mustamlakachilik va totalitar tuzum davrida: bu o’lkadagi xalqlar milliy o’zhgini yo’qotdi, ijodiy yaratuvchanlikdan begonalashdi; ular mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan mahrum bo’ldi; ular ongida tobelik, qaramlik, boqimandalik, befarqlik illatlari shakllandi va fe'1-atvorga aylandi; ular faqat bitta narsani - o’zlarini va bola-chaqalarini ochlikdan asrab qolish uchun mehnat qiladigan jonzotga aylana bordi. Sho’rolar zamonida vatandoslarimiz o’z mehnatlaridan bahramand bo’lish imkoniyatlari umuman yo’q edi. Shunchaki zamona zo’ri tufayli ishlar va mantiqsiz yashar edilar. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish tuyg’ulari butunlay so’ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi. Ana shuning o’zi totalitar tuzum illatlarini ko’rsatadi. Sobiq Ittifoqda 1985-yil apreldan boshlab M.S.Gorbachev boshchiligida amalga oshirilgan qayta qurish siyosati Sho’ro mustamlakachiligi saltanatini saqlab qolishga qaratilgan so’nggi samarasiz va makkarona urinish edi. U saltanat tarkibiga kirgan Ittifoqdosh respublikalarning milliy mustaqillikka erishuvlariga yo’l qo’ymaslikni maqsad qilib qo’ygan edi. 1991-yil 19-21-avgustda Moskvada G.Yanayev boshchiligida sodir etilgan davlat to’ntarishiga urinish esa, ulug’davlatchilik, shovinistik va zo’ravonlik o’tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tuzumini o’rnatishga intilish bu jarayonning yakuni bo’ldi. Istiqlol yillarida «mustaqillik», «hurriyat» degan so’zlar butun jozibasi bilan birga beqiyos qudratini, buyuk o’zgartiruvchihk mo’jizasini ko’rsatdi. Mustaqillik dunyoqarashlarimizni tubdan o’zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek xalqi: dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni; bu ko’hna olamda sho’ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borhgini; boshqacha yashash ham mumkin ekanligini; «kommunistik mafkura»dan bo’lak ezgu g’oyalar ham borligini; inson qadru qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudhgini angladi. Zotan, istiqlolning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ham ana shundadir. Mustamlakachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar yog’dirgan beqiyos fojiasi - uning insonni mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan mahrum etganida. Mustaqillik ana shu insoniy fojianing achchiq mazmunini ochib berdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling