O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekiston xalqora jamiyatning teng huquqli azosi


Download 1.01 Mb.
bet128/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287
108. O’zbekiston xalqora jamiyatning teng huquqli azosi
O’zbekiston mustaqilligining umumxalq va jahon jamoatchiligi tomonidan quvvatlanishi. Respublika hukumati mamlakat aholisining milliy mustaqillikni nechog’lik qo’llab-quvvatlashini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Ana shu munosabat bilan 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Qarorda quyidagilar belgilangan edi:
1. 1991-yil 29-dekabr yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasining referendumi o’tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byilleteniga masala quyidagi tarzda kiritilsin: «Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'qullaysizmi?». 1991-yil 29-dekabrda o’tkazilgan umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94 foizi qatnashdi. O’zbekiston Respublikasini mustaqil davlat deb e'lon qininishini yoqlab 9,7 million kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98 foizi ovoz berdi. Referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o’tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. O’zbekistonning mustaqil respublika deb e'lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, baUci jahon jamoatchUigi tomonidan ham qoniqish bilan kutib oinndi. Dunyoning taraqqiy topgan va yetakchi davlatlari milliy davlat mustaqillkkka erishgan O’zbekiston bilan diplomatik aloqalar o’rnatish, o’z elchixonalarini ochish, u bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarini olib borishga intildUar. O’zbekiston milliy davlat mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bilan 170 dan ortiq mamlakat diplomatik munosabatlar o’rnatgan. O’zbekiston o’z suverenitetini qo’lga kiritgandan so’ng bu haqda respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishlarar turlicha qarashlarni Ugari surdilar. Jumladan: «O’zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo’lib oldi»,- degan fikrlar paydo bo’ldi. To’g’ri, 1991-yilning o’rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirUishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo’ldan chiqarib yuborganligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo’lgan edi. Shu bilan birga, tarixiy tajribalardan ma'lumki, o’ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri - hal qiluvchi qadamni to’g’ri belgilash, faqat qulay vaziyat vujudga kelgandagina qat’iy harakat boshlashdan iborat edi. O’zbekistonning yangi rahbariyati ana shunday vaziyat vujudga kelganda donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e'lon qildi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling