O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet164/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   287
Eftallar davlati.

V asrning o’rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftaliylar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. "Eftal" degan nom ilk bor "xeptal" shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "Eftalon" deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshon bo’ysundiriladi. Bir zarba bilan Sug’dda xioniylar hukmronligi barham topadi. Eftaliylar davlati nihoyatda kuchayadi. Hatto ular o’zaro aloqa o’rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuboradilar. Eftaliylarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o’rtadagi jangu jadallar sosoniylar shohi Pero’z hukmronlik qilgan davrda (459-484) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shohi eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dastlabki janglardayoq u mag’lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Bir oz vaqt o’tgach, ikkinchi marta eftaliylarga qarshi qo’shin tortadi. Pero’zning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero’z 30 xachirga yuklatilgan kumush dirhamlar bilan o’lpon to’lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo’shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo’ladigan mablag’ topiladi xolos. Shohning Kubod ismli yosh o’g’li eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, Pero’z tutqunlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida eftaliylarga katta o’lpon to’lab turiladi. Pero’z 484-yilda eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg’ol qilinib, Eron ustiga juda og’ir o’lpon yuklanadi. Pero’z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan. Sosoniylar kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to’lab turadilar. Keyinchalik eftaliylar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo’tan, Koshg’ar shaharlarini ham o’z tasarrufiga kiritadilar. Shunday qilib, V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan, ilk o’rta asrlarning yangi qudratli davlati hisoblangan Eftaliylar davlati tashkil topadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling