O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitet
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika Oliy Kengashiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida
- Respublika rahbariyatining O’zbekistonning siyosiy suverenitetini taminlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko’ndalang
- O’zbekistonning siyosiy tizimidagi o’zgarishlar.
- «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi
- Shunday qilib: 1990-yil 20-iyunda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O’zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova).
O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitet uchun amaliy harakatlari. O’zbekiston hukumati iqtisodiy mustaqillikni amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan konsepsiya ishlab chiqdi. Konsepsiyaga binoan SSSR markaziy idoralaridan farqli o’laroq, 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida O’zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitetni qo’lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni chog’da O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta'minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham aniq choralar ko’rildi. Bu borada xalqning xohish-irodasi hisobga olindi. Masalan, 1989-yil 20-oktabrda o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish» to’g’risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respubhka Oliy Kengashi Raisi doklad qildi. Ma'ruzada O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo’g’inlari Oliy Kengashga bo’ysunishini nazarda tutishi alohida ta'kidlandi. Respublika Oliy Kengashiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida O’zbekiston SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Kengash Raisini saylash, O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisini, hukumat a'zolari va boshqa rahbar lavozimdagi kishilami tasdiqlash yoki tayinlash va zarur bo’lganda ularni muddatidan oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Kengash oldida hisob berishi majburiy qilib qo’yildi. Shuningdek, Oliy Kengash byudjetni nazorat qilish, ministrlik va ldoralar lshim tekshirish, deputatlar so’rovini muhokama qilish masalalarini ham ko’rib chiqadigan bo’ldi. Konstitutsiyaga kiritilgan bu o’zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining Oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni chog’da, bu vakolatlar uning adolat buzilgan hamma joyda zudlik bilan adolatni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo’lgan noxush hodisalarning oldini ohsh imkoniyatini ham berdi. Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, Respublika Oliy Kengashini O’zbekistonning Ittifoqda erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham ta'minladi. Ilgari bu vakolatlarning ko’pchihgi faqat Ittifoq idoralarining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada mulkchilik munosabatlarini, xalq xo’jaligini va sotsial-madaniy qurilishni, byudjet-moliya sistemasini, mehnatga haq to’lashni, narx belgilashni, soliq, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni, shuningdek, bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlarni qonun yo’h bilan respublikada tartibga solish ko’zda tutilgan edi. Shuning uchun ham Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo’shimchalar deputatlar tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Respublika rahbariyatining O’zbekistonning siyosiy suverenitetini ta'minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko’ndalang qilib qo’yildi. Jumladan: O’zbekiston rahbari KPSS MKning 1989-yil 20-sentabrdagi Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- deb ta'kidladi. O’zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Plenumida I.Karimov: «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O’zbekistonning iqtisodiy mustaqiUigi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,- degan fikrni bildirdi. Darhaqiqat, 80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko’rildi. Masalan, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo’lgan «O’zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to’g’risida»gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi. O’zbekistonning siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. 1990-yil 23-martda bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida O’zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e'tibor berildi. Plenum respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko’rsatib, real hokimiyat O’zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari kengashlariga berihshi yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Prezident muassasasining joriy etilishi - respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o’tishni bildirar edi. O’zbekiston Kompartiyasi MK Plenumi Prezidentlik lavozirnini tashkil etishni respublika Oliy Kengashi sessiyasiga taklif qildi. 1990-yil 24-martda bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta'sis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib sayladi. O’zbekistonda Prezident lavozimining ta'sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi. Chunki, uzoq yillar mobaynida yig’ilib qolgan milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy rivojlanish muammolari bu vaqtga kelib nihoyatda keskin tus olgan edi. O’zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochadi.Shu tariqa Prezident eng qiyin va qonli to’qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas'uliyatni ochiq-oydin o’z zimmasiga oldi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi 1990-yil 18-iyunda o’z ishini boshlagan O’zbekiston Oliy Kengashining o’n birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi O’zbekistonning mustaqillikka erishishidagi navbatdagi muhim qadamni qo’ydi. Mazkur sessiyada Oliy Kengash deputatlari faollik ko’rsatdilar. 200 dan ortiq deputat sessiya boshlanishidayoq «Mustaqillik Dekloratsiyasi» muhokamasi masalasini kun tartibiga kiritish va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab qildilar. Natijada «Mustaqillik Deklaratsiyasi» haqidagi masala sessiyaning kun tartibiga kiritildi. Sessiyaning uchinchi kunida «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat taqdirini o’zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta'kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi. Shunday qilib: 1990-yil 20-iyunda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O’zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova). Shu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. 1991-yil 15-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi. Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo’lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo’liga bevosita qaratila boshladi. O’zbekiston rahbariyati va xalqining mustaqillik sari dadil qadam qo’yayotganligini 1991-yil 17-martda o’tkazilgan SSSR umumxalq referendumini tashkil etish va uning yakunlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Shu maqsadda 1991-yil 20-fevraldagi O’zbekiston Oliy Kengashining Rayosati yig’ilishida SSSR Oliy Soveti tomonidan referendum uchun belgilangan asosiy byilleten bilan birga «O’zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqh respublika bo’lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yilgan qo’shimcha byilleten kiritishga qaror qilindi. 1991-yil 17-martda o’tkazilgan umumxalq referendumida qo’shimcha byilleten bo’yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab, O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo'lishini qo’llab ovoz berdi. Shunday qilib, bu referendumda O’zbekiston xalqining mutlaq ko’pchihgida O’zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko’rish xohishi boriigining o’ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g’ayratini qo’llab-quvvatlash ifodasi edi. 1991-yil 22-iyulda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o’tkazish» to’g’risida yana bir tarixiy ahamiyatga molik qaror qabul qildi. O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatdan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganhgi bilan ajralib turardi. Bularning barchasi O’zbekiston SSR Prezidenti I.Karimov, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati tomonidan O’zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, milliy suvereniteti sari dadil qadamlar tashlanganligining
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling