O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
Download 1.01 Mb.
|
114. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
Ma’lumki, Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kutib olindi. Ushbu kitob dunyoning bir necha tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn kabi mamlakatlarda kitobning taqdimot marosimlari o’tkazildi. Yaqinda esa “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida ozarboyjon tilida chop etildi. Kitobga taniqli din va jamoat arbobi, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxul-islom Allohshukur Poshshozoda so’zboshi yozgan. Quyida ushbu so’zboshi e’tiboringizga havola etilmoqda. Bismillohir-rahmonir Rahim! Insoniyat sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi har bir millat nafaqat o’z boyliklari, balki, birinchi navbatda, yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir, degan oddiy haqiqatni qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Bu borada ko’hna o’zbek diyori jahon madaniyati, ilm-fani va ma’naviyati xazinasini boyitishga beqiyos hissa qo’shib kelayotgan qutlug’ zamindir, desam, o’ylaymanki, mubolag’a bo’lmaydi. Bu yurtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Moturidiy, Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Bahouddin Naqshband, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar va mutaffakirlar tug’ilib, dunyo tamadduni tarixida o’chmas iz qoldirgani buning yorqin isbotidir. Bu buyuk zotlarning asarlari hozirgi kungacha ham o’zining ahamiyatini yo’qotmasdan, ulkan ilmiy hamda ma’naviy boylik sifatida yuksak qadrlanib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bu bebaho meros dunyodagi manaman degan aql-zakovat sohiblari e’tirof etadigan va butun musulmon ummati faxrlanadigan boylikdir. Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishi, hech shubhasiz, o’zbek xalqi va uning buyuk ajdodlarining jahon sivilizatsiyasi hamda madaniyati rivojiga nechog’lik katta hissa qo’shganining yorqin e’tirofi bo’ldi. Buni qarangki, 2009 yilda Boku shahri ma’naviy birligimiz va o’zaro tarixiy bog’liqligimizning ramzi sifatida Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, meni O’zbekiston bilan ko’p rishtalar bog’lab turadi. Avvalo, mening yoshlik yillarim shu muborak zaminda kechdi, shu yerda men din arbobi bo’lib kamol topdim. Aynan shu mamlakatda o’rta va oliy diniy ma’lumot oldim, bag’rikenglik, insonparvarlik, madaniyat, an’analar, urf-odatlar haqida g’amxo’rlik qilish va umuman, inson uchun muqaddas bo’lgan barcha-barcha tushunchalar qanchalik qadr topayotganiga amalda guvoh bo’lib, ularning haqiqiy mazmun-mohiyatini aynan o’zbek diyorida anglab yetdim. O’zbekistonni men o’zimning ikkinchi ona Vatanim deb bilaman, haqiqatan ham, bu yurt menga chinakam onalik mehrini baxsh etdi va bemisl g’amxo’rlik ko’rsatdi. Bundan tashqari, O’zbekistonda ko’plab do’stlar orttirdim va ular bilan hozirga qadar yaqin munosabatlarimiz davom etmoqda. Bugungi murakkab davrda barchamiz deyarli butun dunyoni terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik singari balo-qazolar qamrab olishga urinayotganiga shohid bo’lib turibmiz. Qabih niyatli kuchlar islom dinini o’ziga niqob qilib olib, muqaddas dinimizni obro’sizlantirish, musulmonchilik yo’lidagi insonlarni kamsitish, ularga qandaydir g’araz ko’z bilan qarash kabi illatlarni ildiz ottirishga harakat qilmoqda. Bunday salbiy holatlar tez-tez uchrab turgan murakkab bir sharoitda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan yuritilayotgan, har tomonlama puxta o’ylangan, pragmatik va oqilona siyosat shu singari tagi puch qarashlar, sarqit va xurofotlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaydigan mustahkam to’siq, muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikka turli tahdidlar xavf solib turganiga qaramasdan, O’zbekistonda tinchlik-osoyishtalik, dinlararo bag’rikenglik mustahkam qaror topgani ana shu fikrimning yaqqol tasdig’i bo’la oladi. O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining tarixan qisqa davrida muhtaram Islom Abdug’aniyevich rahnamoligida milliy qadriyatlarni, ajdodlarning boy ilmiy va ma’naviy merosini, tarixiy obidalarni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgani yuksak tahsinga sazovordir. Shu yo’ldagi sa’y-harakatlar tufayli yuzlab me’moriy majmualar butunlay yangicha qiyofa, ko’rku tarovat kasb etdi. Bugungi kunda ular o’ziga xos ma’naviy-axloqiy tarbiya markazlariga aylangan. Tarixi necha ming yillar bilan o’lchanadigan qadimiy shaharlarning yubileylari keng nishonlanmoqda, o’zining go’zalligi, betakrorligi va mahobati bilan har qanday odamni hayratga soladigan yangi-yangi komplekslar barpo etilmoqda. Samarqanddagi Imom Buxoriy, Shohi Zinda, Buxorodagi Bahouddin Naqshband, Toshkentdagi Hazrati Imom kabi qayta tiklangan va obod etilgan muqaddas qadamjolar hamda boshqa me’moriy majmualar bugun mo’tabar ma’naviy tarbiya maskanlari, qutlug’ ziyoratgohlar sifatida nafaqat O’zbekistondagi, balki butun dunyodagi ming-minglab odamlarni o’ziga jalb etmoqda. Yana bir quvonchli jihati shundaki, yosh mustaqil O’zbekiston davlati istiqlolning birinchi yillaridan boshlab, dinga o’z madaniy-ma’naviy an’analarining uzviy bir qismi sifatida qarab, unga munosabatni tubdan o’zgartirdi. Qardosh O’zbekistonda ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash, bag’rikenglik davlat siyosati darajasiga ko’tarilganiga guvoh bo’lib turibmiz. Ma’lumki, 1999 yilda O’zbekiston rahbari Islom Karimovning farmoniga muvofiq Toshkent islom universiteti tashkil etildi. Mintaqadagi eng yirik ushbu oliy o’quv yurtida dunyoviy va diniy bilimlarni puxta egallagan, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Men O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohot va o’zgarishlarni kuzatar ekanman, Islom Abdug’aniyevich beqiyos azmu shijoatga ega bo’lgan, uzoqni o’ylab ish tutadigan dono davlat arbobi ekaniga qayta-qayta ishonch hosil qilaman. O’zbekiston rahbari mamlakati erishgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasdan, o’z xalqini doimo yangidan-yangi, yanada yuksak marralar sari boshlaydi. Islom Karimovning ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati har tomonlama chuqur ochib berilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asarini, unda alohida urg’u berilgan o’ta muhim va dolzarb fikr va g’oyalarni bunga yorqin misol sifatida keltirish mumkin. Bu kitobda ma’naviyat sohasining hamma zamonlarda ham katta ahamiyatga molik bo’lgan jiddiy masalalari teran tahlil etib berilgani e’tiborlidir. Qadim-qadimdan bizga buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan boqiy qadriyatlarga amal qilib yashashga chorlaydigan, muqaddas kitoblarimizda o’zining chuqur ifodasini topgan ezgulik, olijanoblik, kamtarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni yanada teranroq anglashga salmoqli hissa qo’shadigan bu asar nihoyatda qadrlidir. Mazkur asarning yana bir muhim xususiyati shundaki, u bizni umumiy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida yanada qat’iy harakat qilishga da’vat etadi. Muallif jamiyatni rivojlantirishda siyosiy, iqtisodiy va harbiy omillar bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat alohida ustuvor ahamiyat kasb etishini ilmiy va nazariy nuqtai nazardan asoslab beradi. O’zbekiston Prezidenti hozirgi kunda insoniyat hayotiga xavf solayotgan turli tahdidlarni bartaraf etish uchun milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, ma’naviy yuksaklik, poklik va ezgulikka intilish zarurligi haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shuningdek, kitob muallifi islom dinining pokligini saqlash, uni har xil g’arazli xuruj va bo’htonlardan himoya qilish, muqaddas dinimizning asl mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongiga singdirish hamda islom sivilizatsiyasi yutuqlarini keng targ’ib qilishga da’vat etadi. Bizning xalqlarimizni milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz, madaniyatimiz va dinimizning mushtarakligi birlashtiradi. Shu bois kitobning mazmuni, unda muallif tomonidan ilgari surilgan dolzarb fikr va qarashlar, mening nazarimda, mamlakatlarimiz xalqlari uchun birdek tushunarlidir. Biz ham, Ozarboyjonda diniy bag’rikenglik va barcha din vakillarining hamjihatlikda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, sivilizatsiyalararo muloqotni, shuningdek, asl islom dinining sofligini himoya qilish uchun ko’p ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Prezident Islom Karimov ta’kidlagan kelajak avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash vazifasi, Ozarboyjonda yuqorida zikr etilgan xayrli ishlarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, biz uchun ham hayotiy muhim ahamiyatga egadir. So’zimning nihoyasida shuni qat’iy ishonch bilan aytmoqchimanki, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi nafaqat O’zbekiston xalqining farovonligi, balki butun insoniyatning yanada taraqqiy etishi yo’lida xizmat qiladi. 115. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. Aynan shuning uchun ham biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko‘lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o‘n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘p-ko‘p misollarda ko‘rish mumkin. Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aynan ushbu davrda kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko‘rishning apellatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo‘ldi. Mazkur o‘zgarishlarga muvofiq endilikda apellatsiya instansiyasi ishni yangitdan ko‘rib chiqishga yubormasdan, uni o‘zi to‘la hajmda ko‘rib chiqishi mumkin. Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o‘z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko‘rib chiqish tartibi batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga aylandi. Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig‘i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan. O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Aytinglar, aziz do‘stlar, mana shu olib kelingan dalillar O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin biz qo‘lga kiritgan eng katta, eng muhim yutuqlarimiz emasmi? Shu nuqtai nazardan qaraganda, yurtimizda haqiqatan ham adolat o‘rnatishda jinoyat yo‘liga kirganlarga eng odil hukm chiqarishda bu misollar yaqqol dalil emasmi? Bu masala bo‘yicha o‘zgalar, bizga aql o‘rgatadiganlar balki bizdan o‘rnak oladigan vaqt kelmadimi? Mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani liberallashtirish borasidagi islohotlar haqida gapirganda, jinoyat-protsessual qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq tergov va shaxsni qamoqda saqlash muddatlari qisqartirilganini ta’kidlash lozim. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling