O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


-35 Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr. G’oznaviylar


Download 1.01 Mb.
bet182/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   287
34-35 Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr. G’oznaviylar
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. X asr o’rtalarida Issiqkoining janubi va Koshg’arda yashagan yag’mo qabilasi o’zlaridan shimoli sharqroqda yashovchi chigil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashgan. So’ngra Yettisuvga xuruj qilib qarluqlarni bo’ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Mazkur davlatga Abdulkarim Sotuq Bug’roxon asos soladi. Uning poytaxti Bolasog’un shahri edi. Qoraxoniylar davlatining hukmdorlari "arslonxori'' va "bug’roxon" unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki so’z oliy darajali hukmdor ma'nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug’lik esa qadimda turkiy xalqlarda "qora" so’zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o’tirgan arslonxon yoki bug’roxonlar "qoraxon" hisoblangan. Ular hukmronlik qilgan davlat esa tarixda "Qoraxoniylar davlat” nomi bilan shuhrat topgan. Aslida "arslon" chigil qabilasining totemi - ajdodi ibtidosi hisoblangan. "Bug’ro" esa yag’molarning totemi bo’lib, og’ir yuk ko’taradigan ikki o’rkachli tuya ma'nosini anglatgan. Qoraxon "tamg’achxorf deb ham yuritilar edi. Qoraxoniylarning Movarounnahrga huiumi. 992-yilda Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshihksiz ishg’ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sabukteginni yordamga chaqiradi. U yigirma mingli qo’shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilanl birlashib, bir necha janglardan so’ng qoraxoniylar noibi qo’shinlaril tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sabukteginni Xurosonning noibil etib tayinlaydi. Natijada G’azna va Xurosonda Sabuktegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylarni davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindistonl chegarasidan Amudaryogacha bo’lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og’ir bir sharoitda xiyonat ro’y beradi. Ya'ni Sabuktegin qo’shini Buxoroni egallaydi. So’ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuzilib unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tadi. Sabuktegin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonda hukmdor bo’lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi xolos. Biroq ko’p vaqt o’tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling